Falastin rejimi basharasini oʻzgartirib oʻzini yangi shaklda namoyon qilmoqda

517
0

Falastin rejimi basharasini oʻzgartirib oʻzini yangi shaklda namoyon qilmoqda

“Maan” axborot agentligi veb-sayti hijriy 1440 yil 7 shaʼbon, milodiy 2019 yil 13 aprel shanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyilgan:

“Kecha shanba kuni Ramalloh shahridagi prezidentlik qarorgohida Fath harakati markaziy qoʻmitasi aʼzosi doktor Muhammad Shtayye bosh vazir boʻlgan yangi hukumat Falastin davlati rahbari Mahmud Abbos oldida qasamyod keltirdi”.

Roya gazetasi sharhi:

Barchaga oydek ravshanki, 1994 yildan beri birin-ketin kelayotgan Falastin davlati hukumati Falastin ahliga hech bir sohada yaxshilik keltirmadi. Masalan, siyosiy sohada: yahud vujudi hamon Falastin ahliga zulukdek yopishib olgan. Iqtisodiy sohada: adolatsiz soliqlar va zolim qonunlar sababli kambagʻallik, ishsizlik va yomon shart-sharoit ortgandan ortib bormoqda. Zero, ayni soliq va qonunlar rejimga oʻz gumashtalari bilan birga yurt boyligini talon-toroj qilishlariga qonuniy tus beradi. Sogʻliqni saqlash sohasida: Beparvolik va sansalorlik tufayli bu soha butunlay izdan chiqdi va bunga hukumat kasalxonalarini yaqqol dalil qilish mumkin. Taʼlim sohasida: bu soha inqiroz va halokatga yuz tutmoqda, bunga esa, Taʼlim vazirligining chetdan buzgʻunchi jamiyatlar va buzuq tadbirlarning kirib kelishi uchun darvozalarini lang ochib bergani sabab boʻldi. Infrastrukturaga kelsak, bu soha ham vayron boʻldi va bunga yurt boyligini oʻmarish, korruptsiya sabab boʻldi. Xullas, istagan sohangizni soʻrang, barchasida ahvol shu.

Hukumatlarning – shu jumladan, bu safargi hukumatning – oʻzgarishi jamoatchilik fikrini chalgʻitishga qaratilgan, xolos. Rejim shu orqali oʻzini yangi shaklda namoyon qilib, yahud vujudi bilan tinchilik oʻrnatishdek xoinona rejasini amalga oshirmoqchi. Yangi hukumat ahvoli ham oʻtgan oʻn yetti nafar hukumat ahvolidan farq qilmaydi. Xuddi ilon eskirgan terisini almashtirgani kabi, rejim ham hukumatlarini almashtirib turibdi. Demakki, bu rejimga aslo ishonch yoʻq. Asirlarni qutqarishda ham, asir Aqsoni ozod etishda ham, odamlarni ogʻir turmush tarzidan xalos etishda ham bu rejimga tayanib boʻlmaydi. Chunki bu narsalarning asosiy sababchisi uning oʻzi. Shuningdek, yahud vujudining zulmu zoʻravonligini tiyishda ham unga tayanilmaydi. Chunki uning oʻzi shu vujudni mudofaa qilib, u bilan hamkorlik qilib yotibdi.

Zulmu xorlikdan, yomon turmush tarzidan, asirlarga qoʻllanayotgan qiynoqlardan va Aqsoning toptalishidan xalos boʻlishning yoʻli bor. Bu yoʻl Ummatda gʻayrat uygʻotish hamda yahud vujudini tag-tugi bilan yoʻq qilish uchun Ummat armiyalarini jihodga safarbar etish yoʻlidir. Ana shunda sabab yoʻq qilinishi bilan or-nomuslar ham himoya qilinadi. Bundan boshqa yoʻl esa, vaqtni behuda ketkazish va gʻildirakni bir joyda aylantiraverishdan tashqari, hatto Falastindagi guruhlar oʻrtasida nizo olovini yoqadi… yolgʻon hokimiyatlar, hukumatlar, mansablar, soxta nomlar talashib, bir-biri bilan qirpichoq boʻladigan guruhlarga aylantiradi… boʻlinish va parchalanishlariga olib keladi.

Sharʼiy va amaliy yoʻl mana shu. Bu yoʻlning uzun yo qisqaligining, kimlargadir ogʻir, kimlargadir yengil tuyulishining farqi yoʻq, oʻzgartirish ishida faqat shu yoʻldan yuramiz.

Roya gazetasining 2019 yil 24 aprel chorshanba kungi 231-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.