بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Oʻzgarish sarob boʻlib chiqmasin
Ustoz Abdurrahmon Omiriy
Islomiy yurtlarda xususan, Liviya, Jazoir va Sudanda kofir Gʻarbga tobe rejimlarga qarshi Ummat noroziligi va gʻazabini ifodalagan hodisalar qaynoq tus olmoqda. Buning ortidan, mustamlakachi davlatlar makkorlik va nopoklik bilan aralashib, oʻz malaylari orqali xalq gʻazabini jilovlab olishga urinishyapti.
Liviyada ikki tomon oʻrtasidagi kurashning birinchi tomonida Amerika oʻzining malayi Haftar va Sisiy orqali kurash olib boryapti. Bir necha kun avval Haftar ishlarni belgilab olish va raqibiga qarshi qanday kurashishni aniqlash maqsadida Sisiyni ziyorat qildi. Shuningdek, yaqinda boʻlib oʻtgan Afrika sammitida Haftarni qoʻllab-quvvatlovchi bayonotlar yangradi. Ikkinchi tomonda Yevropa xususan, Britaniya tarafidan qoʻllab-quvvatlanuvchi Milliy Vifoq kuchlari kurash olib boryapti. Britaniya hujumlarni toʻxtatish va siyosiy yechimga erishishga oid qaror chiqarilishi uchun harakat qilyapti.
Sudan masalasiga kelsak, u yerdagi kurash ham shunga oʻxshash koʻrinishga ega. Oʻtish davri Harbiy Kengashi hokimiyatdagi taʼsir kuchiga ega boʻlmagan baʼzi mansablarga oʻziga qarashli yangi basharalarni olib kelyapti. Ammo bir vaqtning oʻzida, u ishning boshida xalq tomonidan olqishlandi, yaʼni, Bashir, Ibn Afv, Qush va boshqa eski guruhni ishdan boʻshatish va Abdulfattoh Burhon singari yangi basharaga almashtirish bilan olqishlandi… Koʻchalarda hamon toʻxtamayotgan xalq bosimlari oqibatida, nihoyat, ham harbiylardan, ham fuqarolardan iborat kengash tuziladigan boʻldi. Partiyalar bosimi haqida aytadigan boʻlsak, masalan, u yerdagi Ixvonul Muslimin jamoasi Kengashni barcha siyosiy vujudlar bilan kelishishga daʼvat qilyapti. (Al-Jaziri kanali). Ozodlik va Oʻzgarish kuchlari Harbiy Kengashning siyosiy qoʻmitasini qoʻzgʻolonning oʻz gʻoyasiga yetishishiga toʻsqinlik qilishda aybladi. (Al-Jaziri kanali). Bu siyosiy vujudlarga turtki boʻlayotgan kurashning ikkinchi tomonida Britaniya turibdi. U bosim qilish orqali Amerikani maydondan chetlatish ilinjida yuribdi. Agar qoʻlidan kelmasa, hech boʻlmaganda, hokimiyatdagi mansablardan birortasida sheriklik qilmoqchi. Shunday qilib, Sisiy va uning razvedka xizmati raisi Sudan razvedka xizmati bilan uchrashdi. (Arabiyya hadas). Shuningdek, Sisiy Misrning Sudanga toʻla shaklda qoʻllab-quvvatlashga doim tayyorligi toʻgʻrisida bayonot berdi. (Arabiyya hadas). Ayni paytda Saudiya ham Sudanga yordam koʻrsatmoqda.
Jazoir masalasiga kelsak, u yerda kurash shiddat bilan davom etmoqda, biroq bu safar Britaniya bilan Frantsiya oʻrtasida. Lekin kurash shiddati Liviya va Sudandagichalik emas. Xususan, armiya ichkarisida odamlariga ega boʻlgan Frantsiya, yurtda yuzaga kelgan zaiflikdan foydalanib, koʻchani va armiyadagi baʼzi qoʻmondonlarni Angliya nufuziga qarshi harakatlantiryapti. Zero, Angliya Buteflika prezidentligi mobaynida uning qoʻli bilan armiyadagi Frantsiya nufuziga xizmat qiluvchi qoʻmondonlarni chetlatishga muvaffaq boʻlgan edi. Shuning uchun Frantsiya armiyada qolgan-qutgan malaylari orqali hamda axborot va boshqa maʼmuriy hayʼatlar, Madaniyat uchun Miting partiyasi bilan Ozodlik harakati partiyasi kabi oʻziga tobe baʼzi partiyalar yordamida hokimiyatdan biror nasibaga ega boʻlish uchun taʼsir oʻtkazishga, bosim qilishga urinyapti.
Amerika Liviyada malayi Haftarni kuchaytirib, uni hokimiyatga chiqib olishi uchun qoʻllab-quvvatlayapti. Bunday holat ilgari kuzatilmagan edi. Amerika bunda Jazoirdagi siyosiy boʻshliqdan foydalanib qolyapti. Chunki Jazoir shu paytgacha Sarrojni qoʻllab-quvvatlab kelgan edi.
Ha, Gʻarb davlatlarining Islomiy yurtlar ustidagi kurashi qizgʻin shaklda davom etmoqda. Har bir davlat hokimiyatni egallashga urinyapti. Buni shartnomalar imzolash, siyosiy makrlar uyushtirib, basharalarni almashtirish, qonunlarga oʻzgartish kiritish orqali amalga oshirmoqchi boʻlyapti. Shuningdek, rejim mulozimlarini hibsga olib, qamoqqa tashlab, sud qilib, soʻng ularni oqlash kabi sahna oʻyinlari orqali bajarmoqchi. Xuddi Misrda xalq gʻazabini tinchitib olish uchun Husni Muborak va uning gumashtalarini shunday qilgani kabi. Yoki xuddi Misrda boʻlgani kabi ayni davlatlar razvedkalari orqali zoʻravonlik amaliyotlarini uyushtirish va shu orqali qoʻzgʻolonlarni bostirib, olovini oʻchirib olish yoʻli bilan amalga oshirishga urinishyapti. Biroq bu uslub doʻppi tor kelib, siyosiy saʼy-harakatlar samara bermay qolganda qoʻllandi. Darhaqiqat, Sudan Harbiy Kengashi raisi oʻrinbosari Hamidatiy Kengashimiz yurtdagi anarxiyaga aslo rozi boʻlmaydi va uning burchi yurtni xavfsizlik qirgʻogʻiga eson-omon olib chiqishdir, dedi. (Al-Jazira kanali).
Shuning uchun Ummat ishlarni yaxshilab tadabbur qilib, xavfsizlik qirgʻogʻiga eson-omon yetib olish va saraton dardini qayta qoʻzgʻalmaslik uchun oʻzgarish amaliyotining sharʼiy va amaliy yoʻliga diqqat qaratmogʻi lozim. Qoʻzgʻolonlar oʻgʻirlanmasligi uchun Ummat maʼlum bir ishlarni qilishi kerak albatta. Ammo unga qadar biz eski rejim qaytib kelmasligini taʼminlaydigan qanday ishlar mavjud, degan savolni oʻrtaga tashlaymiz. Buning javobi quyidagilardan iborat:
1 – Qoʻyiladigan talab rejimni basharalari-yu dasturlari doxil butun vujudi bilan birga ketishiga qaratilmogʻi lozim. Yaʼni, ilonni dumini emas, kallasi olinishini talab qilish kerak. Chunki dumi kesilsa, qayta oʻsib chiqadi, kallasi uzilganda esa, oʻzi ham oʻladi. Norozilik namoyishlari rejimni yoʻq qilolmaydi. Lekin bu namoyishlar vaʼyi omdan kelib chiqqan raʼyi omni paydo qilishi mumkin. Buning uchun esa, Islom shunchaki shiori emas, balki aqida va tuzumi boʻlgan haqiqiy uygʻonish loyihasini koʻtarib chiqayotgan ongli yetakchilikka ergashmogʻi lozim boʻladi. Namoyishlarda mana shunday ongning paydo boʻlishigina voqelikni oʻzgartira olmaydi. Chunki malay rejimlar voqelikni oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaydi, bor kuchi bilan va turli xavfsizlik kuchlari yordamida qarshi turadi. Zero, bu xavfsizlik kuchlari oʻzgarishning asosiy tamal toshidir. Shuning uchun vaʼyi omdan balqib chiqqan raʼyi omni paydo qilishga qoʻshimcha, kuch-quvvat ahlini Islomning fikrlari va dasturu loyihalariga ongli ravishda ishontirish lozim, mol va mansablar bilan sotib olmaslik kerak. Ana shunda bu narsa bizni Rosululloh ﷺ qilgan oʻzgarishga olib boradi. Buning uchun quyidagi uch holat mavjud boʻlishi kerak:
a) Islom ahkomlarini ongli ravishda tushunuvchi uyushma boʻlishi kerak;
b) Bu uyushma ayni raʼyi omga yetib borish uchun xalq va hukmdorlar bilan fikriy va siyosiy kurashga kirishishi kerak;
v) Armiya va politsiyadan iborat boʻlgan hamda ayni buyuk mafkura xavfsizligini taʼminlaydigan kuch-qudrat va nusrat ahli orqali hokimiyatni olish.
2 – Oʻzgarish ishini olib borayotganlar nuqtai nazarlari shunga qaratilmogʻi lozimki, masala Islomni yer yuzini boshqarishi masalasidir, oziq-ovqat va yaxshi yashash masalasi emas. Garchi Islom boshqaruvga kelganda bu narsalarni taʼminlab bersa ham. Alloh Taolo bunday dedi:
وَأَلَّوِ اسْتَقَامُوا عَلَى الطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَاهُم مَّاء غَدَقاً
“Agar ular (Toʻgʻri) yoʻlda ustuvor turganlarida edi, albatta Biz ularni imtihon qilish uchun moʻl yomgʻir bilan sugʻorgan boʻlur edik (yaʼni ularga moʻl-koʻl farovon hayot bergan boʻlur edik)” [Jin 16]
Shuningdek, masala vakolatli mohir texnokratik hukumat¹ ham emas, fuqarolik hukumati ham emas, Allohning gʻazabiga loyiq kapitalizm bilan hukm yurituvchi oʻtish davri Kengashi ham emas. Yoʻq, masala Allohning boshqaruvi va Allohga qullik qilish masalasidir:
وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَالْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ
“Men jin va insni faqat Oʻzimga qullik qilishlari uchungina yaratdim” [Zariyot 56]
Rosululloh ﷺ bunday dedilar:
“مَوْتٌ فِي طَاعَةِ اللهِ خَيْرٌ مِنْ حَيَاةٍ فِي مَعْصِيَةِ اللهِ”
“Allohga itoat qilgan holda oʻlim topmoq, Allohga osiy boʻlib yashamoqdan afzaldir”. Demak, Alloh shariatini toʻla hukmron qilish bilan ikki dunyo azizligi va kuch qudratiga erishiladi.
Agar Ummat bugun mintaqada alanga olgan voqea-hodisalarni va qonli kurashni ongli ravishda tushunib, ularni buyuk Islom shariati asosida hal etmasa, bu gʻoyat dahshatli va ayanchli yovuzlikdan darak bermoqda. Ummat mustamlakachi kofir va uning yuvindixoʻr rejimlariga xizmat qilish uchun ayni olovning yoqilgʻisiga aylanishi mumkin. Biz bu yerda har doimgi, tabiiy savolni oʻrtaga tashlaymiz: Oʻzgarish haqiqiy boʻlishini va soxta boʻlmasligini kafolati bormi? Har qanday jilovlash va makrdan omon qoladigan tub oʻzgarishga qanday erishamiz? Hech shubha yoʻqki, bunga faqat bir yoʻl bilan, yaʼni, qachon maqtovga loyiq ravishda Allohga qaytsakkina erishamiz. Buning uchun roshid Xalifalik davlati, deb atalmish ulugʻ qudratli bir davlatni barpo etib, uning soyasida Islomni toʻla tatbiq qilishimiz lozim. Zotan, ufqda ushbu davlat tongi ota boshlayotgani koʻrindi, insha Alloh.
¹ Rivojlangan ilm-fan va uning mahoratiga asoslangan hukumat.
Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan