بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Arab davlatlari Ligasi mustamlakachilar qoʻlidagi yaroqsiz holga kelgan qoʻgʻirchoqdir
Ustoz Muhammadnosir Shuvayxa
Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʻlimi raisi
Arab davlatlari ligasini tashkil etish toʻgʻrisidagi fikr mustamlakachilik fikrlari ichidagi eng nopok va eng xatarlisi boʻlgan. Bu liga oʻtgan asrning qirqinchi yillari Britaniya Tashqi ishlar vaziri Entoni Iden tomonidan tashkil qilindi. Keyin Xalifalikning qayta barpo boʻlishini oldindan bartaraf qilish maqsadida mustamlakachi yasagan zaif davlatchalarga diqqat-eʼtiborda boʻlish uchun Ligaga Amerika nufuzi yorib kirdi. Shu bois, bu tashkilot mustamlakachi nima talab qoʻysa bajaradigan qoʻgʻirchoqdan boshqa narsa boʻlmadi. Tashkil etilganidan beri chiqargan barcha qarorlari Falastindan voz kechish va yahudiylar manfaatiga xizmat qilish boʻldi. Iroqni vayron qilishni oqladi… Qonxoʻr Bashar Asadga oddiy fuqaroni koʻproq qirgʻin qilishi uchun muhlat ketidan muhlat berdi… Misr firʼavni qirgʻiniga koʻz yumib turdi… Fors Koʻrfazi davlatlarining yahud vujudi bilan munosabatlarini normallashtirish uchun yelib yugurayotganiga esa, bu Liga koʻzini yumib, qulogʻini berkitib oldi.
Tunisda 2019 yil 31 mart kuni boʻlib oʻtgan Arab davlatlari Ligasining navbatdagi oʻttizinchi sammiti ham xiyonatda sobiq sammitlardan qolishmadi. Falastin masalasi va uning moliyaviy krizisi, Suriya krizisi, Liviya va Yamandagi vaziyat, Eronning arab davlatlari ishlariga aralashayotgani… kabi yana oʻsha siyqasi chiqqan eski kun tartibi boʻyicha gap sotishdi. Sammitning yakuniy “qaror”larini umumiy dabdabali shiorlarga, mazmunsiz jarangdor sarlavhalarga oʻxshatish mumkin:
Arab davlatlari hukmdorlari Falastin masalasini bizning diqqat markazimizda, degan narsani daʼvo qilib kelishgan va bu safargi sammitda ham yana oʻsha eski yolgʻonlarini tark etishmadi. Masalan: “Falastin masalasi asosiy diqqat markazda boʻlishi” hamda “Falastin davlati poytaxti boʻlmish Sharqiy Quddusning arabiy oʻzligi” kabi yolgʻon daʼvolar. Bosib olingan Falastin yeri toʻlaligicha qaytarib olinishi shart, degan narsa endi ularning nazdida arzimas ikkilamchi masalaga aylanib qoldi. Hatto ular Falastin masalasini qochqinlar va ularning vatanga qaytishi muammosi kabi insonparvarlik masalasi, deb biladigan boʻlib qolishdi. Shuningdek, bu masala yahud vujudi muzlatib qoʻyib, falastinliklarga yetib kelishiga toʻsqinlik qilayotgan mablagʻlar masalasiga aylandi. Bu zaminni bosib olingani va yahudiylashtirilayotgani esa, eskirib-unutilgan masala boʻlib qoldi. Bu arab davlatlari hukmdorlari oʻz armiyalarini Falastinga yoʻllab, uni ozod qilish, yahud vujudini ildizi bilan qoʻporib yoʻq qilish oʻrniga, u bilan munosabatlarni normallashtirish borasida bir-birlari bilan musobaqalashmoqda. Misol uchun, birgina 2018 yilning oʻzida Qatar poytaxti Davhada, Abu Dabida va Marokash poytaxti Rabotda yahudiylarning davlat gimni yangradi… Ummon sultonligi hukmdori yahud vujudi bosh vaziri Netanьyaxuni tantanali ravishda kutib oldi.
Amerikaning Joʻlon tepaligini yahudiylarga berish qaroriga nisbatan Arab davlatlari Ligasi “AQShning Joʻlonni “Isroil” nazoratiga oʻtkazish qaroriga norozimiz”, deya chiqargan qarorlariga kelsak, bu shunchaki til uchida aytib qoʻyilgan gap, xolos. Gap shundaki, bu Liga 2018 yil 15 aprelda oʻtkazgan sammitida ham aksar hukmdorlar AQShning oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirish qaroriga nisbatan norozilik izhor qilishgan edi. Biroq 2019 yil 13-14 kunlari Varshavada boʻlib oʻtgan sammitda Amerika chaqirigʻiga kimoʻzarga labbay deyishdi. Bu Amerikaning Yaqin Sharqdagi Eron xavfiga qarshi kurashish, degan yolgʻon chaqirigʻi edi. Ayni sammitda Arab davlatlari hukmdorlari Binьyamin Netanьyaxu bilan bir stolda oʻtirishdi.
Sammit qarorlaridan birida “Eronning Arab davlatlari ishlariga aralashishiga rozi boʻlmaslik hamda Eronning mintaqadagi xavfsizlikni izdan chiqarish va mazhabparastlik, toifachilik nizosi keltirib chiqarishga qaratilgan dushmanona harakatlarini qoralash” aytilgan. Ammo Amerika, Yevropa va Rossiyaning barcha yurtlarga jinoyatkorona aralashishlariga esa, bu hukmdorlar indamaslar olami kabi sukut saqlashyapti. Hatto biz ularning zohirda “ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash”, deyilgan, aslida Islom Ummatiga qarshi kurashish va Ummatning Islom davlatini qayta barpo etishini oldindan bartaraf qilishga urinish boʻlgan Amerika rejasiga ochiqdan-ochiq qoʻshilishganiga guvoh boʻlyapmiz. Bu hukmdorlar ayni nuqtai nazardan, ayrim musulmon jamoalarning islomiy qiyofalarini buzib koʻrsatish bilan Amerikaga qayta-qayta yordamlarini ayashmayapti.
Hukmdorlar “terrorizm va zoʻravonlik, inson huquqlari buzilishi, jumladan, Mьyanmadagi rohinga musulmonlariga nisbatan inson huquqlarini buzilishi”ni goʻyo qoralayotgan qilib koʻrsatishdi oʻzlarini. Aslida esa, Mьyanmada ayollar, goʻdaklar va qariyalar faryod qilib, qirgʻindan qutqarishlarini soʻrayotgan bir paytda, bu hukmdorlar qoralash bilan kifoyalanishyapti, musulmon armiyalarni kazarmalarda mahkam ushlab, Mьyanmadagi jinoyatlarni toʻxtatish uchun bir dona ham oʻq otilishiga yoʻl qoʻyishmayapti. Biroq Amerika buyurganda esa, bu armiyalar samolyotlari havoga koʻtarilib, Yamandagi musulmonlar boshiga bomba yogʻdirmoqda. Sammitda hukmdorlar Sharqiy Turkistondagi musulmonlarning kofir Xitoy qoʻlida azob-uqubatlar chekayotganlari haqida lom-mim deyishmadi, goʻyo bu ish ularga aloqasizdek.
Qisqasi, Arab davlatlari hukmdorlari uchrashuvi xuddi boʻlmagandek, hatto undan ham yomon oʻtdi. Chunki ular musulmonlarning barcha masalalarini mustamlakachi kofir qoʻliga topshirib qoʻyishdi… Kofir bu masalalarni istagan tomoniga tortaveradi, arab hukmdorlari esa, faqat unga quloq solib, itoat qilishda, mustamlakachi davlatlar qabul qilgan qarorlarni soʻzsiz ijro etishda davom etishadi.
Arab davlatlari Ligasining Tunis uchrashuvi mustamlakachi kofir Xalifalik davlatini agʻdargandan soʻng zoʻrlab oʻrnatib qoʻygan rejimlar hamon hukm yuritayotganidan darak beradi. Zero, bu uchrashuvda hokimiyatdagi basharalar toʻplangan boʻlib, navbatdagi yigʻin boʻlgani uchun hamda Ummat qoʻzgʻolonining muvaffaqiyatsizligini isbotlash maqsadida toʻplanishdi. Shu jihatdan, bu sammit arab davlatlarining rasmiy rejimlarini yasagan mustamlakachi kofir uchun muhimdir. Chunki bu rasmiy rejimlar Ummat qoʻzgʻolonini tarqatib yuborishni istaydi, bu qoʻzgʻolon ayrim arab davlatlari muammosi, xolos, uni arab davlatlari oʻzaro muvofiqlashgan holda hal qilmoqlari va yoʻnalishini toʻgʻrilamoqlari lozim, deb biladi.
Biroq buning muqobilichi?!
Buning muqobili oʻlaroq, musulmon xalqlar arab davlatlarining zaif zararkunanda davlatlar ekanini, u yerdagi hukmdorlar bu ishning egasi emasliklarini, aksincha, musulmonlar uchun ular mustamlakachilardan ham xavfli dushmanlar ekanini anglamoqdalar. Shuning uchun 2011 yildan boshlab, bu hukmdorlarga qarshi qoʻzgʻaldilar. Qoʻzgʻolon birinchi Tunisdan boshlab alanga oldi va boshqa arab davlatlariga tutashdi. U hamon davom etmoqda. Bu qoʻzgʻolonni dushman har qancha burib adashtirishga urinmasin, yashirincha emas, hatto ochiq-oshkor unga qarshi til biriktirmasin davom etmoqda. Mana, bugun Sudan va Jazoirda boʻlib, koʻp sonli musulmon xalqlar rejimni ildizi bilan yoʻq boʻlishini talab qilmoqdalar va alьternativ tuzumga, xolis ongli yetakchilikka intilmoqdalar. Shubhasiz, birdan-bir alьternativ Islom tuzumidir. Chunki islomiy va arabiy yurtlardagi bu xalqlar qalbiga aqida sifatida Islom joylashgan. Ushbu islomiy yurtda qoʻzgʻalgan xalq Islomning tatbiq etilishiga intiqdir. Yurt maydonida Hizb ut-Tahrirdan boshqa oʻzida ham xolislikni, ham ongni jamlagan yetakchilik qolmadi. Faqat Hizb bu yurtda faoliyat olib borib, qoʻzgʻolonga yoʻl koʻrsatishga, uning toʻgʻri yoʻliga, yaʼni, mustamlakachining rejimlariyu malaylarini agʻdarish orqali Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish tomon yoʻllamoqda.
Qilish kerak boʻlgan nima qoldi?!
Xolis qudrat va yordam ahlining rejimni agʻdarish uchun qoʻzgʻalgan musulmon xalq bilan jipslashishi qoldi, xolos. Ushbu qudrat ahlining yurt va fuqaroni mustamlakachiga sotgan hukmdorlarga itoat qilishni bas qilib, ongli va xolis Hizb ut-Tahrirga nusrat berishi qoldi, xolos. Qachon u Hizb va Ummat safiga oʻtsagina mustamlakadan qutulish mumkin. Keyin Rosululloh ﷺ bashorat qilganlaridek, Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi.
Roya gazetasi saytidan olindi