Hizb ut-Tahrir tomonidan muborak qurbon hayiti munosabati bilan yoʻllangan tabrik
Allohu akbar, Allohu akbar, Allohu akbar, la ilaha illalloh,
Allohu akbar, Allohu akbar, va lillahil hamd…
Bismillahir Rohmanir Rohim. Olamlar Robbisi Allohga hamd boʻlsin, butun olamga rahmat boʻlishi uchun yuborilgan sayyidimiz Muhammad mustafoga… paygʻambarlar otasi Ibrohim va uning fido qilingan oʻgʻli sayyidimiz Ismoilga… Paygʻambarimizning oilasi va ashoblariga salotu salomlar yogʻilsin, ammo baʼd…
Bayhaqiy “Sunani Kubro”da Said ibn Jubayrdan, u Ibn Abbosdan rivoyat qiladi:
“مَا الْعَمَلُ فِي أَيَّامٍ أَفْضَلُ مِنْهُ فِي عَشْرِ ذِي الْحِجَّةِ. قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، وَلَا الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ؟ قَالَ: وَلَا الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللهِ إِلَّا رَجُلٌ خَرَجَ بِنَفْسِهِ وَمَالِهِ فِي سَبِيلِ اللهِ ثُمَّ لَا يَرْجِعُ مِنْ ذَلِكَ بِشَيْءٍ”
“Zul-hijjaning birinchi oʻn kunida qilingan amallardan ham afzal amal yoʻqdir. Shunda, sahobalar jihod qilish hammi? – deb soʻrashdi. Rosululloh ﷺ bunday javob berdilar: Ha Alloh yoʻlida jihod qilish ham. Faqat oʻz joni va molini xatarga qoʻyib chiqqan va ulardan biron narsasiz qaytgan (yaʼni, shahid boʻlgan) kishi bundan mustasnodir”.
Mana, muborak qurbon hayitiga, moʻminlarni ushbu oʻn kunlikdagi toat-ibodatlar bilan shod etgan bayramga ham yetib keldik. Ushbu bayram Baytullohni haj qilganlarga, bu muborak kunlarda toat-ibodatlarni koʻpaytirganlarga muborak boʻlsin.
Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir amiri – Alloh hifzu himoyasida asrasin – ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta aziz Ummati Islomga muborak qurbon hayiti tabrigini yoʻlladilar:
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Alhamdu lillahi vassolatu vassalamu ala Rosulihi va sohbihi va man valah, ammo baʼd:
Buyuk Islom Ummatiga… Allohning muqaddas Baytida ibodat qilayotgan hojilarimizga… ulugʻ daʼvatni yetkazayotgan zotlarga va sahifamizning muhtaram ziyoratchilariga… barchangizga assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Alloh toat-ibodatlaringizni qabul qilsin, hayitingizni xayru barakotla toʻldirsin, hojilarimiz ibodatlarini maqbul aylab, mabrur hajlardan va mashkur saʼylardan, gunohlarni oʻchiruvchi toatlardan qilsin, haj qilolmaganlarni behisob xayru barakot ila kelasi yilda haj qilishlariga nasib aylasin.
Azir birodarlar. Islom neʼmati uchun Allohni ulugʻlab, U zotga hamd aytamiz. Alloh bizni Xalifalikni barpo etish yoʻlida Hizb ut-Tahrir safida qilgani uchun U zotni ulugʻlab, hamd aytamiz. Shuningdek, Alloh ushbu Hizbimizning mustamlakachilar bilan musulmon yurtlaridagi yuvindixoʻr hukmdorlarining tuzoqlariga tushmay, munofiqlar va ichlari gina-adovatga toʻla kimsalarning makrlariga aldanmay sobit turishiga yordam bergani uchun U zotni ulugʻlab, hamd aytamiz. Ha, U zotni ulugʻlaylik: Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illallohu Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd. Hizb barpo etish uchun harakat qilayotgan Xalifalik mustamlakachi kofirlar halovatini buzib, musulmon yurtlaridagi ularning malaylarini qoʻrqitmoqda… Shuningdek, munofiqlarning hamda boshlariga tushgan balolardan qutqaradi degan ilinjda shu kofirlardan himoya umid qilib, ortlaridan chopayotgan, Islom va musulmonlarni yomon koʻruvchi qalbi marazlarning miyalarini achitmoqda:
فَتَرَى الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ مَرَضٌ يُسَارِعُونَ فِيهِم يَقُولُونَ نَخْشَى أَنْ تُصِيبَنَا دَائِرَةٌ فَعَسَى اللَّهُ أَنْ يَأْتِيَ بِالْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِنْ عِنْدِهِ فَيُصْبِحُوا عَلَى مَا أَسَرُّوا فِي أَنفُسِهِمْ نَادِمِينَ
“Bas, siz dillarida maraz boʻlgan kimsalarning – bizga biron balo yetishidan qoʻrqamiz, degan holda (kofirlar) tomonga shoshayotganlarini koʻrasiz. Shoyad Alloh musulmonlarga nusrat bersa yoki oʻz huzuridan (bu munofiq kimsalarni sharmanda qiladigan) biron ishni keltirib, ular ichlarida yashirgan narsalariga nadomat qilguvchilarga aylanib qolsalar” [Moida 52]
Aziz birodarlar, Hizb tashkil topgandan buyon unga qarshi adovatlar kuchayib keldi. Bunday gunohni qilayotganlar Alloh kufrlari sababli koʻzlarini koʻr qilib, nifoqlari sababli qalblarini oʻldirgan kimsalardan iboratdir. Shu bois, ular Xalifalikning tiklanishi oldiga toʻsiq qoʻya olamiz, degan xayol bilan gunoh va tajovuz ustida oʻzaro hamkorlik qilishmoqda. Bu qarshi kurashayotganlar – haq kalimasi chaqmogʻi urgan davlatlardan hamda haq soʻzdan qoʻrqadigan jamoa va shaxslardan iboratdir. Ularning har ikkisi ham oʻz makrlariga oʻralib halok boʻlsin:
وَلاَ يَحِيقُ الْمَكْرُ السَّيِّئُ إلاَّ بِأَهْلِهِ
“Yomon makr-hiyla esa faqat oʻz egalarini oʻrab halok qilur” [Fotir 43]
Islomdan nafratlanayotgan va uning davlati qayta barpo boʻlishini yomon koʻrayotgan, Xalifalikka nisbatan salibchilik urushini boshlagan adovatchi mustamlakachi kofirlarga kelsak, ular ham, ularning malaylari ham Xalifalik uchun faoliyat qilayotganlarga qarshi nopok uslublar va turli iflos vositalar qoʻllash bilan kurashishyapti. Ular daʼvat egalarini quvgʻin qilib, qamoqqa tashlab, qamoqlarida shahid boʻladigan darajada qiynoqqa solishyapti. Ular goh “terrorchilar”, goh “terror konveyyeri” va nihoyat “kiber terrorchilar”, degan tuhmatlar bilan oʻz qilmishlarini oqlashmoqda. Hizb aʼzolarining sahifalari zoʻravonlikka targʻib qiladigan fikrlar bilan toʻla, deya boʻhtonlar tarqatishdi! Ammo Hizb sahifalarida toʻgʻri soʻz aytilayotganini, haqiqat yoritilayotganini, anavi kimsalarning sahifalari esa yolgʻon, tuhmatu boʻhtonlarga toʻlganini har qanday aqli raso inson koʻrib turibdi! Ularga Allohning laʼnati boʻlsin, naqadar adashishmoqda!
Qalbida marazi borlar, munofiqlar va yolgʻon gap tarqatayotganlarga kelsak, ularning Hizbga qarshi xatti-harakatlari bugun boshlangani yoʻq, avvaldanoq boshlangan. Lekin boshida ularning tanqidlari va tuhmatlari Hizbning qiyodati va masʼullariga qaratilgan boʻlib, Hizbning fikr va tariqatiga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishga urinishar edi, asosiy maqsadlarini, yaʼni, Hizbning rahbariyatigagina emas, uning vujudiga pand yetkazishdek niyatlarini yashirin va oshkor olib borishar edi. Biroq soʻnggi yillarda ular fikrat va tariqat boʻyicha Hizbning butun strukturasiga hujum qilib, asosiy eʼtiborlarini tabanniy, nusrat, Ummat yetakchiligi, muhosaba… kabi fikrlariga nisbatan ishonchsizlik paydo qilishga qaratadigan boʻlishdi. Shunday qilib, boshqalar tomonidan sharmanda qilinishdan oldin, oʻzlarini-oʻzlari sharmisor etishgani qoldi! Chunki Hizb ut-Tahrirga nisbatan uning fikrat va tariqati jihatidan odamlarda ishonchsizlik paydo qilishdek yovuz niyatlari fosh boʻlib, bu koʻzi ochiq har bir insonga yaqqol koʻrinib qoldi. Hizb esa, oʻzining pokiza vujudi bilan,
كَشَجَرَةٍ طَيِّبَةٍ أَصْلُهَا ثَابِتٌ وَفَرْعُهَا فِي السَّمَاءِ تُؤْتِي أُكُلَهَا كُلَّ حِينٍ بِإِذْنِ رَبِّهَا
“Xuddi bir asil daraxtga oʻxshaydiki, uning ildizi (er ostiga) mahkam oʻrnashgan, shoxlari esa osmondadir. U Robbining izni-irodasi bilan meva berishda” [Ibrohim 24-25]
davom etmoqda. Buning uchun Alloh Taologa beadad hamd aytamiz.
Qadrli birodarlar. Bu mustamlakachi kofir davlatlar va ularning malay hukmdorlari hargiz tek turishmaydi, yoʻq, ular ketma-ket turli nopok uslublar oʻylab topishda davom etishadi. Chunki Xalifalik davlatini barpo etish Hizb va har bir moʻminning taqdiriy masalasi boʻlgani kabi, uning barpo etilishini oldini olishga muvaffaq boʻlish ham, Islom dushmanlarining taqdiriy masalasidir. Chunki ular Hizb va Xalifalikka tuzoq qoʻyishdan hargiz voz kechishmaydi, toʻxtashmaydi. Toʻgʻri, ularning dunyoviy imkoniyatlari bizning imkoniyatimizdan kuchli. Biroq toʻrtta real-haqiqat borki, bu haqiqatlar qalblarimizga xotirjamlik beradi, ahdu paymonimizni yanada kuchaytiradi. Hech qanday mashaqqat bizning ishonchimizga ziyon yetkazolmaydi, hech qanday fitna bizni zaiflashtirolmaydi, insha Alloh. Aksincha, kuchimizga kuch qoʻshib, bunday kimsalar makri oʻz boʻgʻizlariga qaytarib uriladi va oʻzlarini halok qiladi:
وَقَدْ مَكَرُوا مَكْرَهُمْ وَعِنْدَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِنْ كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ
“Ular oʻzlarining makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli togʻlar yemirilib ketadigan boʻlsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Allohning huzurida (maʼlumdir)” [Ibrohim 46]
Shulardan keyin ham Hizb tik turib, malomatchining malomatidan qoʻrqmay, bu kimsalar istamasalar-da, Allohning izni ila Xalifalikni barpo etgunga qadar haqni baralla aytishda davom etadi.
Ushbu toʻrt haqiqat quyidagilardan iborat:
Birinchi: Ayni mashaqqatlar yorugʻ kundan darak. Bu Allohning oyatlarida koʻp kelgan:
حَتَّى إِذَا اسْتَيْأَسَ الرُّسُلُ وَظَنُّوا أَنَّهُمْ قَدْ كُذِبُوا جَاءَهُمْ نَصْرُنَا فَنُجِّيَ مَنْ نَشَاءُ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُنَا عَنِ الْقَوْمِ الْمُجْرِمِينَ
“Har qachon paygʻambarlarimiz noumid boʻlib, bizlar yolgʻonchi qilindik – paygʻambar ekanligimizga ishonmadilar, deb oʻylay boshlaganlarida, ularga Bizning madadimiz – nusratimiz kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar edi. (Ammo) jinoyatchi boʻlgan qavmdan bizning azobimiz qaytarilmas!” [Ibrohim 110]
Rosululloh ﷺning siyratlari ham mashaqqat qattiq kelganligi nusrat yaqinlashganidan darak ekanini tasdiqlab turibdi. Masalan, “Sirati Ibn Hishom”da bunday kelgan: Ibn Ishoq aytadi: “Keyin Hijratdan uch yil oldin Xadicha binti Xuvuylid va Abu Tolib ikkalasi ham bir yilda vafot etishdi va bu bilan Rosululloh ﷺga musibatlar ketma-ket keldi. Alloh Azza va Jalla dinini gʻolib, Nabisini kuch-qudratli qilishni va vaʼdasini roʻyobga chiqarishni istagach, ul zot Xazraj jamoasi bilan uchrashdi va ularni Alloh Azza va Jallaga daʼvat qildilar. Xazrajliklar daʼvatni qabul qilishdi”. Keyingi mavsumda birinchi Aqaba bayʼati, keyin ikkinchi Aqaba bayʼati boʻlib, hijrat qilindi, keyin davlat barpo boʻldi…
Mana, koʻrib turibmizki, harakat qilayotgan moʻminlarga yetgan ogʻir-mashaqqat – Alloh Azza va Jallaning izni ila – yorugʻ kunni va nusratni olib keladi.
Ikkinchi haqiqat: Alloh Xalifalikni vaʼda qilgan:
وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ
“Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari oʻtgan (imon-eʼtiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni vaʼda qildi” [Nur 24]
Rosululloh ﷺ bugun biz yashayotgan zolim podshohlik zamonidan soʻng roshid Xalifalik boʻlajagini bashorat qilib,
“…ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”
“Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”, dedilar va sukutga choʻmdilar (Huzayfadan Ahmad va Abu Dovud rivoyati).
Uchinchi haqiqat: Allohning Xalifalik berish toʻgʻrisidagi vaʼdasi hamda Rosulining Xalifalikni qayta barpo etilishiga oid bashoratlari Allohning qadarida, Uning Lavhul mahfuzida bitib qoʻyilgan. Uning muayyan vaqti-soati ham Allohning huzurida belgilab qoʻyilgan boʻlib, u hargiz kechga surilmaydi. Oʻtayotgan har bir kunimiz bizni ushbu vaʼdaga yaqinlashtiryapti, aslo uzoqlashtirmayapti. Shuning uchun qalblarimiz ayni xushxabarni intiqlik bilan kutib turmoqda.
Toʻrtinchi haqiqat: Alloh bizga Xalifalik tiklab beradigan biror farishta tushirmaydi. Yoʻq, Alloh Xalifalikni oʻz qoʻllari bilan barpo qilishga loyiq kishilarni insonlar orasidan chiqarib beradi, ular oʻz saʼy-harakatlari, gʻayratlari, chiroyli amallari va puxta faoliyatlari bilan uni barpo etadilar. Bu Allohning yaratgan narsalariga belgilab qoʻygan qonunidir. Xalifalik uchun faoliyat qilayotgan Hizb ut-Tahrir bunga loyiq va haqli, insha Alloh. Alloh Subhanahuga duo qilib, bizga nusrat va fath ato etishini, Xalifalikni koʻrib, uning askarlaridan boʻlishimizni nasib aylashini soʻraymiz. Ana shunda hayitlarimizda aytadigan takbirlarimiz ochiq nusrat jangohlarida fath qiluvchi qoʻshinlar takbirlari bilan qoʻshilib yangraydi.
وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ بِنَصْرِ اللَّهِ
“Oʻsha kunda moʻminlar Allohning nusrati sababli shodlanurlar” [Rum 4-5]
Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illallohu Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd.
Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta
Hizb ut-Tahrir amiri
1440 yil zul-hijjaning toʻqqizinchi kunidan oʻninchi kuniga, milodiy 2019 yil oʻninchi avgustdan oʻn birinchi avgustga oʻtar kechasi). Hizb amirining nutqi tugadi.
Men ham Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan mana shu muborak oy munosabati bilan yoʻllangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yetkazayotganimdan mamnunman.
Ey musulmonlar!
Ushbu bayram qurbon bayrami, deya nomlanishi bilan bizga oʻtmishni xotirlatmoqda. Darhaqiqat, oʻshanda sayyidimiz Ibrohim alayhissalomga Alloh Azza va Jalla taqvoli pokiza oʻgʻli Ismoil alayhissalomni qurbon qilishga amr qilgan… Ota va oʻgʻil ushbu tushlarini qabul qilgach, Alloh ularning sabotini madh etdi va katta qoʻchqor ato etish bilan Ismoil alayhissalomni qutqardi.
Ushbu qurbonlik voqei, bu dunyo voqeini eslatmoqda. Yaʼni uning oʻtkinchi ekanidan, uning ortidan albatta abadiy hayot boʻlajagidan dars bermoqda. Chunki bu dunyo hayoti, buyuk abadiy neʼmatga yetishish uchun oʻtkinchi neʼmatni qurbon qilish imkoniyatidir.
Islom Ummati birin-ketin keluvchi avloddir. Har bir avlodning oʻz zamoni bor, har bir zamonning oʻz masalasi bor. Bu masala barcha Ummat uning yoʻlida qurbonlik koʻrsatishi kerak boʻlgan birinchi raqamli masala boʻlib kelgan. Masalan, Ummatning Salohiddin Ayyubiy zamonidagi avlodi masalasi Shom yurtidan salibchilarni quvib chiqarishdan iborat edi. Ummatning Qutz zamonidagi avlodi masalasi, moʻgʻullarni musulmon yurtlaridan chiqarib tashlashdan iborat edi. Ummatning Muhammad Fotih zamonidagi avlodi masalasi, Konstantinopolni fath qilishdan iborat edi…va hokazo.
Biroq Salohiddin Ayyubiyning ham, Qutzning ham, Muhammad Fotihning ham Islom davlati bor edi. Koʻrsatgan barcha mehnatlarida Ummat safini birlashtirib, barcha energiyasini sarflashda ular mana shu davlatga suyanganlar. Ammo bugungi zamonimizdagi avlodni butun olamga olib chiqadigan davlat yoʻq. Shuning uchun bugungi kunda Islom Ummati avlodining masalasi ushbu Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikda gavdalanuvchi Islom davlatini barpo etish masalasiga aylangan.
Ushbu Xalifalikni qayta barpo etish bilan tarix darvozalari qayta ochiladi. Xuddi bizdan oldingi ajdodlarimiz uchun har safar ochilgani kabi, fursat-imkoniyatlar ochilib, Islom Ummati oʻzining dunyodagi darajasini insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat sifatida qayta egallaydi. Butun xalqlarga nur va ezgulik ulashib, ular bilan birgalikda yer yuzini obod etadi, uni Parvardigori rozi boʻladigan eng goʻzal holatiga olib kelish uchun harakat qiladi. Ushbu obodonlashtirish haqiqiy rivojlanishga asoslanib, musulmonlar boyliklarini saqlaydi, yoshlari iffatini qoʻriydi, butun yer yuzini oʻz domiga tortayotgan buzgʻunchilik bulutlarini tarqatadi.
Ey musulmonlar!
Biz Ummatni Islom boshqaruvini qayta barpo qilish uchun harakat qilishdan chalgʻitishga urinayotgan kishilarga, shuningdek kuch-qudrat sohiblariga, obroʻli va nufuzli kishilarga ushbu muborak hayitlarida – umr oʻtkinchi bir imkoniyat ekanini va undan boshqa imkoniyat boʻlmasligini eslatamiz. Bas, umringizni gʻanimat bilib, Robbingizni rozi qiladigan ishlarga sarflang. Umringizdan Ummatning birinchi raqamli masalasini hal etishda foydalaning, bu Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish masalasidir.
Ey musulmonlar!
Hizb ut-Tahrir oʻzining aʼzolari va ulamolari bilan birgalikda sizga qoʻl uzatmoqda, unga qoʻlingizni berib, islomiy boshqaruvni qaytarish va Islom davlatini qayta barpo etish uchun harakat boshlang.
Biz barcha musulmonlarni shunga daʼvat qilamizki, qudrat ahlidan hokimiyatni Allohning shariati uchun olib berishni talab qilsinlar.
Barcha qudrat ahlini botil vaziyatni oʻzgartirishga chaqiramiz
Barchangizni ushbu qulay fursatdan foydalanishga daʼvat qilamiz.
Barchangizni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishga chaqiramiz.
Allohu Akbar, Allohu Akbar, Allohu Akbar, la ilaha illallohu Allohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd
Hayitingiz muborak boʻlsin
Hijriy 1439 yil muborak Qurbon hayiti kechasi
Muhandis Salohiddin Azoza
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi raisi