Nima maqsadda Ramazon oyining boshlanish va tugash kuni avvaldan belgilab qoʻyilmoqda?

725
0

Nima maqsadda Ramazon oyining boshlanish va tugash kuni avvaldan belgilab qoʻyilmoqda?

Rosululloh sollollohi alayhi vasallamning “oyni koʻrib (roʻza) tutinglar va oyni koʻrib ochinglar” degan hadisiga zid ravishda iyd ramazon kunini avvaldan belgilab qoʻyishni urfga aylantirib olishdan qanday maqsadlar koʻzlangan?

Bir necha yillardan buyon dunyodagi bir qator islomiy oʻlkalar, jumladan Oʻrta Osiyo davlatlarida ham ramazon oyining birinchi kuni va uning tugashi ortidan oʻqiladigan iydul fitr namozini avvaldan belgilab qoʻyilyapti. Bu kunlarning mutasaddilar tarafidan avvaldan belgilab qoʻyilishi, garchi ramazon yoki shavvol oylarining kirishi bilan mos kelib qolgan taqdirda ham, (osiylik, haddidan oshish) harom amallardan deb eʼtibor qilinadi!

Davlat organ va xavfsizlik xodimlari bu urfni muftiyot bilan birgalikda jamiyatga olib kirishga harakat olib borishyapti. Bu harakatlarni xato, nosharʼiy ekanini bilgan imom domlalar, ummat ichida “biz itoat qilganimiz uchun ajr olamiz, xato muftiyot tomondan sodir boʻlayotgan boʻlsa, ular javobgar boʻlishadi” degan yolgʻon va xato fatvo tarqatishayapti.

Men masalaning sharʼiy tomonini yoritmoqchi emasman, chunki oyni koʻz bilan koʻrish sharti va uni koʻrgan musulmonning dalolati biror makonga cheklangani haqida sharʼiy nass yoʻq! Muammo oyni koʻrgan musulmon oʻsha xabarni vaqtida olamga yetkiza olish imkoniyatiga egaligidadir. Yaʼni oy koʻringani haqidagi malumot biror diyorga yetib bormasa ular ramazonni 30 kun qilishga majbur boʻlishadi. Oyning butun dunyoda bir kunda chiqishi sharʼiy tomondan ham, ilmiy tomondan ham isbotlangan, yaʼni ixtilofli boʻlmagan aniq masaladir! Muammo masalaning siyosiy tomonida. Xoʻsh, musulmonlarni hayit namozidan toʻsishda kufr yetakchiligi uchun qanday manfaat bor?

Olamiy kufr boshqaruv sistemasi, oxirgi yillarda musulmonlarni ikki toifaga boʻlish maqsadida kuchli harakat olib boryapti. Bugungi kunga kelib, ular mavjud hukumatlar bilan diniy idora vakillari oʻrtasida uygʻunlik paydo qilishdi. Endi esa, bu uyushgan toʻda vositasida ummat ichida oʻz tarafdorlarini paydo qilish maqsadida jamiyatga kirib borish uchun amaliy qadam tashlay boshladi. Ramazon hayit namozini avvaldan belgilash va hatto u kun xato boʻlishiga qaramay, ummatni shunga majburlashga harakat qilishdan koʻzlangan maqsad kufrning “moʻʼtadil Islom” loihasining jamiyatga qanchalik taʼsir etib borayotganini aniqlashdir. Yaʼni, kufr bu bilan, xato ekanini bilsa ham, hokimiyat tarafida turgan musulmonlarning soni va toifalarini aniqlab olmoqchi boʻlyapti. Va shunday boʻldi ham. Ummat ikki fikrda bir biri bilan ixtilofga kelib, ayniqsa internet tarmoqlarida keskin tortishuvlar yuzaga keldi.

Bu yil “har bir mamlakat oʻzi oy koʻrib ramazonni oʻzi belgilaydi” degan yangi fatvo paydo boʻldi. Bu fikr oramizdagi kufr chizib bergan sunʼiy chegaralarni sharʼiy hukm jihatidan ham chegara deb tan olishni anglatadi. Bu juda xavfli fikriy yoʻnalish boʻlib, bir mamlakatdagi musulmon boshqa yurtdagi musulmonlar ustida sodir etilayotgan zulmlardan qaygʻurmaydigan, javobgarlikni his etmaydigan milliylik va mahalliychilik tuygʻularini paydo qiladi. Bu fikr Islom va musulmonlarni kufr manfaatidan iborat boʻlgan mahalliychilik, milliylik, vatanparvarlik bayrogʻi ostida jamlanishga jalb qiladi. Natijada Musulmonlar, olamiy hatto mahalliy zulmlarga “davlat yoki muftiyot javob beradi, biz faqat ularga itoat qilishdan javobgarmiz” degan nuqtadan turib, befarqlik pozitsiyasini egallashadi! Bu siyosiy nayrang ortidan “din davlatdan ajratilgan” degan demokratik kufr aqidasi musulmon olami ichida musulmonlar ogʻizlari bilan islomiy talqinlar ostida oʻz tasdigʻini topadi! Ogoh boʻlaylik! Ayniqsa daʼvat yukini zimmamizga olgan birodarlar, moʻʼtadillikka chaqirish oxirgi yillarda kufr tomonidan sodir etilayotgan jiddiy fikriy kurashga aylandi, befarq boʻlmaylik!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.