Qirgʻiziston: siyosiy ahvolimizdan saboq olaylik

448
0

Qirgʻiziston: siyosiy ahvolimizdan saboq olaylik

 Hozir Qirgʻizistonda tashqi va ichki siyosiy voqealar rivoji jaddallab ketdi. Tashqaridan AQSh, Rossiya, Xitoy va Yevropa ittifoqiga aʼzo davlatlarning oʻz manfaatlariga muvofiq taʼsirlari oshib borayotgan boʻlsa, ichkarida ichki siyosiy intrigalar kuchayib bormoqda. 

 Tashqi taʼsirlar

 Tashqi kuchlardan YeI Qirgʻiziston siyosatiga bilvosita taʼsir koʻrsatadi. YeI bunga qadar Oʻrta Osiyoga nisbatan siyosatini AQSh siyosatiga ergashib, unga moslashtirib olib borgan. Biroq joriy yilda mintaqaga nisbatan muayyan strategiya qabul qildi. Undan mustaqil mustamlakachilik siyosatini olib borish maqsadi koʻzlangan. Qirgʻizistonda Yevropa davlatlaridan Britaniya va Germaniyaning sezilarli taʼsiri bor. Biroq, Britaniyaning “brekzit” masalasi sababli yuqoridagi strategiyasi muvafaqqiyatsizlikka uchrashi va YeI yana qayta AQShga mos siyosat olib borishi kutilmoqda.

 Hozircha Xitoy bosqinchiligi iqtisodiy uslublarga cheklangani sababli u ham Qirgʻizistonga bilvosita taʼsir koʻrsatmoqda.

 AQSh mustamlakachiligi Qirgʻizistonga mafkuraviy (saqofiy) jihatdan chuqur ildiz otgan. Mamlakatda unga qarashli koʻplab tashkilotlar faoliyat olib boradi. AQShda tajriba (stajirovka) ortirib kelgan siyosatchilar koʻp. Amaldorlarning farzandlari Gʻarb mafkurasini singdiruvchi taʼlim muassasalarini tamomlab, gʻarbparastlar “armiyasini” tashkil etib qolishdi. Bu “yoshlar” ota-onalari orqali tezda davlat lavozimlariga oʻrnashib, siyosatga erta aralashishdi. Shu sababli Amerika mazkur gʻarbparast shaxslardan mustamlakachilikning siyosiy usulublarida foydalana boshladi, yaʼni, ularni hokimiyat tepasiga olib kelishga kirishdi. AQSh gʻarbparast siyosatchilarni parlamentga olib kelib, parlament boshqaruvini joriy etmoqchi va shu orqali Xitoy va Rossiya manfaatlariga zarba bermoqchi (masalan, shu maqsadda 2020-yili boʻlib oʻtadigan parlament saylovlariga USAID 2,5 million dollar ajratadigan va bu mablagʻ Qirgʻizistondagi AQShga qarashli tashkilotlarga beriladigan boʻldi). Hukumat saylovda toʻliq nazorat oʻrnatib olmasligi uchun AQSh uning tobora zaiflashib borishidan manfaatdor. Shunday qilib Amerika Qirgʻiziston siyosatiga bevosita taʼsir oʻtkazmoqda.

 Rossiya esa anʼanaviy mustamlakachi sifatida Qirgʻiziston siyosatiga bevosita taʼsir oʻtkazadi. U odatdagidek zoʻravonlik siyosatiga asoslanganicha qolmoqda. Yaʼni, Qirgʻiziston hukumatini – xoh siyosiy, xoh iqtisodiy jihatdan boʻlsin – qoʻrqitish orqali oʻziga boʻysundiradi, uning asosiy tayanchi harbiy kuchdir. Joriy yilning mart oyi soʻngida Qirgʻizistonga kelgan Putin boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi oʻz manfaatlariga mos boʻlgan shartnomalarni “gʻing degizmay” imzolatib ketdi. Endi Qirgʻiziston hukumatidan oʻsha shartnomalarni bajarishni talab qilaveradi. Bu shartnomalar bajarilishi uchun Rossiya hozircha Qirgʻizistonda barqarorlik boʻlishidan manfaatdor.

 Ichki intrigalar

 Tashqaridan qaraganda, hozir ichki siyosat Jeenbekov-Atambayev kurashi atrofida aylanayotgandek koʻrinadi. Biroq, aslida Qirgʻizistonning ichki siyosati unga xoʻjayinlik qilayotgan kuchlarning bizga nisbatan olib borayotgan siyosatidan kelib chiqadi.

 Jeenbekov bilan Atambayev oʻrtasida shaxsiy kelishmovchiliklar boʻlsa ham, ammo bu narsalar bugungidek siyosiy oʻyinlarni belgilab bera olmaydi. Bunday oʻyinlarni tashqi taʼsirlar belgilab beradi. Bunday vaziyat Atambayev-Tekebayev kurashida ham koʻringan. Unda Tekebayev AQShning kadri sifatida Rossiya buyrugʻi bilan qamalgan, bugungi kunda uni qamoqdan chiqarilmayotgani ham shunga borib taqaladi (bunday voqea Akayev davrida Kulovga nisbatan ham boʻlgan). Biroq bu haqiqat oʻsha vaqtdagi ichki oʻyinlar bilan niqoblangan. U vaqtda Atambayev odamlarni vaziyatdan chalgʻitish, oʻz kelajagini taʼminlashda obroʻ orttirish maqsadida “korruptsiyaga qarshi kurash” boshladi. Mazkur kurash doirasida Rossiyaning Tekebayevni prezidentlik saylovdan chetlatish buyrugʻiga muvofiq, uni korruptsiyada aybladi. Bu oʻz navbatida Tekebayevda qarshilik harakatini paydo qildi. Natijada u “amerikacha usul” (oʻziga kerak boʻlgan vaqtdagina foydalanish) bilan Atambayevning “korruptsiyaga qarshi kurashi”ning maxfiy tomonlarini ochib tashladi va bu masalani oʻz taʼsir quvvatini saqlab qolish yoʻli qilib belgiladi.

 Atambayev hokimiyat tepasida turgan vaqtda, ilojsizlikdan Rossiya talablariga muvofiq harakat qilib, gʻarbliklarning ayrim ishlariga qarshi chiqqan boʻlsada, aslida uning dunyoqarashi Gʻarb mafkurasi bilan shakllangan. Uning QSDP partiyasi ham Germaniyaning sotsial-demokratlaridan taʼsirlanib tuzilgan. Uning davrida gʻarbliklarning istaklariga muvofiq prezidentlik-parlamentlik boshqaruv joriy etildi. Siyosiy elitada ham gʻarbparastlar soni koʻpaydi. Atambayev hokimiyatdan ketganidan soʻng oʻzining Jeenbekov bilan boʻlgan kurashida – Rossiya tomonidan qoʻllov topmagach– hozirda Gʻarb qoʻllovi, yaʼni AQSh qoʻlloviga yuzlanmoqda va atrofiga baʼzi gʻarbparast siyosatchilarni toʻplamoqda.

 Jeenbekov prezident boʻlgunga qadar hech qaysi tomonning kadri boʻlgan emas. Hokimiyatga kelganidan keyin, tashqi siyosatda Atambayevdan qolgan – Rossiya buyruqlariga boʻysunish, Xitoydan “yordam” olish – siyosatini davom ettirmoqda. Ichki siyosatda ham Atambayevdan qolgan “korruptsiyaga qarshi kurash” siyosatini davom ettirmoqda. Bu kurashning asosiy nishonlari atambayevchilar boʻldi. Undan soʻng “Batukayev ishi”ga aloqador shaxslar boʻlyapti. Putin Atambayevdan yuz oʻgirganidan soʻng, “korruptsiyaga qarshi kurash” navbati Atambayevning oʻziga yetib keldi. Mart oyida Putin kelib ketganidan soʻng jeenbekovchilar “rossiya duxi” bilan eks-prezidentning daxlsizligini bekor qilishiga jiddiy kirishdi, hozir “shanxay ruhi” bilan buni amalga oshirishi qoldi. Bundan farqli, hukumat korruptsiyada gumonlanayotgan oʻziga tegishli odamlarni himoya qilish hamda avvaldan shakllanib kelgan korruptsiya tizimini saqlab qolishga harakat qilmoqda. (Tekebayev “Azattыk” jurnalisti Ali Toktakunovga bergan intervьyusida buning bir uchini chiqarib, ulardan foydalanish orqali “amerikacha usul”da hukumatga hujum qilishga ham, shu bilan himoyalanish mumkinligiga ham ishora qilib qoʻydi, shu bilan birga bu orqali hukumatga ham ogohlantirish berdi).

 AQSh qirgʻiz hukumatini mana shu “nozik joyidan” ushladi. Avval “Matraimov masalasi”ni koʻtardi. Bu masala Atambayevning himoyasi va gʻarbparast siyosatchilarning obroʻ orttirish strategiyasi boʻlib qolishi uchun, ularga mana shu masalani koʻtartirdi. Ayrim davlat amaldorlarining korruptsiyalik ishlarini ochishga buyruq berdi. Bu sohada hukumat uning ortidan ergashib yuradigan boʻlib qoldi. Bunday harakatlar bilan esa, hokimiyat zaiflashtirilib, parlament saylovlarida adminstrativ resurslardan foydalanishning oldi olinadi. AQSh kadrlari “korruptsiyaga qarshi kurash”ga mana shunday yondoshishdi. Gʻarbparastlar saylovda qatnashish uchun bir guruhga birlashgani yoʻq, ular turli tomonlar orqali ishtirok etishmoqchi. Biroq ularning barchasi bir joy – pralamentda toʻplanishni koʻzlashmoqda. AQSh bu orqali “Tashqi siyosatda Rossiya qoldirgan tirqishlardan foydalanamiz” degan fikrga kelishgan eski siyosiy muhitga barham berib, oʻrniga “Iloji boricha AQSh taʼsiriga yoʻl ochamiz, Rossiya va Xitoy taʼsirlariga toʻsiq paydo qilamiz” degan yangi siyosiy muhitni shakllantirmoqchi. 

 Hozir ularning ayrimlari Tekebayev, ayrimlari Atambayev atrofida yigʻilmoqda. Baʼzilari boshqa guruhlarga qoʻshilishadi, “vatanparvarlar”ga ham, “millatchilar”ga ham va hatto hukumat komandasiga ham kirishadi.

 Siyosatchilarning yuqoridagi kabi niqoblangan oʻyinlari natijasida ularga ergashayotgan odamlar – oʻzlari tarafini oladigan tomonlarni ajrata olmay qolishdi. Masalan, Atambayevni “millatchilik” asosida qoʻllayotganlar – unga qoʻshilgan “geyparadchi” (amerikaparast) R.Jeenbekovni ham qoʻllashlari kerakmi? Atambayevni gʻarbparastlik asosida qoʻllab-quvvatlayotganlar – “shovinist” (rossiyaparast) Karamushkina bilan bir safda turishadimi? Bundan tashqari, Atambayevni “shimollik” degan asosda qoʻllayotganlar orasida shimollik K. Isayev yoki N. Tuleyevni qoʻllayotganlar bor, (bu ikkovi esa Atambayevga qarshi) shunda qoʻllovchilar bularning qaysi birini qoʻllashlari kerak?… Shu kabi korruptsiyaga qarshi kurashda S. Jeenbekovni qoʻllab-quvvatlayotganlar – unda Matraimovni ham qoʻllashlari kerakmi? Shuningdek, S. Jeenbekovni “janublik” degan asosda qoʻllayotganlar orasida Jontoro Satibaldiyevni ham qoʻllaganlar bor, (u esa Jeenbekovga qarshi) qoʻllovchilar bularning qaysi birini qoʻllab-quvvatlashlari kerak? … Bunday savollarni davom ettiradigan boʻlsak oxiri koʻrinmaydi. Shu sababli siyosatchilarga ergashgan xalq, hatto koʻpchilik siyosatchilarning oʻzlari ham xayron.

 Yuqoridagilardan maʼlum boʻlganidek, Qirgʻiziston xalqi orasida fikrlar har xil, tuygʻular ham turlicha. Qonunlarni manfaatlarga qarab oʻzgarishi “bir daqiqalik” ish. Bularning barchasi Qirgʻizistondagi jamiyat – buzuq jamiyat ekanligini anglatadi. Bunday jamiyatni mustamlakachilar oʻzlari istagandek boshqara olishadi. Masalan, agar Atambayev qamalsa, hukumat bundan keyin ham xalqni chalgʻitish va oʻz hokimiyatini saqlab qolish uchun boshqa choralarni koʻrishi kerak boʻladi. Uning navbatdagi nishoni Amerikaga qarashli tashkilot va kadrlar boʻlishi mumkin. Biroq bu oson boʻlmaydi, chunki, gʻarbliklar talabi bilan qabul qilingan yangi kodekslarda gʻarbparast siyosatchilarni muhofaza qilish va shunga tegishli jihatlar hisobga olingan. Agar hukumat bundan ham “hatlab oʻtsa”, u holda Amerika tartibsizliklar keltirib chiqarishga harakat qiladi, Rossiya esa unga qarshi turish bahonasi bilan kirib keladi. Bunday vaziyatda kim-kimga qarshi kurashayotgani nomaʼlum boʻlib qoladi. Bunga olamiy tajribada koʻp bora guvoh boʻlganmiz. Mustamlakachi yetakchi davlatlar fuqarolik urishi keltirib chiqargan yerlarda millatlararo, hududlararo, konfessiyalararo va boshqa urushlar boʻlayotgani yoki millatchilar bilan dindolar, ayirmachilar bilan qaroqchilar va h.k  urushayotganini koʻramiz. Qisqasi tartibsiz urush (bundan Alloh saqlasin).

 Xulosa

 Biz musulmonlar bunday koʻrinishlardan qutulib qolishimiz uchun Islom mafkurasi asosidagi yahlit fikr, bir xil tuygʻularga ega boʻlib, shariat qonunlarini bajarishga shoshilishimiz kerak. Mana shunda biz sogʻlom islomiy jamiyat qura olamiz. Mana shunda kofir mustamlakachilar tarqatayotgan buzuq demokratik mafkura, ular bizga tiqishtirayotgan “vatanparvarlik”, “millatchilik”, “mahalliychilik”, “qabilachilik” gʻoyalari va ularga taalluqli tuygʻular bizlarga taʼsir oʻtkaza olmaydi. Mustamlakachilar bu fikrlar orqali bizni oʻzlari xohlagandek yetaklay olishmaydi. Ularning bizning ustimizga zoʻrlik bilan oʻrnatgan demokratik tuzim qulaydi.

 Ey musulmonlar, sizlar yuqoridagi kabi siyosiy oʻyinlarda molingiz va hatto joningizni bermoqdasizlar. Biroq, unda bu dunyo uchun hech qanday yaxshilik yoʻq, oxiratinglar uchun ham hech qanday fazilat yoʻq. Shu sababli uning oʻrniga Alloh yoʻlidagi fikriy-siyosiy kurashga mol-joninglarni bagʻishlanglar. Bu yoʻlda dunyo azizligi, oxirat obodligi bor. Buning uchun Islomni oʻrganilar va unga oziq tishlaring bilan mahkam yopishinglar!

Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.