Pokiston va Turkiya rejimlari mustamlakachi xoʻjayinlari talabini qondirish uchun Hizb ut-Tahrirga qarshi kimoʻzarga kurashishyapti

520
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston va Turkiya rejimlari mustamlakachi xoʻjayinlari talabini qondirish uchun Hizb ut-Tahrirga qarshi kimoʻzarga kurashishyapti

Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot boʻlimi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:

“Hizb ut-Tahrirning Pokistondagi rasmiy notigʻi Navid Batt 7 yil avval oʻgʻirlab ketilgandan buyon hanuz daraksiz qolmoqda. “Yoʻqolgan shaxslar masalasi boʻyicha komissiya” Navid Battning hibsga olinganini tasdiqlashi uchun Pokiston razvedka byurosiga talabnoma yuborgan, ayni masala boʻyicha hukumat organlaridan uning mahkamaga tortilishini rasman talab qilgan. Biroq shularga qaramay, haligacha Navid Battni birorta ham mahkama sud qilgani yoʻq”.

Bayonotda quyidagilarga diqqat jalb etiladi: Navid Batt voqeasi shuni yana bir bor tasdiqladiki, bu rejim musulmonlarga adolat koʻrsatish kerak boʻlgan paytda koʻr va soqov boʻlib oladi, mustamlakachilarga xizmat qilish kerak boʻlganda qattiq gʻayrat koʻrsatadi! Axir, pokistonlik hukmdorlar mushrik hind jangchisini hurmat-izzat bilan oilasiga topshirishga shoshilishdiku, nega Navid Battni yetti yildan beri oilasi bilan hech boʻlmasa telefon orqali suhbatlashishiga ham qoʻyishmaydi?!”

Bayonot soʻnggida bunday deyilgan:

“Pokiston hukmdorlari mustamlakachi xoʻjayinlaridan Islomga qarshi kurashish va uni hokimiyat orqali tatbiq etishga harakat qilayotganlarni yoʻq qilish vazifasini olishgan. Navid Battning oʻgʻirlanishi ham Xalifalikning qayta barpo etilishi mafkurasidan halovati buzilgan xoʻjayinlarini rozi qilish doirasiga kiradi. Xoʻsh, xolis musulmonlar Navid Battning ozod etilishini bor ovozda talab qilish bilan bu hukmdorlar gunohlaridan oʻzlarini chetga olarmikinlar?!

Roya gazetasining 2019 yil 3 iyul chorshanba kungi 241-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.