ERON VA YaDROVIY ShARTNOMA
Eron prezidenti Xasan Ruhoni chorshanba kuni qilgan bayonotida: “Agar dunyodagi yetakchi davlatlar Eronning manfaatlarini Amerika sanktsiyalaridan himoya qilmasa, Eron uranni yuqori darajada qadar boyitish ishlarini qayta boshlaydi”, – dedi. Ruhoniy yana bunday dedi: “Eron yadroviy shartnomaning qolgan ishtirokchilari – Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy, Rossiya – Eronning neft va bank tarmogʻida qoʻllab-quvvatlashi boʻyicha vaʼdalarini bajarishlari uchun 60 kun bor”.
Eslatib oʻtamiz, 2015-yili Obama boshqaruvi davrida Eron bilan davlatlar guruhi (AQSh, Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Xitoy, Rosiya) oʻrtasida Eron yadroviy dasturi boʻyicha shartnoma tuzilgan. Shartnomaga muvofiq, Eronga qarshi kiritilgan saktsiyalarni bekor qilish hisobiga Eron oʻzining yadroviy dasturini cheklash majburiyatini olgan edi. Biroq, 2018-yilga kelib Tramp AQSh bu shartnomadan chiqishini va Eronga qarshi yangi sanktsiyalar qoʻllashini maʼlum qildi.
Mazkur shartnomani bekor boʻlishidan ikki taraf – Eron va Yevropa davlatlari zarar koʻra boshlashdi. Eronni sankitsiyalar ezayotgan boʻlsa, Yevropa davlatlarini 2015-yili bu shartnoma imzolanganidan keyin Erondagi har qanday loyihalarga milliardlab dollar sarmoya kiritishgan, endi boʻlsa bu sarmoyalarning huzurini emas, sariq chaqasini ham koʻrmayapti.
Voqealarni, xalqaro siyosatni kuzatayotgan odmalar uchun Eron Amerikaning mintaqadagi malay ekanligi sir emas. Biroq shunday savol tugʻiladi: Nima uchun AQSh Obama davrida bu yadroviy shartnomani tuzishga qattiq harakat qilib, Tramp davrida bu shartnomadan chiqib ketmoqda?
2011-yili arab oʻlkalarida Gʻarb uchun kutilmagan “Arab bahori” qoʻzgʻolanlari boshlandi. Amerika va bashqa mustamlakachi davlatlar Yaqin Sharq va Afrikadagi oʻz malaylarini (musulmon hokimlarni) va tuzumlarni (demokaritk tuzumni) himoya qilish harakatiga tushib qolishdi. 2008-yilgi olamiy moliyaviy inqirozdan xali oʻziga kelmagan, shuningdek, Iroq va Afgʻonistonda botqoqqa botgan Amerika Suriyada alanga olgan qoʻzgʻolonni bostirishga koʻzi yetmay, oʻz malay Eron xizmatlariga muxtoj boʻldi. Shu sababli Amerika qoʻli sanktsiyalar bilan kishanlangan Eronning erkin harakat qilishiga imkoniyat paydo qilish uchun yuqoridagi yadroviy bitimni oʻylab topib, Eronga qarshi sanktsiyalarni bekor qilishga oʻtdi. Eron esa Suriyadagi Amerika malay Bashar Asadni himoya qilib berdi.
Bugun esa vaziyat oʻzgardi, Bashar Asad rejimi qayta kuchga kirib, qulash qoʻrqinchi bartaraf boʻldi. Shuningdek, Turkiyada Erdogan oʻziga qarshi uyushtirilgan toʻntarishlarni bahona qilib raqiblarini qatagʻon qilish orqali hokimiyatini mustahkamlab oldi. Misrda Sisiy 2011-yilgi qoʻzgʻolonlar oqibatlarini bartaraf qilib oʻz hokimiyatini mustahkamladi. Saudiyada esa amerikaparast Salmon ibn Abdulaziz hokimiyatga keldi. Erdogan, Sisiy, Salmon bularning bari Amerikaning malaylaridir. Ular mintaqada Amerika xizmatlarini bajarish uchun doim shay turishadi. Shu sababli ayni vaqtda Amerika uchun Eronning xizmatiga ehtiyoj kamayib boradi, u Eronning mintaqadagi rolini qisqartirib cheklamoqda, boshqacha aytganda avvalgi ahvoliga qaytarmoqda. Amerikaning siyosati mana shunday, u vaziyatga qarab oʻz malaylarining “vakolatli huquqlarini”, rol va vazifalarini goh cheklab, gohida oshirib turadi. Hozir AQSh Erondan Yevropa, Rossiya, Xitoy taʼsirlarini butunlay yoʻqotib, Eronga yakka oʻzi xoʻjayin boʻlmoqchi. Eron yetakchilari esa “gapni katta gapirib” Amerikaning barcha talablariga boʻysunib bormoqda.
Abdulhaq