Suriya qochqinlari krizisi, uning voqei va koʻlami

613
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Suriya qochqinlari krizisi, uning voqei va koʻlami

Ustoz Munir Nosir

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati

matbuot boʻlimi aʼzosi

Yana Suriya qochqinlari masalasi koʻtarildi. Bu masala qochqinlarni deportatsiya qilish qabilida Turkiya ichki ishlar vazirligining qarorlari hamda Livan hukumati amaldorlarining turli chaqiriqlari ortidan paydo boʻldi. Xoʻsh, nima sababdan bunday qarorlar chiqdi? Nega aynan shu paytda? Umuman, bu qarorlar Shom qoʻzgʻoloniga nechogʻlik taʼsir qiladi?

Bu masalani tushunish uchun uning avvaliga qaytmoq kerak. Masalani kelib chiqishiga sabab boʻlgan omildan boshlash lozim. Ana shunda quyidagilarga guvoh boʻlamiz: Jinoyatkor Bashar Asadga oʻz xalqini qatli om qilishi uchun Gʻarb tomonidan asosan, AQSh tomonidan “koʻk chiroq” yoqib berilib, buning uchun muhlat ketidan muhlatlar berilgach, uning qirgʻin mashinasi millionlab insonlarning yurtdan hijrat qilishlariga sabab boʻldi. Muhojirlar qarshisida chegaralar lang ochib qoʻyildi. Ularni nazorat qiladigan ham, ularga taqiq qoʻyadigan ham, bufer devorlar ham boʻlmadi. Bu yogʻi Turkiya, u yogʻi Iordaniya va Livan edi…

Hatto Yevropaga chiqadigan chegaralar ham parchalanib, minglab Suriya ahli dengiz va quruqlik orqali Yevropa davlatlariga yetib borishdi. Ayni vaziyat qochqinlar krizisi, degan yangi bir krizis-boʻhronni keltirib chiqardi. Qochqinlar masalasi bundan oldin Yevropadagi krizis sifatida bir necha bor koʻtarildi. Buning natijasida koʻplab chora-tadbirlar qabul qilinib, qochqinlarning Yevropaga koʻchib kelishi oldiga toʻsiqlar qoʻyish uchun kelishuvlar imzolandi. Bugun esa, qochqinlarni deportatsiya qilib, oʻz yurtlariga qaytarish degan gap paydo boʻla boshladi. Bu – saylovchilar ovozini toʻplash uchun kerak boʻlayotgan mahalliy qarormi? Yoki qochqinlarni deportatsiya qilish kampaniyalari va bu boradagi qarorlarda ifodalangan baʼzilarning millatchilik nafratimi?! Yoxud Suriya masalasi boʻyicha maʼlum maqsadni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan xalqaro siyosatmi?!

Bu masalani diqqat bilan kuzatayotgan kishi uning faqat Livan va Turkiyagagina cheklanmay, hatto Iordaniya bilan Saudiyada ham shunday holatlar boʻlayotganini guvohi boʻladi. “Zamonul Vasl” axborot agentligi oʻz manbaiga tayanib, hozirda Rioz aeroportining deportatsiya boʻlimida yuzdan ziyod suriyalik qochqin ushlab turilgani, har lahza ularni deportatsiya qilinish tahdid solayotgani haqida xabar qildi. Ulardan aksari besh oydan beri ushlab turilganini, hammalariga “mamlakatda yashash qonunini buzganlik yoki yashash ruxsatnomasining muddati oʻtganligi”, ayblovi qoʻyilganini taʼkidladi. Ayni manbaning maʼlum qilishicha, bu yuz nafar suriyalik koʻchalarda, ish joylarida hibsga olingan va bu faqat Riyoz shahridagi raqam, xolos.

Iordaniyada deportatsiya xavfi ostida qolgan suriyaliklar bilan bogʻliq juda koʻp holatlar mavjud. Turkiyada esa, bu borada tinchlantirishga urinish holatlari koʻp boʻlsa-da, biroq amalda koʻp sondagi qochqinlar deportatsiya qilib boʻlingan. Ustiga-ustak deportatsiya chogʻida ularga yomon munosabat boʻlingan. Livanda ham bir necha suriyalik yoshlarga nisbatan deportatsiya amaliyoti tatbiq qilingani aytiladi.

Ushbu deportatsiya amaliyoti yoki deportatsiya tahdidi Suriyadagi siyosiy yechimning soʻnggi bosqichiga yetgani haqida gap-soʻzlar ketayotgan bir paytda yuz bermoqda. Hozirda yarashuvga erishilgani, Rossiya va Turkiya tashabbusi bilan uzoq muddatga oʻt ochishni toʻxtatishga kelishilgani, konstitutsiya loyihasini ishlab chiquvchi qoʻmita aʼzolari nomlari eʼlon qilingani toʻgʻrisida gaplar yuribdi. Bu esa, qochqinlar masalasi bilan Suriya yechimi oʻrtasida bogʻliqlik borligini anglatadi. Yaʼni, suriyalik qochqinlarga bosim oʻtkazilsa va deport bilan qoʻrqitilsa, davlatlar ularni qabul qilishdan bosh tortishlari ortidan, ular kutilayotgan har qanday siyosiy kelishuvga majburan rozi boʻladilar.

Qochqinlar masalasi bilan siyosiy yechim oʻrtasidagi bogʻliqlik qochqinlarga bosim qilishda har bir mamlakat oʻz asosiga ega ekanini inkor qilmaydi va bu tabiiy. Biroq qochqinlar masalasini har bir davlatning oʻz vaziyati oʻz siyosati bor, degan narsaga cheklash muammoni battar chigallashtiradi va bu narsa qochqinlarni qabul qilgan davlatlarni dastaklashga urinishdir. Bu qochqinlar muammosi bilan siyosiy yechim bir-biriga bogʻliq ekanining dalili shuki, qoʻzgʻolon paytida chegaralarni ochish barcha davlatlarning yakdil kelishuvi boʻlgan. Chunki chegaralarni ochish gʻayritabiiy hol edi. Xuddi Suriya ichkarisidagi bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa oʻtilgani kabi, davlatlar oʻrtasida bemalol oʻtib-kirib yurilgan.

Keyin Livan oʻziga odamlarni kirishini man qilmoqchi boʻldi va shunday qildi. Iordaniya ham shunday qilishni istadi va qonxoʻr rejimning xususan, Darʼa ustidagi jangda sodir etgan bombardimonlaridan qochib kelgan bechoralar qarshisida chegarasini taqa-taq berkitib qoʻydi. Turkiya ham shunday qilib, butun chegaralarini devor bilan toʻsib chiqdi va chegaraga yaqinlashganlardan koʻpchiligini otib oʻldirdi. Ular chegarani kesib oʻtmoqchi boʻlishganmi yoki boshqa maqsadda u yerlarga borib qolganmi, buni farqlamay oʻldirib yuboraverdi.

Shuning uchun bu rejimlarning asl voqeini va qanday rolь oʻynayotganlarini, yaʼni Suriya ichkarisida jangchi guruhlarni oʻzlariga bogʻlab, qarorlariga hukmronlik qilishayotganini, tashqarida esa qochqinlarga tazyiq oʻtkazishayotganini anglamoq lozim. Shuni anglab yetilsagina, ularga nisbatan faqat bitta yoʻl tutish kerakligi, yaʼni, rejimlarning birortasiga ham tayanmaslik lozimligi oydinlashadi. Chunki bu rejimlar bizni qonxoʻr rejimning ayrim basharalarini oʻzgartirib, ularning boshqaruviga qaytarishni maqsad qilgan xalqaro til biriktiruvchi davlatlarning bir qismidirlar. Buni biz bugun qochqinlar krizisidan ham yaqqol koʻrishimiz mumkin. Shuning uchun turk rejimiga ishonayotgan va uni maqtab, qoʻzgʻolonning himoyachisi, deya baho berayotgan koʻpchilik kishilarni koʻrib turibmizki, hammalari adashishyapti. Ular rejimning qochqinlarga nisbatan qabul qilgan zolimona qarorlariga oqlov qidirib, rejimning repressiv xatti-harakatlarini Istanbul saylovida muvaffaqiyat qozongan muxolafatga toʻnkashyapti. Yana baʼzilari esa, bu xatti-harakatlarni turk rejimi muassasalaridagi mavjud millatchilarga tegishli alohida xatti-harakat, deb hisoblashyapti.

Bularning barchasi achchiq haqiqatdan oʻzni olib qochishga urinishdir. Zero, oʻtgan yillardan beri koʻpchilik bir narsaga aldanib kelyapti, yaʼni, turk rejimi ham boshqa rejimlardan farq qilmasligini tushunishmayapti. Hatto qoʻzgʻolonni mast qilish, uning nufuz hududlarini qisqartirish, jangchi guruhlar yetakchilari qarorlarini nazoratga olish, obroʻli siyosatchilarni qoʻzgʻolon nomi bilan boshqarish kabi ishlarda Turkiya boshqa rejimlardan kattaroq rolь bajarmoqda.

Albatta, ushbu voqelikni tushunib yetish katta aldovlarda davom etishdan yaxshi. Bu rejimlarning asl haqiqatini anglab yetish ochiq musaffo yoʻl boʻylab tashlangan birinchi qadamdir. Zero, bu qonxoʻr rejim ustidagi qoʻzgʻolonimiz zolim xalqaro tizim ustidagi qoʻzgʻolondir. Zotan, bu tizim har tomonlama shu rejim tomonida turganini isbotladi. Bas, shunday ekan, ulardan qoʻlimizni tortib poklanaylik va yolgʻiz Allohga doʻst boʻlib, Unga tavakkul qilaylik, Undan oʻzga nusrat beruvchi yoʻqdir.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.