Ijtimoiy tarmoqlarda: Solton-Sari
Ijtimoiy tarmoqlarda “Solton-Sari yaylovida qoʻylar yoppasiga qirilib ketayotgani” aks etgan videotasmalar tarqaldi. Veterinariya va fitosanitariya xavfsizligi boʻyicha inspektsiya qoʻylarni hech bir sababsiz oʻlib qolayotgani ustida klinik tekshiruv oʻtkazib, yuqumli kasallik alomatlari aniqlanmaganini maʼlum qildi. Biroq, oʻlgan chorva hayvonlari ekspirtiza qilinganda uning goʻshtida nitrat va margimush mavjudligi aniqlangan. Mana shu sabablar boʻyicha chorva hayvonlari zaharlanib oʻlayotgani boʻyicha taxminiy tashxis qoʻyildi.
Bunga qadar, 15 may kuni Norin tumanidagi Emgekchil qishlogʻida yuzlab odam yigʻilib, “Solton-Sari yaylovida oltin kombinati qurilmasin” degan talab qoʻyishgan edi. Ular agar kombinat quriladigan boʻlsa undan chiqqan chiqindi suv yaylovdagi toza suvga qoʻshilishi va bu suvni zaharlashi natijasida undan ichayotgan chorva hayvonlari va oʻsha yerdagi choʻponlarning sogʻliqlariga jiddiy zarar yetishini aytishgan edi.
Ammo, Jhong ji Mining” kompaniyasi vakili Gulmira Ibraimova “kombinat atrof-muhitga zarar yetkazmaydi, maxsus tekshiruv, ekspertiza ishlari olib borilgan” deya aholi talablarini rad etdi.
Biroq, kompaniya amalga oshirayotgan portlatishlarning oʻzidan atrof-muhitga qanchalik zarar yetayotganini oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin.
Shunday boʻlsa-da, kecha ekotexinspektsiya suv va tuproqni tekshirganidan soʻng taxlil natijasi toza chiqqanini bildirdi. Biroq, keyinchalik bu taxlil qoʻylar zaxarlanishiga qadar olingan taxlil ekanligi maʼlum boʻldi. Shuningdek, chorva hayvonlarining oʻlim sababi, qoʻzilarni davolash uchun choʻponlar tomonidan berilgan margimush boʻlishi ham mumkin degan tahmin koʻtarildi. Bu esa hokimiyatni kompaniyaga advokatlik qila boshlaganini anglatadi.
“Jhong ji Mining” kompaniyasi 2012-yili Davlat geologiya agentligidan Solton-Sari konini qazish va tadqiqot ishlarini olib borish uchun litsenziya olgan va shu asosda joriy yilda togʻ-kon kombinati qurilishi koʻzda tutilgan.
Shu sababli, yuqoridagi uchrashuvda hukumatning Norindagi vakili Amanbay Kayipov kombinat nima boʻlishidan qatʼiy nazar qurilishini bildirdi:
-“… kondan foydalanish boʻyicha litsenziya olgan kompaniyaning litsiyenziyasini qaytarib olish mumkin emas. Ular ham qonuniy asosda Davlat geologiya agentligidan olishgan. Hozir xalq bilan tushintirish ishlarini olib borishdan boshqa choramiz yoʻq”, dedi u.
Yuqoridagilaridan maʼlum boʻlganidek, mazkur kompaniya Atambayev prezidentligi vaqtida tuzilgan, Xitoy ekspansiyasiga yoʻl ochgan shartnomalar doirasida faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda esa Shanxay sammiti arafasida prezident Jeenbekov Xitoy bosqinchiligini kengaytiradigan 19 hujjatga qoʻl qoʻydi. Ayni vaqtda imzolangan hujjatlar doirasida Qirgʻizistonda Shinjon harbiy okrugi harbiylari delegatsiyasi yuribdi. Bu Xitoyning harbiy jihatdan asta-sekinlik bilan kirib kelish uslublari jumlasidandir. Maʼlumki, Shinjonda musulmonlar Xitoy hukumati tomonidan xoʻrlanib, qamoqlarda ogʻir zulmlarni boshlaridan kechirishmoqda.
Abdulhakiym Qoraxoniy