Tahrir Shom yana Hizb ut-Tahrir yigitlariga adovat qilmoqda

548
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tahrir Shom yana Hizb ut-Tahrir yigitlariga adovat qilmoqda

2019 yil 1 iyul dushanba kuni Tahrir Shom harakati xavfsizlik guruhi Loziqiya yaqinida Hizb ut-Tahrir yigitlaridan birining uyiga bostirib kirib, toʻrt nafar Hizb aʼzosini qamoqqa oldi. Bundan tashqari, uydagi mavjud barcha buyumlarni olib chiqib ketdi. Keyin Hizb ut-Tahrirning Sohildagi radiosi jihozlarini ham tortib oldi.

Ertasiga seshanba kuni asr paytda Salqin shahri va Idlib yaqinida Hizbning yetti nafar aʼzosini, oʻsha kuni kechqurun Sohilda toʻrt nafar aʼzosini qamoqqa oldi.

Roya gazetasi sharhi:

Qoʻzgʻolonchi bir “islomiy” guruhning Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etishga harakat qilayotgan insonlarni qamoqqa olayotgani, gʻoyat xavfli qadam. Bu avvalo Islom, qolaversa, qoʻzgʻolon dushmanlariga xizmat qiladi. Bu amaliyotdan ilgargi ham Tahrir Shom bir necha amaliyotlari bilan qasddan Hizb ut-Tahrirning Suriyadagi faoliyatiga tazyiq oʻtkazgan edi. Vaholanki Hizb barcha qoʻzgʻolonchi guruhlarga tinmay ishonchli nasihatgoʻy boʻlib keladi. Masalan, bundan taxminan uch oy muqaddam Hizb ut-Tahrirning Jabali Zoviyadagi radiosi jihozlarini tortib olgandi. Uning bu qilmishi musulmonlarning maʼsum mulkiga ochiq adovat sanaladi. Keyin oʻtgan oylarda Hizbning bir necha yigitlarini qamoqqa olib, uch-toʻrt kun kaltaklab, tahqirlab qoʻyib yuborgandi. Tahrir Shomning bunday qilmishlari bilan Hizbni maʼrufga buyurish, munkardan qaytarish va Islom bayrogʻini koʻtarishdek faoliyatidan voz kechishga majbur qilishni qasd qilgani koʻrinib turibdi.

Xoʻsh, Hizb ut-Tahrir oʻz bayonotlari bilan Tahrir Shom harakatini tashvishga solib qoʻydimi?! Bu va boshqa guruhlar yetakchilarining Turkiya kabi regional davlatlar bilan “aloqa” qilayotganini, ularning buyrugʻisiz bir qadam ham tashlamay, hammalari Sochi va Ostonada qabul qilingan qizil chiziqdan oshmasdan harakat qilayotganini fosh qilish bilan dargʻazab qilib qoʻydimi?! Hizbning xalqchilligi oshayotgani jahllarini chiqaryaptimi?! Zero, yaqinda ozod etilgan mintaqalardagi nufuzli va ziyoli kishilar koʻpchilik xalq ishtirokida konferentsiya oʻtkazib, hokimiyat Ummatniki ekanligini, ammo Suriya qoʻzgʻolonining oʻzgarmas maqsadlariga rioya qilmagan guruhlarga esa, hokimiyat berilmasligini taʼkidladilar, balki shu ularni gʻazablantirgandir?! Yoki halovatlarini buzgan narsa, ular Suriyada shariatni hukmron qilishlarini anchadan beri iddao qilib kelishayotgan bir paytda, Hizbning Xalifalikni barpo etish bilan shariatni hukmron qilishga daʼvat olib borayotganidir balki?!

Roya gazetasining 2019 yil 10 iyul chorshanba kungi 242-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.