Xitoy matbuoti: Erdogʻan uygʻur xalqining baxtli hayot kechirayotganini tan oldi

779
0

Xitoy matbuoti: Erdogʻan uygʻur xalqining baxtli hayot kechirayotganini tan oldi

Xitoy ommaviy axborot vositalari, Turkiya hukumati Shinjondagi uygʻur xalqining baxtli hayot kechirayotganligini qabul qilganligini olgʻa surdi. Xitoy matbuotiga koʻra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Xitoy prezidenti Si Tszinpin bilan oʻtkazgan uchrashuvi davomida shunday bayonot bergan.

Xitoy davlat televideniyasining efirga uzatishicha, Erdogʻan “Xitoyning (Shinjon) mintaqasidagi odamlar Xitoy taraqqiyoti ichida baxtli hayot kechirayotganliklari haqiqatdir. Turkiya hukumati Turkiya-Xitoy munosabatlarini buzilishiga aslo yoʻl qoʻymaydi. Turkiya ekstremizmga qatʼiyyan qarshidir va Xitoy bilan oʻzaro siyosiy ishonch va xavfsizlik borasida hamkorlikni mustahkamlashni istaydi”, “Yagona Xitoy” siyosati, Turkiya uchun strategik ahamiyatga ega”, “Turkiya-Xitoy munosabatlarini mustahkamlanishi mintaqaviy va global barqarorlikka katta hissa qoʻshadi”, deya bayonot bergan.

Oʻz navbatida Xitoy prezidenti Si Tszinьpin Turkiya prezidentining bayonotlaridan mamnun boʻlganligini izhor qilar ekan, ikki mamlakat terrorizmga qarshi hamkorlikni kuchaytirish uchun amaliy qadamlar tashlashi zarurligini taʼkidladi. Shuningdek u Erdogʻanning “Xitoyga qarshi harakatlarga aslo yoʻl qoʻymasligi” haqida bergan bayonotini alohida tahsinga sazovorligini qoʻshimcha qidi.

Turkiya hukumati oʻtgan fevral oyida BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashida vaziyatni tanqid qilib, Xitoyning eʼtiborini tortgan edi.

Izoh:

Turkiya prezideti janob Erdogʻan bundan avval Xitoy gazetasiga yozgan maqolasida Xitoy prezidenti Si Tszinpinni “hurmatli doʻstim” deb atadi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ogʻiz-burun oʻpishib yurgani hech kimga sir emas. Ammo Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy va undan boshqa 50 nafarga yaqin musulmonlarni oʻlimga hukm qilganligi uchun Abdulfattoh Sisiyni zolimlikda aybladi, Sisiyning bu zulmlariga sukut saqlagan Gʻarb davlatlarini esa ikkiyuzlamachilikda aybladi. Toʻgʻri, Sisiyning zolimligi va Gʻarb davlatlarining ikkiyuzlamachiligida hech shak-shubha yoʻq. Ammo shu yerda bir savol tugʻiladi:

50 kishini qatl qilgan Misr togʻutlari zolimu, son-sanoqsiz musulmonlarni erkagu-ayol, yoshu-qari demay qiynab, oʻldirayotgan va mahbus musulmonlarning ichki organlarini tirik holida sugʻirib olib sotayotgan Xitoy togʻutlari qanday doʻst boʻlishi mumkin?! Vaholangki xitoyliklarning uygʻur musulmonlariga nisbatan amalga oshirayotgan jinoyatlariga butun dunyo guvoh boʻlib turibdi. Masalan VVS televideniyasi Xitoyda uygʻur musulmonlari shafqatsizlarcha azobga solinayotgani aks etgan suratlarni butun olamga namoyish qildi. Hatto baʼzi ekspertlar Xitoy lagerlarida aksar musulmonlarning dahshatli suratda oʻldirilganligini taʼriflashga til ojizlik qilishini aytmoqda. Xoʻsh endi Erdogʻanning bunday muomalasiga necha yuzlamachi deb baho berish mumkin?!

Aslida uygʻur musulmonlariga vahshiyona zulm qilayotgan Xitoy hukumati ham, Suriya aholisini qirgʻin qilayotgan Rus hukumati ham, Falastinda jirkanch jinoyatlarni amalga oshirayotgan yahudlar ham, Arakanda musulmonlarni tiriklayin yoqib yuborayotgan butparastlar ham… va hokazo dunyoning har bir burchida Musulmonlarga istagan zulmlarini amalga oshirayotgan xamma kofirlar ham, oʻzlarining jasur-qoʻrqmasligidan emas, balki Islom oʻlkalari rahbarlarining sukutlaridan va ularga yaltoqlanishlaridan shunday ishlarga jurʼat qilishmoqda. Agar hokimlar ular bilan diplomatik va savdo aloqalarini butunlay uzib, qoʻl ostidagi armiyani oyoqqa turgʻizishganda edi, vaziyat boshqacha boʻlardi.

Siz: “Kofirlar bizdan texnologiya borasida juda ustun. Ulardagi qurollar bizda yoʻq” deb aytishingiz mumkin. Toʻgʻri ularning qoʻllarida yuksak harbiy qurollar mavjud, ammo oʻsha qurollarni ishlatadigan ERKAKlar yoʻq. Chunki Musulmonlarda mavjud boʻlgan sifat, yaʼni shahidlik orzusi ularda yoʻq. Mana sizga bir statistik maʼlumot: AQShning bir yarim million askaridan 950 mingtasi, yaʼni qariyib uchdan ikki qismi ruhiy kasallar roʻyxatida turadi. Har zamon ularning qasali qoʻzib, oʻz safdoshlarini otib qoʻyish ehtimoli mavjud. AQShning Afgʻonistonda hech qanday davlatga ega boʻlmagan Tolibon harakatiga hujum qilib, 18 yilda ham ularni magʻlub qila olmaganligi buning yorqin dalilidir. Ularning oʻsha yuksak texnologiyalari ham, tonna-tonna bombalari ham hech qanday natija bermadi.

Shuning uchun ayta olamizki, musulmonlar uchun dushmanlarga doʻstim deb yaltoqlanmaydigan, balki barcha Islom oʻlkalarini birlashtiradigan rahbar zarurdir. Ushbu rahbarni tiklash barcha musulmonlarning zimmasidagi ishdir. Islom Ummati, shu jumladan harbiylar ham eng avvalo ushbu rahbarni – oʻz Xalifalarini – tiklash uchun harakat qilishlari lozim. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ

“Imom-xalifa qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.