Konstitutsiya oddiy til bilan aytganda…

1170
0

Konstitutsiya oddiy til bilan aytganda…

 5-mayda Qirgʻizistonda konstitutsiya kuni nishonlanadi. Mazkur maqolada shu sanaga taalluqli masalalarni oddiy soʻz bilan tushuntirishga harakat qilinadi va bundan xulosa chiqarish sizlarning aqllaringizga xavola qilinadi.

 Har bir mafkura yashash uchun zarur boʻlgan barcha qonunlarni oʻzi ichiga oladi. Bu mafkura hayotda amalga oshishi uchun undan kelib chiqqan qonunlar hayotga tatbiq qilinishi shart. Shu qonunlar tatbiq qilinishining bir usuli bu – konstitutsiya tuzishdir. Aslida bu bir uslub boʻlib, uni tuzsa ham, tuzmasa ham boʻlaveradi. Agar konstitutsiya tuzish kerak boʻlsa, demak, unga bir mafkura aqidasi asos qilib olinadi, yaʼni bir aqidadan kelib chiqadi. Shuningdek, oʻz navbatida mazkur konstitutsiya boshqa qonunlar uchun asos boʻlib qoladi, yaʼni kodekslar va ular oʻz ichiga olgan qonunlar shu asosdan olinadi.

 Insoniyat tarixidagi ilk konstitutsiya 1887-yili tuzilgan AQSh konstitutsiyasi bshchlib, uning asosi – demokratik aqidadir. Demokratiya mafkurasi “xalq hokimiyati” niqobi ostida boʻlishiga qaramay, haqiqatda bu mafkurani amalda tatbiq qilinishi kapitalistlar hukmronligi orqali amalga oshadi. Shu sababli, AQShning bu konstitutsiyasi kapitalizmni hayotga tatbiq qilinishini bir usuli hisoblanadi. Buyuk Britaniya esa kapitalizmni konstitutsiyasiz ham tatbiq qilib keladi.

 Kapitalizmning “demokratiyani” dunyoga yoyishidagi tariqati – imperializmdir, yaʼni mustamlakachilikdir. Shuning uchun mustamlakachi davlatlar dunyo mamlakatlarini mustamlaka qilib olishgan. Shuningdek, ular mastamlaka talashishda oʻzaro raqobatlashib, bir-biri bilan kurash olib borishadi.

 Gʻarb mustamlakachilari Chor Rossiyasini holdan toydirish uchun 1917 yilgi fevral inqilobiga yordam berishdi. Bu podshoxlik tuzumini demokratik tuzumga almashtirish nomi ostida boʻldi. Aslida, bu kapitalizmni bir koʻrinishdan ikkinchi koʻrinishga oʻzgarishi edi xolos. Shundan soʻng Muvaqqat hukumat “Rossiya demokratik respublikasining” konstitutsiya loyihasini tayyorladi, biroq, sotsialistik oktyabr inqilobi sodir boʻlgani tufayli bu konstitutsiya qoʻllanilmay qoldi. Oktyabr inqilobidan keyin Rossiya sotsialistik davlat boʻlib qoldi va 1918-yilda kommunistik aqidadan kelib chiqqan konstitutsiyasini qabul qildi. Bu konstitutsiya to SSSR qulagunga qadar sotsialistik qonunlarni hayotga tatbiq qilishdagi uslub sifatida qoʻllanib kelindi.

 Qirgʻiziston 1926-yilda RSFSR tarkibidagi muxtor viloyatdan muxtor respublikaga aylanganidan soʻng – ittifoqning boshqa mustamlakalarida boʻlgani kabi – uning ilk konstitutsiyasi tuzildi (1929-yil). U SSSRning sotsialistik qonunlarini tatbiq qilishda yengillik yaratish doirasida boʻlgan.

 SSSR qulaganidan soʻng uning merosxoʻri Rossiya, shuningdek, undan ajrab chiqqan va soxta mustaqillik olgan respublikalar ham – sotsializmdan kapitalizmga olib oʻtgan – konstitutsiyalarni qabul qilishdi. Yaʼni, mazkur konstitutsiyalar demokratik aqidadan kelib chiqib, uning nomi ostida kapitalizm qonunlarni tatbiq qilinishiga asos boʻlib berdi. Shunday qilib, soxta mustaqillik olgan respublikalarda bu konstitutsiyalar mustamlakachilar nufuzlarini mustaxkamlovchi uslublardan biri boʻlib qoldi. Bizdagi konstitutsiyalarni “demokratik printsiplarga mos kelishi”, “xalqaro normalarga zid kelmasligi”, shuningdek, xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat qilib turilishi – jozibador soʻzlar bilan qanchalik bezatilmasin – bizni mustamlaka ekanligimizga dalolat qiladi.  

 “Mustaqillikka erishgan”lar qatorida Qirgʻizistonda ham “afsonaviy parlament”1993-yil 5-mayda mamlakatni sotsializmdan kapitalizmga olib oʻtgan konstitutsiya qabul qildi. Bundagi eng eʼtiborli jihat davlat mulkini xususiylashtirish boʻldi (erdan boshqa).

 Mustamlakachilar qoʻl ostidagi davlatlarning boyliklarini tashib ketish va xalqini qul qilish uchun ularning ustiga oʻz malaylarini hokim qilib qoʻyishadi. Bu hokimlar esa mustamlakachilarga malaylik qilishdan tashqari oʻz hokimiyatlarini mustaxkamlashda biz soʻz yuritayotgan konstitutsiyalardan foydalanishadi.

 Qirgʻiziston konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar birinchi bor 1994-yili kirgizildi. Bu orqali prezident Akayev oʻz saloxiyatlarini kengaytirib, 105 odamdan iborat “qoʻlbola” qoʻsh palatali parlamentni olib kelishga yoʻl ochdi (bunga qadar 350 deputatdan iborat boʻlgan “afsonaviy parlament” tarqatib yuborildi).

 Ikkinchi oʻzgartirish 1996-yili boʻldi. Bu orqali prezident vazirlar, mahalliy hukumat rahbarlarini oʻzi tayinlaydigan boʻldi va parlamentni tarqatib yuborish huquqini oldi.

 1998-yilgi oʻzgartirishlarda, yer xususiy mulk sifatida beriladigan boʻldi. Bu sotsializmdan kapitalizmga bosqichma-bosqich oʻtish loyihasi doirasida ishga oshdi.

 2001-yilgi oʻzgartirishlarda, asosan, rus tili rasmiy til boʻlib kiritildi. Bu Rossiyaning bevosita xoʻjayin sifatida tan olish va uni rozi qilish ilinjida boʻldi.

 2003-yilgi oʻzgartirishlar boʻyicha, fuqarolarning namoyishlar oʻtkazishlariga cheklovlar kiritildi, sobiq prezidentga nisbatan daxlsizlik qabul qilindi, sobiq prezidentning yaqinlari davlat byudjetidan taʼminlanadigan boʻldi. Bundan tashqari, prezident izma-iz ikki martadan koʻp saylanish imkoniga ega boʻldi. Bu esa Akayev prezidentligi uzluksiz davom etishini bildirar edi. Shuningdek, parlament 90 deputatdan iborat boʻlib bir palataga aylantirildi va partiyaviy tizimda saylanadigan boʻldi. Bu oʻzgartirishlar ham Akayev oila aʼzolarining hukmronligiga xizmat qilar edi. Shu sababli ham 2005-yilgi parlament saylovlarida Bermet Akayevaning “Olgʻa Qirgʻiziston” partiyasi koʻpchilik ovoz bilan gʻolib chiqdi. Xalq bunga qarshi chiqib, 2005-yilgi davlat toʻntarishi orqali Akayevni quvib yubordi va hokimiyat tepasiga Kurmanbek Bakiyev keldi. 

 Bakiyev hokimiyatga kelganida uning dastlabki davri “konstitutsiyaviy kurash” yillari boʻldi. 2006-yilning ikki oyi ichida (noyabr-dekabr) konstitutsiyaga ikki marta oʻzgartirishlar kiritildi. Bunga bakiyevchilar bilan uning muxoliflari kelishmovchiliklari sabab boʻldi. Bir yildan keyin, 2007-yili yangi konstitutsiya qabul qilindi va shu sababli 2005-yilda saylangan partament tarqatib yuborildi. Boʻlib oʻtgan parlamentga saylovlarida Bakiyevning “Oq yoʻl” partiyasi gʻolib boʻldi.

 2010-yili Bakiyev agʻdarilganidan soʻng yana yangi konstitutsiya qabul qilindi. Bu konstitutsiya Rossiya mustamlakachiligiga qarshi, Qirgʻizistonga Gʻarb mustamlakachilarining kirib kelishi doirasida boʻldi. Chunki, Gʻarb mustamlakachilari Rossiyaga qarshi kurashda “demokratiyalashuv”, “oshkoralik”, “soʻz erkinligi”, “inson huquqlari”, “parlamentlik boshqaruv” va shu kabi fikrlarni ishga solib keladi. Bular orqali Rossiyaning mustamlakalariga qarata olib borayotgan zulmlarini ochib tashlaydi. Shunday qilib, Qirgʻizistonda 2010-yili hukumat tepasiga Gʻarbga moyil siyosatchilar kelib, konstitutsiya ana oʻshalar tomonidan tuzildi. Bu konstitutsiyaga oʻsha vaqtdagi Rossiya prezidenti Medvedev qarshi chiqqan, Venetsiya komissiyasi esa olqishlagan edi.

 2010-yilgi konstitutsiyada 2020-yilga qadar oʻzgartirishlar kiritilishi taqiqlangan edi. Biroq, bu moratoriy 2016-yilga qadar tura oldi. Almazbek Atambayev 2016 yili yana oʻzgartirishlar kiritdi. Xalqaro jihatdan qaraganda, Atambayev Rossiyaning koʻnglini olish uchun, inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bitimlari davlat qonunlaridan ustun boʻlmasligi, shuningdek, bir jinsli nikohlarni man qilinishini oʻz ichiga olgan oʻzgartirishlar kiritildi (bu moddalar bilan mahalliy xalq tuygʻularini ham qitigʻladi). Mahalliy siyosatdan qaraganda, bosh vazir vakolatlarini kengaytirdi. Hokimiyatdan ketganida shu orqali, oʻzi tayinlagan prezident bilan bosh vazir oʻrtasida muvozanatni saqlab, parda ortida hokimiyatni ushlab qolishni rejalashtirdi. Biroq, ishlar u oʻylagandek chiqmadi.

 Amaldagi hukumat konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritadimi yoki yoʻqmi bundan qatʼiy nazar, bu konstitutsiya kufr konstitutsiyasi hisoblanadi. Chunki, uning asosi – demokratiya kufr aqidasi, undan kelib chiqqan qonunlar esa – demokratik-kapitalistik qonunlardir.

 Ey musulmonlar, bu konstitutsiyalardan kimlar qanday foydalanib kelayotganini koʻrib turibsizlar. Ular sababli boʻynimizga qullik zanjirlari ilinmoqda. Shuningdek, ularga rozi boʻlganlar uchun oxiratda azob bor.

 Bularga muqobil ravishda, Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi – asosi islomiy aqida va qonunlari shariat hukmlaridan iborat boʻlgan – Islomiy davlatning konstitutsiya loyihasini taklif qilib kelmoqda. Shuning uchun buni yana bir bor aql torzisiga solib koʻrishga chaqiramiz. Shuni ham eslatib oʻtmoqchimizki, bunda dunyoda azizlik, Oxiratda esa ajr bor.

 Abdulhakiym

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.