Misr qimmatchilik, qarzdorlik, aybsiz odamlarni oʻlimga hukm qilish, qotil va jinoyatchilarni esa oqlash kabi toʻlqin orasida

899
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr qimmatchilik, qarzdorlik, aybsiz odamlarni oʻlimga hukm qilish, qotil va jinoyatchilarni esa oqlash kabi toʻlqin orasida

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi matbuot boʻlimi aʼzosi

Qimmatchilik toʻlqini avj olyapti, qashshoqlik kundan-kunga ortib, qarz ketidan qarzlar qashshoq xalqning tinkasini quritmoqda. Bu bechora xalq qachon rejimning qaror va istaklariga eʼtiroz bildirishga urinsa, buning badalini politsiya va armiyaning oʻqlariga nishon boʻlib, jonini berish bilan toʻlamoqda. Tirik qolganlarini esa, sud zallari hamda oila farzandlarining bir burda noni hisobiga maoshlari toʻlanib kelinayotgan sudьyalarning oʻlim hukmlari kutmoqda… Bu sudlar Oq uydagi xoʻjayinlari manfaatlarini himoya qilib kelayotgan Gʻarb qoʻriqchilarini himoya qilishmoqda.

Payshanba kuni Misr sudi sobiq prezident Husni Muborak davrida ichki ishlar vaziri boʻlgan Habib Odilni oqladi. Bi-Bi-Si radiosining 2019 yil 9 may xabariga koʻra, Habib Odil ichki ishlar vazirligi mollarini noqonuniy oʻzlashtirishda ayblangan edi. Bir vaqtning oʻzida, sudьyalar shubha ostida gumonlangan misrlik yigitlarga qatorasiga oʻlim hukmi chiqaryapti. Bu hukmlarning yaqindagisi, 13 nafar yigitga “Misr askarlari” ishi boʻyicha oʻlim hukmi berildi. Bir sud rasmiysining 2019 yil 7 may kuni Bi-Bi-Siga bergan intervьyusiga koʻra, kassatsiya sudi ayni ish boʻyicha yana 17 nafar shaxsni 25 yilga umrbod qamoq jazosi, 2 nafar shaxsni 15 yilga qamoq jazosi, 7 nafar ayblanuvchini 7 yil qamoq jazosiga hukm qildi. Qarang, Misr sudlarining ikki xil yondashuviga: hammaga qonunbuzarliklari yaqqol maʼlum boʻlgan sobiq ichki ishlar vaziriga ozod etish hukmini chiqardi, uylaridan koʻchaga chiqishlari bilan quruq tuhmatga qolgan va qamoqqa tashlanib, qilmagan ayblarini qattiq qiynoqlar ostida boʻyinlariga olgan yigitlarni esa, oʻlimga hukm qildi… Bu bilan rejim avvalo oʻz mulozimlariga, keyin xalqqa murojaat qilyapti: mulozimlariga koʻnglingiz xotirjam boʻlsin, oʻz erkingizga qoʻyib berdim, xalqni istagancha oʻldirishingiz, bostirishingiz, boyliklarini talon-toroj qilishingiz mumkin, hech kim sizni nazorat qilmaydi, mudom biz saqlanib turar ekanmiz, mudom siz ham bizni himoya qilishda davom etarkansiz, sizga hech qanday jazo qoʻllanmaydi… sizni har qanday qoʻzgʻolondan saqlab turamiz… Bu rejimning mulozimlariga yuborayotgan nomasidir. Rejimning qoʻzgʻolon qilayotgan Misr xalqiga yuborayotgan nomasi esa bunday: rejim qarorlariga qarshi chiqqan har bir fuqaroning taqdiri shunday boʻladi, oldingizda faqat bitta yoʻl bor: Ishlab topgan hamma narsangizni tortib olsak ham, bor-yoʻq mulkingizni musodara qilsak ham, nimani istasak, qanday qarorlar qabul qilsak, shunga tiz choʻkib rozi boʻlasiz va siyosatlarimizni ijro etasiz, biz uchun va bizning xoʻjayinlarimiz uchun siz qullarsiz, aks holda esa, sizni tirik qoʻymaymiz!!

Qarang, rejim shunday davom etyapti… tashqi va ichki qarzlari ortgandan ortib boryapti, bu mollar hech kim yashamaydigan qasrlari va qarorgohlari uchun sarflanyapti, yangi poytaxt va katta yoʻllar, xizmatlar xarajati milliardlarni tashkil qilyapti. Xalq Kengashi harbiylar maoshini 15 %ga oshirish taklifini muhokama qilayotgan bir paytda, Misr moliya vaziri 2019 yil may kuni “Misroviy” veb-saytiga “Agar bizda mablagʻ boʻlsaydi, baxillik qilmasdik, deb turibdi, moliyamiz ahvoli 15 % kamomadni tashkil qilyapti”, deb turibdi. Bir vaqtda, “Misroviy”ning 2019 yil 2 maydagi xabaridan maʼlum boʻlishicha, davlat 13 million 782 ming fuqaroni ratsion kartadan foydalanuvchilar roʻyxatidan (yordam puli olishdan) chiqarib yuborgan. Buning aksi oʻlaroq esa, davlat ekranlardan turib yalinib pul soʻrab yotibdi, oʻzining burchi boʻlgan ishdan, yaʼni, odamlarni boshqarish vazifasidan voz kechyapti.

Kinona yurtining ayanchli vaziyati mana shu va bunga qurolini Misr ahliga oʻqtalayotgan, repressiya mashinasini ularning ustiga haydayotgan shu rejim sababchidir. Zero, ahvol shu darajaga yetdiki, odamlar oldida ikki variant qoldi va bu variantning ikkalasi ham bir-biridan achchiq. Chunki odamlar zavod-fabrikalarning chiqindi ovqatlarini yeb kun koʻrishyapti, hatto bu chiqindi ovqatlar bozorlarda sotiladigan boʻlib qoldi. Axir, Kinonadek bir zamin bunday manzarani tarixida koʻrgan emasdi, aksincha u ilgari butun dunyoni yedirib-toʻydirgan edi… Rosululloh ﷺning Madina shahri ocharchilikka yuz tutganda yordam koʻrsatgandi. Bu yerda faqat bitta farq bor: xoh Allohning nabiysi Yusuf ning zamonida boʻlsin, xoh Nabiyyimiz ning zamonasida boʻlsin, u zamonlarda bu yurt Alloh Azza va Jallaning vahisiga asoslangan tuzum va siyosatlar bilan boshqarilar edi.

Kinona shunday alamli kunlarni boshdan kechirayotganini barcha yurt ahli tushunib turibdi va bu siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik kabi barcha sohada Husni Muborak zamonidagi ahvoldan ham yomon. Bugundan ertangi kun yomonlashsa, ertangi kundan undan keyingi kun yana-da yomonlashmoqda. Bularning barchasiga tatbiq qilinayotgan kapitalistik tuzum sababchidir. Chunki u inson muammolarini hal etishdan ojiz hamda ustiga-ustak, odamlarni qashshoqlashtirayotgan ham, och qoldirayotgan ham mana shu tuzumdir. Uni tatbiq qilayotganlar xavfsizlik yechimidan oʻzga yechimni bilishmaydi. Xavfsizlik yechimi boʻlsa, odamlarni bostirib, ularni mana shunday chorvalar hayotidan ham yomon hayotga rozi qilishga, hatto bergan shu ushoqlari uchun rejim shaʼniga hamdu sano aytishga majburlashdan iboratdir. Zotan, bu ushoqlar xalqqa bekorga berilmayapti, balki saylovlar va referendumlarda rejimga ovoz berishlari evaziga berilyapti. Mana, soʻnggi referendumda odamlar ovoz berishlari uchun ularga oziq-ovqat kartonlari ulashildi va bu kartonlar ham savdogarlar va tadbirkorlardan tortib olingan mablagʻ evaziga boʻldi. Bunday ahvol favqulodda qashshoqlikning zoʻrayishi oldida biror “portlash” kelib chiqishi muqarrarligidan ogohlantirmoqda. Chunki Kinona ahli bundan yomon ahvolni koʻtara olmaydi, shuncha qattiq sabr-toqat qilayotgan boʻlsa-da, biroq portlash ehtimoli yuqoridir. Chunki ochlik, qashshoqlik va kasallik ahlimizni yeb tugatyapti.

Ushbu kutilayotgan ehtimolli qoʻzgʻolon ongli xolis siyosiy yetakchilikka muhtoj boʻladi. Bu yetakchilik qoʻlida tub oʻzgarish sodir etishga, barcha muammolarga vaqtinchalik emas, balki haqiqiy yechimlar berishga qodir loyihasi bor va shubhasiz, bunday loyiha Hizb ut-Tahrirdan boshqa hech kimda yoʻq. Biroq bu yetakchilik ham, loyiha ham Kinona ahlining qoʻllab-quvvatloviga muhtoj. Unga armiyadagi rostgoʻy qudrat ahlining nusrati kerak. Qudrat ahli hokimiyatni olib, insonlarni Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islom bilan boshqaradigan mana shu yetakchilik qoʻliga beradi. Bugun hal qiluvchi masala shu Kinona armiyasi safidagi xolis harbiylar qoʻlidadir. Yurt ahli boshiga nima tushsa, buning alami ularga ham yetadi. Chunki Alloh Taolo armiyaning ahli va aka-ukalari boshiga tushayotgan ish haqida qiyomat kuni shu armiyadan soʻraydi. Ayni damda nafaqat Misr, balki butun Ummat hurmat-izzatlarini va farovon hayotni qayta taʼminlab beruvchi davlat barpo etilishiga tayyor turibdi. Hatto Ummat Islom va uning tuzumini bagʻriga olishga, bu yoʻlda honu monini qurbon etishga tayyor, desak xato qilmaymiz. Ummat oʻnlab yillar mobaynida kapitalizmning buzuqligiga, bu tuzum ijrochilarining buzuqliklari-yu korruptsiyalariga, oddiy muammoni ham hal etishdan ojizligiga, hammasiga sabr qildi, sabr qilishga majbur boʻldi. Demak, qayta ezgulik qaytayotganini koʻrsa, yurtining yoʻqotgan kuch-qudrat va ulugʻligiga qayta erishganini his etsa, bunga ham albatta sabr qilishi muqarrar. Zotan, bu yaxshiliklarning barchasi Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islomni hukmron qilinmaguncha qaytmaydi va haqiqatdan, bunga nusrat berishga qodir xolis insonlargina yetishmayapti, xolos. Buni Gʻarb kofirlari ham yaxshi tushunib, kutilmaganda ushbu davlatning barpo boʻlib qolishidan choʻchib, ming bor hisob-kitob qilib turishibdi… Chunki u barpo etilsa, ularning davlatlararo tuzumlariga tahdid solmay qolmaydi, nafaqat yurtlarimizdagi balki oʻz yurtlaridagi xavfsizliklarini xavf ostiga qoʻyadi, agar u yurtlari sogʻ-omon qolsa, albatta.

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ

“Ey moʻminlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar” [Anfol 24]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.