1-Raund tugadi: Sekundantlar bilan maslaxatlashuv

812
0

1-RAUND TUGADI: SEKUNDANTLAR BILAN MASLAXATLAShUV

4-aprel kuni amerikaparast Xalifa Haftar britaniyaparast Milliy kengash hukumatiga qarshi hujumlarini boshlaganidan beri Liviyadagi kesikin vaziyat oʻzgargani yoʻq. Hozir tomonlar bir-biridan ustun boʻla olmay turgan holatda. Bundan buyon rejalarni belgilab olish uchun oʻzaro jang qilayotgan guruh yetakchilari maslaxatlashish uchun safarga chiqishdi: britaniyaparast Milliy kengash hukumati rahbari Fayoz Sarroj Britaniyaga uchgan boʻlsa, amerikaparast Xalifa Haftar Misrga safar qildi.

Britaniya bosh vaziri Tereza Mey payshanba kuni Londonda Liviya Milliy kengash hukumati rahbari Fayoz Sarroj bilan uchrashuv oʻtkazib, Liviyadagi vaziyatni muhokama qildi. “Britaniya bosh vaziri maʼmuriyati Tvitterda: “Bugun Dauning-stritda bosh vazir Tereza Mey bilan bosh vazir Sarroj uchrashdi. Mey Liviyadagi majorodan xavotirda ekanligini izhor qildi va murosaga kelishga chaqirdi”, – deb bildirdi”. (TASS, 09.05.19).

Shu bilan bir vaqtda Xalifa Haftar Shimoliy Afrikadagi Amerikaning yana bir malayi Sisiy bilan uchrashdi. Misr prezidenti maʼmuriyatining xabar qilishicha, Misr prezidenti Sisiy va razvedka xizmati boshligʻi Abbos Komil general Haftar bilan uchrashdi. Uchrashuvda Sisiy Haftarni qoʻllab-quvatlashini maʼlum qildi, oʻz navbatida Haftar Misr qoʻllovini yuqori baholadi.

Shu tarzda Liviyada Amerika-Britaniya kurashi davom etib kelyapti, ularga malay Haftar bilan Sarroj oʻz xojalaridan maslahat olishga ulgurishmoqda. Bunday vaziyatni majoro yuzaga kelgan deyarli barcha musulmon mamlakatlarda kuzatish mumkin. Urushni uyushtirganlar – mustamlakachilar, azobini tortgan – musulmonlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.