Islomdagi boshqaruv shakli harbiy ham, fuqaroviy ham emas, balki u Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdir

607
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islomdagi boshqaruv shakli harbiy ham, fuqaroviy ham emas, balki u Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikdir

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot boʻlimi chiqargan bayonotda bunday deyiladi:

“Eski Inqoz tuzumi agʻdarilgandan beri yurtdagi iqtisod va xizmatlar bilan bogʻliq yomon vaziyat yanada yomonlashib ketdi. Vaholanki, odamlar rejimga qarshi qoʻzgʻalganda adolat va osuda hayot boʻladi, degan umidda edilar. Biroq zulm, qirgʻin, azob-uqubat va mashaqqatdan boshqa narsani topmadilar… Narx-navo oshgandan oshib, yonilgʻi mahsulotlari va non tanqisligi tobora ortib ketdi… Mana shunday bir ahvolda Harbiy Kengash bilan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari Sudan ichkarisida va tashqarisida keti uzilmas muzokaralarda nizolashmoqdalar. Har ikkisining ham tashvishi bitta, u ham boʻlsa hokimiyatdagi “tort”dan kattaroq nasibaga ega boʻlishdir. Abyaz kabi shaharlarda yoshlar gʻazab bilan koʻtarilganda esa, ularni jangovar oʻqlar bilan qarshi olindi… Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari boʻlsa, shu bechoralar toʻkkan qonlar borasida savdolashib, Harbiy Kengashga bosim qilishda bundan foydalandi”.

Bayonotda Harbiy Kengashni qurolsiz odamlar qonini ichish oqibatidan ogohlantirildi. Shuning barobarida, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari va boshqa siyosiy harakatlar ham arzimas mato evaziga, yaʼni sharʼan mutlaqo asossiz boʻlgan botil fuqaroviy boshqaruv uchun yoshlar qonidan foydalanishdan ogohlantirildi. Islomda boshqaruv harbiy ham, fuqaroviy ham emasligi, balki Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik ekani, ushbu boshqaruvda insonlar qoni eʼzozlanib, har bir musulmonning toptalgan nomusi uchun oʻch olinajagi taʼkidlandi.

Roya gazetasining 2019 yil 7 avgust chorshanba kungi 247-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.