Liviyadagi soʻnggi voqealarga bir nazar

555
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Liviyadagi soʻnggi voqealarga bir nazar

Ustoz Ahmad Muhazzib

Tripolidagi siyosiy doira oʻtgan oy oʻrtasida, oʻzining Liviyadagi “Siyosiy yechim xaritasi”, deya daʼvo qilayotgan rejasi boʻyicha zudlik bilan “Milliy konferentsiya” oʻtkazishga harakat qilayotgan bir paytda, Haftar oʻz kuchlarini yurt gʻarbi (poytaxt Tripoli) tomon harakatga keltirdi. U Tripoliga Janubiy Sahro orqali chiqishini eʼlon qildi. Haftar tomoniga oʻtgan harbiy qismlardan biri Gʻaryon shahrida joylashgani sababli, ayni shahar Haftarning markaziy nuqtasiga aylangani maʼlum boʻldi. Poytaxtdan taxminan yuz kilometr uzoqlikda joylashgan Gʻaryon shahri Haftar nazoratiga oʻtgani toʻgʻrisida koʻplab xabarlar tarqaldi.

Shulardan kelib chiqib, yurtdagi voqea-hodisalarni quyidagicha qayd etib chiqish lozim:

–     Haftar audioyozuv orqali “Tripoli ozodligi amaliyoti”ni eʼlon qildi;

–     Prezidentlik Kengashi raisi Sarroj havo kuchlariga poytaxtga qarshi qilingan har qanday tahdidga qarshi kuch ishlatish toʻgʻrisida farmon berdi;

–     Sarroj Bosh shtab va harbiy obʼektlar qoʻmondonligiga tayyorgarlik darajasini kuchaytirish hamda fuqarolarga tahdid solgan har qanday tomonga qarshi kurashish koʻlamini oshirishga buyruq berdi.

–     Ichki ishlar vazirligi qattiq tartibdagi favqulodda holat eʼlon qildi va barcha xavfsizlik kuchlarini poytaxt xavfsizligiga tahdid tugʻdiruvchi har qanday kuchga qarshi turishga chaqirdi;

–     Misurata markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi barcha boʻlinmalarini Tripoli sari yoʻnalishga buyruq berdi;

–     Liviya gʻarbidagi eng yirik harbiy kuch joylashgan Misuratada ommaviy safarbarlik eʼlon qildi;

–     Tripoli Mudofaasi kuchlari poytaxt janubining 80 km.ida Haftar kuchlariga hujum qildi.

Payshanba kungi asosiy voqea-hodisalar mana shular.

Ertasiga quyidagi voqealar yuz berdi:

– Vifoq hukumatiga qarashli “Zoviya” kuchlari poytaxt gʻarbining 27 km.ida Haftarning bitta boʻlinmasi ustidan nazorat oʻrnatib, uning barcha askarlarini asirga oldi, qurol-yaroqlarini esa, oʻlja qildi;

–     Sarrojga qarashli havo kuchlari poytaxt janubidagi Hira rayonida Haftar kuchlarini bombardimon qildi;

–     Tripolidagi Haftar nazorati ostida boʻlgan aeroport qaytarib olindi;

Bir vaqtning oʻzida, xorijiy davlatlar ham harakatga keldi:

–     AQSh Tashqi ishlar vaziri chiqargan bayonotda “Biz Liviyada yuz berayotgan hodisalarni yaqindan kuzatib bormoqdamiz va BMT yetakchiligidagi harakatni qoʻllab-quvvatlaymiz”, dedi;

–     Britaniya Xalqaro Xavfsizlik kengashini Liviyadagi vaziyat oʻzgarishi masalasi boʻyicha favqulodda yigʻilishga chaqirdi;

–     Juma kuni Tripolida BMT Bosh kotibi “Liviyadagi yechim dialog orqali siyosiy yechim boʻlishi kerak”, dedi;

–     BMT Bosh kotibi: “Bunday sharoitda Milliy konferentsiya chaqirish juda qiyin”;

Yuz berayotgan voqealarni tushunish uchun Ammaus shahrida oʻtkaziladigan “Milliy konferentsiya”ga eʼtiborni qaratish lozim. Bu shahar Liviya, Tunis va Jazoir chegaralari toʻqnashgan nuqta boʻlib, uning yaqinida Jazoir armiyasi kuchlari joylashgan. Jazoir Liviyadagi vaziyatning Haftar nazoratiga oʻtishiga qarshi pozitsiya egallagan.

Maʼlumki, oʻtgan oyda Sarroj rasmiy chaqiriq orqali Haftar bilan uchrashish uchun Abu Dabiga bordi. Uchrashuvga oid hech qanday surat nashr qilinmasa-da, biroq Tripolidagi hokimiyatni boshqa guruhlarsiz boʻlishib olishga “ikki tomonlama kelishuv” boʻlgani xabar qilindi. Bu xabar turli yoʻnalishdagi boshqa guruhlarning qattiq gʻazabini qoʻzgʻadi. Ulardan biri – Haftar bilan Sarroj oʻrtasidagi ulush boʻlishib olish xuddi

لِلذَّكَرِ مِثْلُ حَظِّ الْأُنْثَيَيْنِ

“Bir oʻgʻil uchun ikki qiz ulushi”  [Niso 11]

qoidasi asosida boʻldi, dedi.

Gʻasson Salomaning joriy oyda Gʻadomis shahrida umumiy konferentsiya oʻtkazib, shu orqali oʻzaro kelishuv hujjatini imzolashga erishishi kutilayotgan edi. Biroq aftidan Amerika va uning mintaqadagi ittifoqchilarini ularning kelishuvi rozi qilmagan koʻrinadi. Shuning uchun ham Haftarning mana bu hamlasi kelib chiqdi. Haftar bu ishga Jazoir oʻzining ichki ishlari bilan ovoraligi, shu bois chegara ortidagi ishga aralashishdan ojizligidan foydalanib qoʻl urdi. Yoki Frantsiya  bu ish sizlarga hech qanday xavf-xatar tugʻdirmaydi, deya jazoirliklarni tinchlantirgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, bu hujum BMT missiyasiga moyillikdan kelib chiqib qilindi. Maqsad, Amerika va uning malayi Haftarning Tripoliga tahdid qilishi uchun vaqt va imkoniyat berish, binobarin, umumiy konferentsiyaning Haftar hujumlari ostida oʻtib, uning natijalari Amerika istagandek boʻlishi.

Amerika goʻyo siyosiy yechimga erishmoqchi boʻlayotgandek yolgʻon siyosat olib boryapti. Aslida esa, u Haftarni poytaxt Tripoli ostonasiga undadi va shuning uchun ham “Sarroj hukumatida kuchli boʻlgan” Ichki ishlar vaziri oʻz bayonotida BMT missiyasini Haftar bilan til biriktirganlikda, arab davlatlarini Haftarning ayni amaliyotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, “biz xalqaro hamjamiyatga ishonmaymiz, endi oʻz-oʻzimizga tayanamiz”, dedi.

Bu shunga ochiq dalolat qiladiki, Amerika va Yevropa qoldiqlari oʻrtasida kechayotgan yurtimizdagi kurash, endi yashirin emas yaqqol ochiq kurashga aylandi. Bu Sarroj bayonotlaridan hamda harbiy qismlarga Haftar amaliyotiga qarshi turish kerakligi toʻgʻrisida bergan buyruqlaridan koʻrinib turibdi. Zero, asirga tushish, oʻldirilish va oʻljaga aylanish kabi Haftar jangarilari koʻrgan ulkan ziyon Sarroj bergan mana shu kechagi buyruqlar natijalaridan biridir.

Bu hoʻlu quruqni barobar yoquvchi dahshatli urushga uchqun boʻlishi mumkin. Oʻz-oʻzidan bu Amerikaning buyrugʻi, chunki u yurtimizni vayronaga tiqishga harakat qilyapti. Buni tushunib olish uchun ortiqcha oʻylanishga hojat yoʻq. Chunki bu arab davlatlarida, xususan, qoʻzgʻolon kechayotgan yurtlarimizda his etilib, guvoh boʻlinayotgan holdir.

Shuning uchun BMT missiyasini yurtdan quvib solish, ishlarimizga burnini suqishiga yoʻl qoʻymaslik, yirik davlatlar elchixonalari topshiriqlariga rozi boʻlmaslik va bularning barchasidan uzoqda turish hamda kofirlarning yurtimizdagi kishanlaridan ozod boʻlishimiz va Allohning quyidagi hukmiga amal qilishimiz uchun yagona yoʻldir:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَوَلَّوْا قَوْمًا غَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا مِنَ الْآخِرَةِ كَمَا يَئِسَ الْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَابِ الْقُبُورِ

“Ey moʻminlar, Allohning gʻazabiga duchor boʻlgan qavm bilan doʻst boʻlmanglar! Xuddi barcha kofirlar qabr egalari (yaʼni, oʻliklarning qayta tirilishlari)dan noumid boʻlganlaridek ularning ham oxiratdan umidlari uzilgandir” [Mumtahina 13]

Mana shu nusrat yoʻlidir, moʻminlarga nusrat bermoq esa, Allohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.