Bakiyev qiyofasi: bu uning siyosatga qaytishini anglatmaydi
Oʻtgan hafta ikki telekanal orqali Kurmanbek Bakiyev haqida namoyish etilgan hujjatli filьm siyosatdagi muhim voqealardan biri boʻlib qoldi. Bu voqea jamoatchilik oʻrtasida qizgʻin muhokama qilinib, Bakiyevga qarshilar bilan uning tarafdorlari oʻrtasida kuchli dahanaki jang keltirib chiqardi. Ichki siyosatda jeenbekovchi, atambayevchilar kabi “chilar”ning safiga endi “bakiyevchilar” kelib qoʻshildi. Amaldagi hokimiyat oʻz qarshiligini MXDQ orqali namoyon etib, yuqoridagi filьmni namoyish etgan telekanallarga ogohlantirish berdi. Sobiq prezident Atambayev ham bundan oʻz siyosiy manfaatlari yoʻlida foydalanib, voqeani “hukumat tomonidan Bakiyev huquqlarini tiklash” deb baholadi.
Siyosat maydonida bu hodisaning oʻrni qanchalik, bundan qanday maqsad koʻzlangan – bularga oydinlik kiritish uchun eʼtiboringizni Bakiyev boshqaruvi davri va uning yetakchilik qiyofasiga qaratamiz.
Kurmanbek Bakiyev hokimiyatga qanday qilib kelgan?
Bakiyevga qadar 15 yilga yaqin hokimiyat tepasida boʻlgan Askar Akayev – xalqaro siyosatdan olib qaralganda – MDH davlatlari orasida Rossiyaga eng itoatkor prezident boʻldi. Rossiyaning oʻzi umumiy inqrozda boʻlishiga qaramay, Akayev rejimining Rossiya koʻziga qarab turishi, shuningdek, boshqaruvga layoqatsizligi xalqda kuchli norozilik toʻlqinini paydo qildi. Bundan buyon Akayev davlatni boshqara olmasligi ayon boʻlib qoldi. Mana shunda, Gʻarb mustamlakachilari tomonidan – ularning “suqulib kirish” siyosatiga muvofiq – Bakiyev kadr sifatida tayyorlandi. Bunda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligiga qarshi asta-sekin kirib kelish koʻzlangan edi. Shu sababli qogʻozdan qoʻgʻirchoq yasalgani kabi, Bakiyevdan qaxramon yasaldi. Rosiya hukumati ham bunga qarshilik qilmadi. Chunki, Bakiyevni hokimiyatga olib kelsa xalqaro hamjamiyatning qarshiligiga duch kelmasligini bilar edi va Bakiyev Rossiyaning buyruqlariga “gʻing” demay itoat etishiga ishonchi komil edi. Shunday qilib, Gʻarbning istagi va Rossiyaning roziligi bilan Akayev Bakiyevga almashtirildi.
Bakiyev hokimiyatga kelgach dastlabki yillari tashqi siyosatda toʻlaligicha Rossiya yoʻnalishi boʻyicha yurdi. Ichki siyosatda xalq ishonchiga erishish uchun bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. Shuningdek, oʻz hokimiyatini mustahkamlashda janub aholisining qoʻllab-quvvatlashiga suyandi. Davlat idoralarida janublik kadrlarni koʻpaytirdi. Mana shulardan soʻng oʻzini “shoh” his etib, oʻgʻli Maksimni “shaxzoda” qilib qoʻydi. Bakiyevlarning borgan sari “ishtahasi ochilib” xalqning choʻntagidagi soʻnggi tiyinigacha koʻz alaytira boshlashdi. Shundan soʻng, Rossiyaning qattiqqoʻl mustamlakachiligidan qochib, ota-Bakiyev Xitoydan, oʻgʻil-Bakiyev Gʻarbdan “yumshoq qoʻngil” xoja izlay boshlashdi. Mana shunda Rossiya aralashib, xalqning Bakiyevga qarshi nafratidan foydalandi-da uni hokimiyatdan ketkazdi. Bakiyev ham darrov ketmadi. Janub xalqining qulloviga suyanib, janubga bordi. Biroq, xozirgi prezdent Sooranbay Jeenbekov guruhi tomonidan surib tashlandi va Putinning “marhamati” bilan respublikadan chiqib ketdi. Shuning uchun ham jeenbekovchilarni Bakiyevni oqlamoqchiligi haqiqatdan uzoq. Chunki, ularga bu borada xalqning qarshiligi, qolaversa ularga yana bir hokimiyat talashuvchining keragi yoʻq…
Bakiyev hokimiyatdan ketganidan soʻng uning tarafdorlari “millatchilik” va “janublik” tuygʻularidan foydalanib, “Ata-Jurt” partiyasi orqali parlamentda koʻpchilik oʻrinni egallashdi va oʻsha vaqtdagi Roza Otunbayeva boshchiligidagi gʻarbparast yangi hukumatga qarshi kuchli rossiyaparast muholifat boʻlib qolishdi. Biroq, Atambayev prezident boʻlganidan soʻng Rossiya yoʻnalishini ushlab, turli siyosiy oʻyinlar orqali bu muholifatni sindirib yubordi. Jeenbekov hokimiyatga kelganidan soʻng ular safidan hokimiyat kursilariga ilashmay qolganlari endilikdan Bakiyev nomi ostida parlament saylovlariga tayyorlanishmoqda.
Shu sababli, oʻtgan haftadagi video tasma xodisasini “bakiyevparast” yangi partiya tashkil etish yoʻlida tashlangan bir qadam deb hisoblash mumkin. Buning bir nechta sabablari bor.
Birinchidan, Bakiyev Rossiya tomonidan quvilgan boʻlsa ham, biroq, u Gʻarbga xizmat qila olmaydigan ahvolda Belorusda ushlab turilibdi. Shuningdek, uning nomidan siyosatga qayta kirishmoqchi boʻlayotganlarning deyarli barchasi rossiyaparastlardir. Shuning uchun ham ularga Rossiya tomonidan qarshilik boʻlmaydi. Ularning “bakiyevparastlik” nomidan “janublik” degan tuygʻuga asoslanishi Rossiya siyosatiga mos keladi. Chunki, mamlakatning bunday mintaqaviy, millatchilik – yanada maydalashib – mahalliychilik, urugʻchilik asosida boʻlinib, parchalanishi Rossiyaning mustamlakachilik boshqaruviga qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
Ikkinchidan, janub aholisi ichida Atambayev va Jeenbekovlarning boshqaruvidan koʻra Bakiyevning hokimiyatini qadrlaydiganlar ham bor. Ularning ovoziga ega boʻlish uchun “bakiyevparastlik” shiori kerak.
Uchinchidan, saylov kampaniyasida Bakiyevning mablagʻidan foydalanish kerak. Mazkur siyosatchilar Bakiyev nomini oʻrtaga qoʻyishayotganda uni hokimiyatga olib kelish uchun harakat qilishayotgan yoʻq. Chunki, hokimiyat ularning oʻzlariga kerak. Bakiyev esa oila aʼzolaridan sudlanganlik olib tashlanishi va shu orqali farzandlarini yana qayta siyosatga qaytishiga imkon paydo boʻlishiga rozi boʻladi. Demak, bu Bakiyev qiyofasining siyosatda koʻrinishi hisoblanmaydi.
Endi Bakevni hokimiyatga kelib-ketishiga nazar soladigan boʻlsak, uni hokimiyatga kelishi ham, ketishi ham ekstremistik yoʻl bilan amalga oshganini koʻramiz. Sababi, “ekstremizm” atamasi mustamlakachi kofirlar tomonidan oʻylab topilgan termin boʻlib, uning maʼnosi quyidagicha: hokimiyatni kuch bilan olish yoki hokimiyatni kuch bilan saqlab qolishga boʻlgan harakatlar – ekstremizm dab ataladi. Demak, oʻzlarining taʼrifiga muvofiq, Bakiyevni hokimiyatga kelishi ekstremistik yoʻl bilan boʻlgan. Biroq, shunga qaramay ularning barchasi Bakiyev hokimiyatini tan oldi. “Esktremizm” esa yana qayta musulmonlarga qaratilib, Bakiyev kofir xoʻjayinlariga yoqish ilinjida begunoh musulmonlarni ekstremizda aybladi.
Buning ham oʻz tarixi bor. Bakiyev Qirgʻizistonda hokimiyatga kelishi bilan, Oʻzbekistonda qonxoʻr Karimov “Andijon voqealarini” uyushtirdi. Uning oʻqidan qochgan ayrim musulmonlar Qirgʻiziston chegarasiga kelib joylashdi. Oʻsha vaqtda Bakiyev xalqaro hamjamiyat bosimi ostida, shu bilan birga, musulmonlar tuygʻusini jilovlash umidida, qochqinlarni uchinchi davlatlarga chiqarib yubordi. Bu ish qonxoʻr Karimovning gʻazabini qoʻzgʻadi.
Biroq, Bakiyevning haqiqiy basharasi keyin ochildi. U Islom va musulmonlarga qarshi kurashda kofir mustamlakachilarga xizmat qilishi va bu ishda Karimovning izidan borishi oshkor boʻldi. Masalan, kofir mustamlakachi xojalarining “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash siyosatini qoʻllash hamda qonxoʻr Karimovning koʻnglini olish ilinjida 2006-yil 7-avgust kuni ulugʻ olimlardan biri – Muhammad Rafiq qori Kamolov bevosita Bakiyevning buyrugʻi bilan Qirgʻiziston va Oʻzbekiston maxsus xizmatlari tomonidan otib oʻldirildi (qadrli shayximizga shahidlik muborak boʻlsin).
Yana bir misol, Bakiyev hokimiyati 2008-yil 1-oktyabr kuni Novqat tumani markazidagi musulmonlarning hayit bayramini qaygʻuli kunga aylantirdi. Hukumat Ramazon hayitini nishonlash uchun chiqqan musulmonlarni kuch bilan tarqatib, 100 kishini qamoqqa oldi. Ulardan 35 kishi aybdor deb topilib, 2 nafar balogʻatga yetmagan oʻsmir 10 yildan, qolganlari 15-20 yildan qamoqqa hukm qilindi. Mahbuslarga nisbatan Bakiyev rejimi tomonidan – Karimov rejimi musulmonlarga nisbtan qoʻllagan – turli usuldagi shafqatsiz qiynoqlar qoʻllanildi. (Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, bu ishlarda oʻsha vaqtdagi xavfsizlik kengashi kotibi Adaxan Madumarov va ichki ishlar vaziri Moldomusa Kongantiyev katta rol oʻynadi).
Shulardan maʼlum boʻlganidek, Bakiyevning siyosiy qiyofasi va Bakiyev haqidagi xujjatli filьmdan maqsad mana shunlardan iborat. Koʻrinib turganidek, Qirgʻiziston xalqi musulmonlardan iborat ekanligiga qaramay, uning siyosatchilari va ularga ergashgan odamlar siyosatga mustamlakachi kofirlar olib borayotgan siyosat doirasida amal qilishmoqda. Bu bir gunoh boʻlib, biz sizlarni bundan qaytaramiz. Ey musulmonlar, namozni Paygʻambarimiz sallollahu alayhi va sallam koʻrsatib berganidek ado etganingiz kabi, siyosatga ham Paygʻambar alayhissalom oʻrgatib ketganidek aralashinglar. Bu bir farz boʻlib, buni ado etishga chaqiramiz!
Abdulhakiym Qoraxoniy