Minglab Falastin ahlining Aqso masjidiga namozga kelishi…

595
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Minglab Falastin ahlining Aqso masjidiga namozga kelishi ularning Islom va muqaddas zaminlariga qattiq haris ekanliklariga dalildir

Arab-48 sayti (hijriy 1440 yil 5 ramazon, milodiy 2019 yil 10 may juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyilgan (xabardagi baʼzi soʻzlar oʻzgartirilgan):

“Quddusdagi islomiy vaqflar mudiri shayx Azzob Xatibning maʼlum qilishicha, yahud vujudi oʻrnatgan toʻsiqlarga qaramay, bugun 180 ming falastinlik Aqso masjidida Ramazon oyining ilk jumasini ado qildi.

Yahud vujudi Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektori aholisidan 40 yoshdan kichik boʻlganlarni ushbu juma namoziga kelishga qoʻymadi”.

Roya gazetasi sharhi:

Bugun AQSh mutasaddiligi ostida va musulmon yurtlar hukmdorlari til biriktiruvi bilan Falastin masalasini tugatish uchun toʻqilgan fitnalar va oʻrtaga tashlangan takliflarning amalga oshishi yaqin qolgani aytilmoqda. Mana shunday bir paytda, yahudiylarning Aqsoga yetib kelish va u yerda namoz oʻqishga qarshi oʻrnatgan shuncha toʻsiqlariga qaramay, bu darajada katta sondagi musulmonning Aqsoga toʻplanganligi, pokiza Falastin zamini ahli yaxshilik maʼdaniga toʻlaligiga dalolat qilmoqda. Shuningdek, ularning Islom va muqaddas dargohlariga na qadar haris ekanliklarini koʻrsatmoqda.

Bu esa, nafsi ammorasiga quloq solib, Falastin zaminidan voz kechishni istayotgan har bir kimsaga yoʻllangan bir nomadir. Zero, ushbu muborak zamin ahli Falastinning biror qarichidan voz kechishga aslo rozi boʻlmaydi va Allohning izni ila, ulkan xarsang misoli turib, dushmanlar va ularga doʻst boʻlganlar til biriktiruvini parcha-parcha qiladi.

Roya gazetasining 2019 yil 15 may chorshanba kungi 234-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.