Quddusni zahri qotil mablagʻlar emas, son-sanoqsiz qoʻshinlar qutqaradi

625
0

Quddusni zahri qotil mablagʻlar emas, son-sanoqsiz qoʻshinlar qutqaradi

“Najoh” axborot veb-sayti hijriy 1440 yil 12 shaʼbon, milodiy 2019 yil 18 aprel payshanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

Marokash podshohi, Quddus qoʻmitasi raisi Muhammad VI, Aqso masjidi ichkarisi va atrofidagi ayrim yerlarni taʼmirlash va tayyorlash uchun Marokash mamlakatining qoʻshgan hissasi sifatida, grant ajratdi.

Marokash Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi chiqargan matbuot bayonotida bunday deyiladi:

Bu grant podshohimizning Quddusi Sharifning manfaati uchun barcha sohada sarflayotgan tinimsiz qattiq saʼy-harakatlari doirasidagi ikromidir. Shuningdek, grant quddusliklarni qoʻllab-quvvatlash, ushbu shaharning tarixiy vaziyatini himoya qilib, madaniy merosi va diniy ramzini taʼkidlash hamda turli dinlar oʻrtasida birdamlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan.

Bayonotda aytilishicha, mazkur doirada Aqso masjidining koʻhna meʼmoriy aslligini saqlash uchun anʼanaviy usta meʼmorlar yuboriladi. Bu masala Iordaniyaning hoshimiy islomiy Vaqf idorasi bilan muvofiqlashgan holda olib borilmoqda”.

Roya gazetasi sharhi:

Birinchidan: Bu mablagʻ zahri qotil mablagʻ. Uning ortida nopok maqsadlar yotibdi. Zotan, Quddus mablagʻ yoki meʼmorlarga muhtoj emas. Quddus mujohid va xaloskorlarga muhtoj. Biroq islomiy yurtlardagi anavi hukmdorlar, bunday ishlarni xoinlik va malayliklari sababli hamda yahud vujudiga ashaddiy doʻst boʻlganliklari va oʻzgartirish shamollari natijasida oyoqlari likillab qolgan taxtlarini yoʻqotishdan qoʻrqishayotgani sababli amalga oshirishmoqda. Maqsadlari, shu orqali oʻzlariga nisbatan xalqlari tuygʻularini qoʻzgʻab, ularni aldashdan hamda mana shunday grantlar orqali oʻzlarini Falastin va Aqso masjidini qoʻllab-quvvatlovchilar qilib koʻrsatishdan, bir vaqtning oʻzida, yahud vujudini butunlay supurib tashlash va yovuzliklaridan toabad qutulishdan iborat haqiqiy yechimdan musulmonlar diqqat-eʼtiborini chalgʻitishdan iboratdir.

Marokash armiyasi zimmasida bunday malay rejimni agʻdarish va biz tomon takbiru tahlillar bilan hayqirgan xaloskorlar sifatida kelishib, yahud vujudini tag-tomiri bilan qoʻporib tashlash burchi turibdi. Ana shunda Ummatning qonayotgan yarasi malham topadi, Quddus ozodlik va shod-xurramlik nashidasini suradi. Bu esa Allohning faqat-faqat solih bandalari erisha oluvchi sharafdir.

Roya gazetasining 2019 yil 24 aprel chorshanba kungi 231-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.