Hizb ut-Tahrir Britaniya Shayxa Hasinaga qarshi ochiq norozilik bildirdi

566
0

Shayxa Hasina xalqqa zulm qilgani va mustamlakachilarga boʻyin egib, Islomga qarshi kurashayotgani uchun Hizb ut-Tahrir Britaniya unga qarshi ochiq norozilik bildirdi

Bugun peshin namozidan soʻng Londonning Uaytchepel rayonidagi Altab Ali parkida Hizb ut-Tahrir Britaniya Bangladesh bosh vazirasi Shayxa Hasinaga qarshi norozilik namoyishini oʻtkazdi. Shayxa Hasina 2019 yil 1 may chorshanba kunidan beri Britaniyada rasmiy safarda. Namoyishda Dilvar Miya va Mahbub Zamon nutq soʻzladi.

Soʻzga chiqqanlar Hasinaning nomi demokratik boʻlgan rejimi xalqqa zulm qilib, qonuniy huquqlarini talab qilib chiqqanlarni shafqatsizlarcha bostirayotgani haqida aytib oʻtdilar. Ularning gaplaridan maʼlum boʻlishicha, yaqinda talabalar namoyishlari ham shafqatsizlarcha bostirilgan. Notiqlar rejimning yurtga qarshi til biriktirgani hamda mustamlakachilarga, xususan Amerika va Hindistonga boʻyin egayotgani haqida ham bildirib oʻtdilar. Ular yana shuni taʼkidladilarki, Hasina Pilxanadagi xunrezliklarni mustamlakachilar talabi asosida amalga oshirgan. Shundan soʻng rejim mustamlakachi kuchlar hukmronligi mustahkamlanishiga yoʻl ochib berish uchun ochiq eshik siyosatini qoʻlladi. Bu bilan mustamlakachilar Bangladesh armiyasi, shu jumladan yurt siyosati va iqtisodi ustida oʻz hukmronliklarini oʻrnatib mustahkamlab oldi.

Hasina rejimi butun eʼtiborini Islom va musulmonlarga qarshi kurashga qaratmoqda. Bu rejim Shapla Chattarda ulamolarni qatl qildi, Hizb ut-Tahrirni hamda islomiy boshqaruvga (Xalifalikka)  daʼvat qilishni taqiqladi, Xalifalikni tiklash uchun faoliyat olib borayotgan siyosiy faollarni qamadi, rohinga musulmonlarini himoyasiz va yordamsiz qoldirdi.

Soʻzga chiqqan notiqlar rejim amalga oshirayotgan jirkanchli jinoyatlarga qarshi ochiq gapirish va Bangladeshda Xalifalikni tiklash uchun toʻxtovsiz harakat qilish xalqning vazifasi ekanini taʼkidladilar. Chunki faqat Islomgina yurtni mustamlaka changalidan ozod qilishga qodir. Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalikkina odamlarning ishlarini Islomga muvofiq tarzda boshqaradi va ularni dunyo-yu oxiratdagi baxtsizlikdan qutqaradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.