Libos – bu siyosat demakdir!

882
0

Libos – bu siyosat demakdir!

Mukarrama Qayumova – Markaziy Osiyo miqyosida oʻzining antiqa loihalari bilan tanilgan mohir dizayner Mukarrama Qayumova tojik xotin -qizlari libosi xususida oʻz fikrini bildirdi.

“Men uzoq yillar mobaynida ayollar uchun bezak liboslar borasida tadqiqot olib bordim, yuzlagan proyektlarimni ommaga havola qildim. Oldinlari men liboslarni shunchaki milliy qadriyat, maʼlum bir elatining madaniyat timsoli deb bilardim va shu gʻoya asosida oʻz faoliyatimga yondoshar edim. Biroq  soʻnggi yillarda mening libos xususidagi fikrlarim tubdan oʻzgardi. Men shunday xulosaga keldimki, libos bu nafaqat milliy qadriyat, balki libos – bu siyosat demakdir”,  “Boshga kiyiladigan doʻppi va bizning chakan koʻylagimiz qadimda tojik milliy ornamenti qatori baholanar edi. Hatto Shoʻro vaqtida majlislarda yuqori lavozimli rahbarlarimiz boshqa millatlardan oʻzining toʻrt burchli doʻppisi bilan ajralib turardi. Biroq oxirgi yillarga kelib, muqaddas milliy urf odatlarimizga ham putur yetdi, uning oʻrnini tojik millatiga mutlaqo yot boʻlgan libos tarzi urfiommga aylanib bormoqda. Biz bir tomondan millatimiz birligini saqlash xususida bong urganimiz bilan, boshqa tarafdan fuqarolar orasida xorij madaniyatiga, asosan arablarning kiyinish tarziga ragʻbat tobora kuchayib bormoqda. Bu juda achinarli hol”, deydi Mukarrama Qayumova.

Qayumovaning fikriga koʻra, Yevropada allaqachon odamlar hijobga burkangan qora libos ostida nimalar yashiringanini bilib olishgan.

“Evropa mamlakatlarida arab libosiga nisbatan salbiy koʻzqarash kuzatilmoqda. Odamlar qora hijobli ayollarni koʻrishsa xatardan ehtiyot boʻlib, chetlab oʻtishadi. Ming afsuslar bulsin, biz esa yot libos va begona madaniyatni quloch ochib, bilib-koʻrib turib bagʻrimizdan joy bermoqdamiz” – dedi dizayner Mukarrama Qayumova.

Izoh:

Oʻtgan yili tojik dizaynerlaridan biri oʻzining yalangʻoch va yarim yalangʻoch tavsiridagi rasmlari bilan koʻrgazma tashkil qilgan edi.

Tojik musulmonlar ijtimoy tarmoqlar orqali unga qarshi salbiy fikrlar bildirdi. Keyinchalik u rassom unga nisbatan tahdidlar qilishayotganini maʼlum qilgan edi.

Yaqinda Nargiza Saidova ham Paygʻambarimiz s.a.v. shaʼnlariga nisbatan haqoratli soʻzlar aytdi va bu narsa Musulmonlarning gʻazabini junbushga keltirdi. Keyin Nargiza Saidova – garchi noloyiq ish qilgan boʻlsa ham – ilmoniy hukumat tomonidan himoyaga olindi.

Behayo rassom, andishasiz Saidova va yuqoridagi “millat jonkuyari” boʻlgan “Qayumovalar” orqali kufr sistemasi bir hodisa yuzasidan bizning fikrimizni, reaktsiyamizni tekshirib koʻradi. Bizda zaiflik sezilsa, darhol targʻibot ishlarini kuchaytiradi, agar jasoratni kuzatsa, hadiksiraydi. Ammo fitnalarga ishonsak, ertaga bir hijobli ayol timsolida qoʻporuv amaliyoti sodir etib, Musulmonlarga, aynan hijobli ayollar  zimmasiga yuklashdan ham tap tortmaydi ular. Tabiiyki  kufr tarafdorlarini mablagʻi va qurolidan boshqa yordamchisi yuq.

 Musulmonning esa, har qanday qurol oldida shijoat bilan tura oladigan, haqni botildan bemalol, xech  ikkilanmasdan ajratib oladigan Aqidasi va Iymoni bordir.

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.