Falastin rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolariga nisbatan kengqamrovli qamoqqa olish kampaniyasini boshladi

521
0

Falastin rejimi Hizb ut-Tahrir aʼzolariga nisbatan kengqamrovli qamoqqa olish kampaniyasini boshladi

Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini matbuot boʻlimining maʼlum qilishicha, Falastin rejimi olib borayotgan qamoqqa olish kampaniyasida Hizb ut-Tahrir aʼzolari va ularning yaqinlaridan iborat qamoqqa olinganlar soni qirq nafardan ortdi. Bu kampaniya Hizb aʼzolari uylariga yarim tunda bostirib kirish bilan amalga oshirildi.

Kampaniya Qilqiliya, Nablus, Tulkarm, Janin, Ramalloh, Ariha, Qaryut, Talfit, Qabalon, Bayto, Aqrabo, Badyo, Azba Salmon, Azun, Habla, Boqai Sharqiya, Attil, Saylai Horisiya, Bayt Qoda, Davro, Tarqumiya, Sair, Sonur, Surif, Bayt Avlo va Batir kabi sohildagi turli hududlarda olib borildi.

Matbuot boʻlimiga koʻra, Falastin rejimi xavfsizlik xizmati Hizb aʼzolarining oʻndan ziyod xonadoniga tunda vahshiyona suratda bostirib kirgan, eshiklarni sindirib, uyda buzgʻunchilik qilib, bir nechta narsalarni musodara qilgan va xonadon ahlini qoʻrqitgan. Masalan, matbuot boʻlimi aʼzosi doktor Musʼab Abu Arqub va uning ikki ukasining eshiklarini sindirib yuborishgan.

Taʼkidlash lozimki, rejimning qamoqqa olish harakati jarayonida koʻplab Hizb aʼzolari va ularning yaqinlariga tan jarohati yetkazganini va qidirilayotgan yigitlarga garov sifatida baʼzi yaqinlarini hibsga olganini eʼtiborga olsak, uning bu harakati jinoyatchilar va mafiya harakatidan farq qilmaydi.

Bu qamoqqa olish kampaniyasi Falastinda Hizb tomonidan chiqarilgan bayonot juma namozidan soʻng tarqatilishi ortidan boshlandi. Varaqada rejimga hujum qilinib, uning Ramazon hayitida musulmonlarni boʻlish jinoyatini sodir etgani hamda muftiyning oʻzi chiqargan sobiq fatvosiga teskari eʼlon chiqarish bilan Islom bilan oʻynashgani fosh etilgan.

Roya gazetasining 2019 yil 12 iyun chorshanba kungi 238-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.