Livanda tobora avj olayotgan millatchilik halokatdan darak bermoqda

556
0

Livanda tobora avj olayotgan millatchilik halokatdan darak bermoqda

Yaqinda Livan mehnat vazirligi Livanda yashayotgan Falastin ahliga ishlash ruxsatnomasi boʻlishini shart qiluvchi qaror chiqarib, ularga ajnabiylar sifatida muomala qila boshladi. Shundan soʻng Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati bu toʻgʻrida varaqa chiqarib, quyidagilarni taʼkidladi:

“Millatchilik illati Livandagi turli oqimga mansub nasroniylar oʻrtasida juda avj oldi. Livanda yashovchi Falastin ahli ajnabiy emasligiga, balki shu yurtning ajralmas bir qismi ekanliklariga, Livan rejimiga ular bilan chiroyli munosabatda boʻlish hatto xalqaro qonunlarda koʻrsatilganiga qaramay, bu rejim shaxsiyatida buzilish borligi koʻrinmoqda”.

Varaqada tinch yoʻl bilan haq-huquqni talab qilishga chaqirildi. Ammo johiliyat bayroqlari, millatchilik oʻlchovlari va Sayks-Pikoning milliy bayroqlarini koʻtarib chiqishdan ogohlantirildi. Shuningdek, lagerda yashovchi aholining qoʻshni savdogarlar bilan aloqani uzib qoʻyishlari masalasida esa, musulmonlar oʻrtasida nizo kelib chiqishiga sababchi boʻlib qolishdan ogohlantirildi. Varaqada Livan ahliga qarata – Falastin ahlini davlat tomonidan qilinayotgan zulm va adolatsizlikdan qutqarishga harakat qilish zarurligi taʼkidlandi. Keyin Livandagi Falastin ahliga quyidagicha murojaat yoʻllandi:

“Siz bir narsaga aldanib qolmang: orangizda, umuman Shomdagi Suriya va Falastin ahli orasida oʻzlarini sizlarning tarafdoringiz qilib koʻrsatayotgan, aslida oʻzaro suiqasdlarga tortayotganlar bor, ular uchun siz misoli nizo yoqilgʻisisiz, hushyor boʻling”.

Musulmon siyosatchilariga bunday murojaat qilindi:

“Millatchilar oʻzlarini qay tarafda ekanliklarini koʻrsatishdi, yaʼni eʼtiqod va fikrlarini yaqqol ifodalashdi, bas, siz siyosatchilarga yana nimasi kerak?! Bu manfur gina-kuduratli millatchilikka qarshi sizning ogʻzingizdan “murosasozlik” va “aholi tinchligi” kabi siyqasi chiqqan gaplardan boshqa narsani eshitmayapmiz. Biz sizdan dushmanona va millatchi iboralarni aytishni talab qilmayapmiz. Yoʻq, biz sizlardan oʻz diningiz va ahlingiz tarafida ekaningizni ifodalovchi kuchli soʻzlarni eshitmoqchimiz. Bas, Ummat tanlovlari tashqarisida turmang, aks holda, sizning taqdiringiz ham sizdan oldingi hukmdor va siyosatdonlar taqdiri kabi boʻladi. Vaziyat juda ogʻir. Ummat hisobidan imzolanayotgan shartnomalar xiyonatga limmo-lim toʻldi. Shunday ekan, yoʻlingizni aniq belgilab, Ummat bilan barobar bitta choʻqqida turing, ichki va tashqi yovuz hujumlarga qarshi shu tepalikdan turib kurashing, Robbingiz va shariatingiz buyurgan tomondan boshqa tomonga oʻtmang”.

Roya gazetasining 2019 yil 31 iyul chorshanba kungi 245-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.