بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Pokiston iqtisodiyotini vayron qilayotgan vaziyatga chek qoʻyish vaqti kelmadimi?!
Soliqlarni oshirish va ish oʻrinlarini qisqartirish bilan bogʻliq byudjet hisoboti Pokistondagi musulmonlar hayotini dahshatli oqibatlar kutayotganini koʻrsatmoqda. Xalqaro Valyuta Fondi bilan mulozimlar darajasida oʻtkazilgan uchrashuv ortidan 11 iyun kuni daromadlar vaziri Hammod Azhar Pokiston iqtisodini vayron qiluvchi byudjetni eʼlon qildi. Unga muvofiq Pokiston Qurolli kuchlarini moliyalashtirishni qisqartirishi hamda sudxoʻrlikka asoslangan qarzlarni toʻlash uchun “kamarni siqish” siyosatini qoʻllashi (zaruriy mollar isteʼmolini qisqartirishi) kerak boʻladi.
Shu xususda Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi bayonot nashr qilib, unda quyidagicha savollarni oʻrtaga tashladi:
“Bugungi kundagi mavjud iqtisodiy mustamlakachilik tuzumiga hech qanday umid qolmagani ochiq-oshkor maʼlummi yoki hali ham bu haqiqatni bilmaydiganlar bormi?! Alloh Azza Jalla nozil qilgan hukmni qayta joriy qilish orqali Pokiston iqtisodiyotini vayron qilayotgan mushkul vaziyatga chek qoʻyish vaqti kelmadimi?!”.
Bayonotda quyidagilar taʼkidlandi:
“Bunday repressiv soliqlarga Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik chek qoʻyadi. Masalan, daromad soligʻini yoʻq qiladi. Bu soliq kambagʻal-bechoralarni ham istisno qilmayapti, vaholanki, ularga soliq solish kerak emas, zakot berish kerak. Darhaqiqat, Xalifalikning boylardan oladigan kirimlari bor. Buni savdo tovarlaridan zakot olish va ekin ekiladigan yerlarga xiroj belgilash bilan amalga oshiradi… Aynan ushbu Xalifalikkina energetika va mineral sektorlardan tushuvchi daromadlarni barcha odamlarga sarflanishini taʼminlaydi, xususiylashtirish orqali ulardan bir siqim shaxslarning foydalanishiga yoʻl qoʻymaydi”.
Bayonot nihoyasida bunday deyiladi: Shuning uchun bu dunyo va oxiratda yutuqqa erishish uchun musulmonlar Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga jiddiy harakat qilmoqlari lozim. Alloh Taolo bunday deydi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ
“Ey moʻminlar, Alloh va Rosuli sizni hayot baxsh etadigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar” [Anfol 24]
Roya gazetasining 2019 yil 17 iyul chorshanba kungi 243-sonidan