“Erkin” demokratiya: AQSh vizasi

612
0

“Erkin” demokratiya: AQSh vizasi

 AQSh axborot vositalari xabar qilishicha, endilikda AQShga viza olmoqchi boʻlsangiz ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingiz haqida maʼlumot berishga majbursiz.

 Yangi kiritilgan qoidalarga muvofiq, Amerika vizasiga ariza bergan odamlar oxirgi besh yilda foydalangan telefon raqamlari, elektron pochtalari, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha akkauntlari haqida maʼlumot taqdim etishlari kerak. Bu talablar bajarilmasa viza olish mumkin emas. Shuningdek odamlar ulardan foydalanmayman desa yoki ularni oʻzgartirib aytsa  u holda buning oqibatlari qattiq boʻladi. Bunga qoʻshimcha, bu maʼlumotlardan tashqari viza olishga ariza bergan shaxs oila aʼzolarining terrorchi harakatlarga aloqasi bormi degan savolga javob berishi kerak.

 AQSh hukumati ushbu qoidalar joriy qilinishiga odatdagidek “terrorizmni” bahona qilmoqda. Aslida AQSh, qolaversa barcha kapitalistik davlatlarning maqsadi – xalq ustidan “qatʼiy nazorat” oʻrnatish, yaʼni har bir fuqaro “kishanlangan” ahvolda boʻlishi zarur, aqli ham, fikrlari ham “kishanlanishi” kerak.

 Tabiiy savol paydo boʻladi: AQSh ertadan kechgacha toʻxtovsiz sayrayotgan “erkinliklarni kafolatlash”, “inson huquqlarini himoya qilish” hayollari qayoqda qoldi?

 Horun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.