Atambayev: men ularning tergov mahkamasiga bormayman

508
0

Atambayev: men ularning tergov mahkamasiga bormayman

Siyosatdoshlariga “aybing yoʻq boʻlsa, sudda oqlanasan, toʻpalon bilan muammolarni hal qilish toʻgʻri emas” deya nasihat qilgan sobiq prezident Almazbek Atambayev Koy-Tashdagi uyiga oʻz tarafdorlarini yigʻib nutq soʻzlar ekan, “men ularning tergov mahkamasiga bormayman, ular meni nohaq ayblashyapti” dedi. (Yodingizda boʻlsa sobiq prezident Bakiyev ham oʻz qishlogʻida tarafdorlari va tansoqchilarining ortiga berkingan edi).

Qachongacha bu kabi siyosatchilar biz (xalq)ni pullarimizni xiyonat yoʻllari bilan oʻgʻirlab, oʻzlashtirib olib, oʻsha pullar bilan bizni oʻzlari uchun tirik qolqon qilib olishlariga yoʻl beramiz! 2010 yili aprel voqeasi yakuniga yetishi uchun aynan mana shu siyosiy doira milliy nizolar qoʻzgʻab bizni bir birimizni qirishga yoʻnaltirgan edi! Ha, oʻshanda birgina Kurmanbek Bakiyevning prezidentlik salohiyatini tortib olish uchun muvaqqat hukumat Oʻzbek seperatistlari bilan til biriktirib, ularga hokimiyatdan 30 % oʻrin vaʼda qilishgan. Ish bitgach vaʼdalarini bajarmaslik maqsadida millatchilik urushini atayin paydo qilib, oʻzbek va bir qator muxolif siyosiy aponentlarini mamlakatdan quvib chiqarishgan edi. Oʻsh voqeasida aybdor boʻlgan deyarli birorta siyosatchi yoki milliy ayirmachi oʻlgani yoki qamalgani yoʻq! Begunoh xalq qirildi va mol mulklari talon-taroj qilindi!

Qirgʻizistonda yana bir qator siyosiy guruhlar, aniqrogʻi eski yetakchi guruh bilan yangi guruh oʻrtasida shaxsiy yoki guruhlararo mansab talashish kurashi qizib boryapti. Har ikki taraf oʻzini nohaq ekanini bilsa ham, xalq oldida populistik yolgʻon bayonotlar berib, biri ikkinchi tomonga zulm qilayotganini yashirmoqchi boʻlsa, ikkinchi tomon oʻzini nohaq zulmlanayotgandek koʻrsatishga harakat qilyapti. Demak ular xalqni yana jumbushga keltirishga urinishadi. Oʻzgenda bir qator bloggerlarni kimdir ishga solib milliy nizo va adovat paydo qilishga harakat qilayotgani hamda mamlakatni shimol va janubga boʻlish tafdorlarining fitnali harakatlari kuchayib borayotgani balki shu siyosiy keskinliklar taʼsiridan boʻlayotgandir.

Qirgʻiziston xalqiga murojaat qilib shuni aytamizki, bu siyosiy keskinliklarda mamlakat yoki xalqning umumiy manfaatlari yoʻq. Shaxsiy manfaatlar, xudbinlik, zulm va oʻz jonlarini saqlash asosida borayotgan bu siyosiy keskinliklarda biror tomonning quroliga aylanib, ikkinchi tomondagi birodarlarimiz bilan toʻqnashishgacha yetib bormaylik! Chunki har ikki taraf ham botildir! Ular oʻz maqsadlari yoʻlida fuqorolararo beqarorliklar keltirib chiqarishdan ham toyishmaydi. Bu toʻqnashuvlarda xuddi avvalgilardek biz uchun diniy, hatto milliy va boshqa umumiy manfaatlar mavjud emas! 

Bu toifalarning manfaatlari (yaʼni birinchi tomonda turib ikkinchisini quvish) uchun Qirgʻiz xalqining bir boʻlagi bir necha marotaba xizmat koʻrsatishdi, hatto oʻnlab kishilar hayotdan koʻz yumdi. Birini quvib ikkinchisiga saltanatni topshirdi, natija oʻzgarmadi! Endi ham oʻzgarmaydi! Chunki bir toifaning shaxsiy manfaatlari uchun hatto butun xalq toʻpolon qilsa ham, ommaviy manfaat paydo boʻlib qolmaydi! Yaʼni ommaviy oʻzgarishlarga olib bormaydi. Balki, yana faqat shaxsiy manfaatlar oʻzgargan boʻladi! Bir toʻda xiyonatchilarni quvib, ikkinchi yangi xoin toʻdani hokimiyatga yoki diktaturaga olib kelgan boʻlamiz xolos! Chunki boshqaruv dasturi oʻzgarmadi! Bu dastur, har qanday qoʻyni ajdarga aylantira oladigan botil quvvatga egadir!

Abdurazzoq Moʻʼmin

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.