Oʻtish davri Harbiy Kengashi ham, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari ham Sudan ahli uchun biror yaxshilik keltirmaydi

566
0

Oʻtish davri Harbiy Kengashi ham, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari ham Sudan ahli uchun biror yaxshilik keltirmaydi

Al-Jazira net sayti (hijriy 1440 yil 3 shavvol, milodiy 2019 yil 6 iyun payshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari Harbiy Kengashning muzokara taklifini rad etib, “Kengash ishonch manbai emas”, dedi.

Muxolafat kuchlari oʻz bayonotida “Harbiy Kengash raisi Abdulfattoh Burhon bilan uning oʻrinbosari Hamdon Hamidatiy rahbarligidagi Bashir rejimi xavfsizlik qoʻmitasi hokimiyat tepasida qolayotgan ekan, bu narsa xalq bilan u orzu qilgan Sudan oʻrtasida toʻsiq boʻlib qolaveradi”, dedi. Shuningdek, bayonotda “Bu boshqaruvni armiya qoʻliga berishga hamda eski rejim va uning basharalarini saqlab qolishga asoslangan rejimdir”, deya qoʻshimcha qildi.

Sudan kasaba uyushmasi oʻz daʼvatini asosan toʻrt yoʻnalishda yangiladi: kengqamrovda fuqarolar isyonini tashkillashtirish, katta koʻchalar, koʻpriklar va kirishlarni barrikadalar bilan yopib qoʻyish, ishxonalar, inshootlar va barcha davlat va xususiy sektorlarda ochiq siyosiy ishtashlash uyushtirish, tinchlikka toʻla rioya qilish, inson huquqlari buzilmasligini taʼminlash.

Muxolafatning bu eʼloni Burhon eʼlonidan bir necha soat keyin yangradi. Burhon eʼlonida Harbiy Kengashning muzokaraga tayyorligini, yangi sahifa ochib, unda oʻtgan kunlar ichida qurbon boʻlganlarga taassuf bildirganini maʼlum qildi. Ayni eʼlondan bir kun oʻtib, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari bilan muzokaralar amaliyoti toʻxtatilganini hamda toʻqqiz oy ichida yurtda umumiy saylovlarni tartiblashtirish uchun muvaqqat hukumat tashkil qilinishini ham taʼkidladi.

Bundan oldin Sudan shifokorlar komissiyasi Kengashning bostirish kampaniyasida dushanba kundan beri kamida 108 nafar shaxs nobud boʻlganini, ulardan 40 nafarining jasadi Nil daryosi suvidan topilganini, 326 nafar shaxs jarohatlanganini bildirdi”.

Roya gazetasi sharhi:

Afsuski, oʻtish davri Harbiy Kengashidan ham, Ozodlik va Oʻzgarish kuchlaridan ham Sudan ahliga hech qanday yaxshilik kutilmaydi. Chunki ularning kurashi faqat hokimiyat kursisi uchun ekanligi, ikkala tomonda ham yurt ahli eʼtiqod qilgan islomiy aqidaga asoslangan birorta ham siyosiy mafkura yoʻqligi oydek maʼlumdir. Bundan tashqari, ular bizga yot boʻlgan va mustamlakachi kofir Gʻarb hazoratidan import qilib olingan kapitalistik tuzumga butunlay tiz choʻkishyapti. Holbuki, kapitalistik tuzum kapitalistlar va ularning fuqarolari ahvolini ham isloh etolmagan. Shunday boʻla turib, musulmon sudanliklar ahvolini qanday isloh eta olsin, ustiga-ustak, bu tuzumlari ham botil, ham buzuq boʻlsa?!

Bu aytilganlarga qoʻshimcha, oʻtish davri Harbiy Kengashi bilan Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari dinni boshqaruvdan, siyosatdan ajratishga, yana eski tuzumni oʻrnatishga zoʻr berib harakat qilib yotishibdi. Zotan, Sudan ahliga uzoq yillar azob-uqubatlar keltirgan mana shu eski tuzumdir. Ularning barcha istaklari regional, milliy va tobe davlat qurishdan boshqa narsa emas. Vaholanki, bunday davlat manfur xalqaro hujjatlarni va mustamlakachi kofir davlatlarning adolatsiz tashkilotlarini hurmat qilishga asoslangan davlatdir. Boshqacha ibora bilan aytganda, bular mustamlakachi davlatlarga qul boʻlishni va ularning buzuq kapitalistik tuzumlari olovida jizgʻinak boʻlishni oʻz ixtiyorlari bilan tanlashyapti. Nahotki, anglab yetishmasa, axir, buyuk Islom sof, pokiza, tuni kunidek oppoq-yorugʻ din-ku, undan holokatga uchragan kimsagina toyilib, zalolatdagi kimsagina yuz oʻgiradi-ku!? Bas, kim insof, adolatda yashashni va bu dunyo-yu oxirat baxtini istasa va shunga intilsa, buni u Islom mabdasidan izlab topadi, boshqa mabdadan hargiz topolmaydi. Chunki Islom tuzumi har bir narsani biluvchi va har narsadan xabardor Alloh tomonidan nozil qilingan boʻlib, bu tuzumni Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati barpo qiladi va tatbiq etadi. Bu davlat insonlarni Islom ahkomlari bilan boshqaruvchi gʻamxoʻr davlat hisoblanadi.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.