Muslima ayollar ishatirokidagi goʻzallik konkursi tafsiloti
Rossiyaning AsJUST.ru saytining xabar berishicha ayollar kim boʻlishidan qatʼiy nazar dunyodagi nozik hilqat hisoblanadi va baxtli yashashga, dunyo lazzatlaridan bahramand boʻlishlikka haqlidir. Shunga koʻra sayt musulmon ayollar orasida boʻlib oʻtgan goʻzallik konkursi tafsilotini quyidagicha taʼriflaydi:
“Muslima ayollar ishtirokida oʻtkazilgan goʻzallik konkursi, shunga oʻxshash olamda oʻtayotgan boshqa konkurslardan butunlay farqlanadi. Bu yerda ichki choʻmilish libosi oʻrniga hijob, raqsga tushish, kuylash va hokazolar oʻrniga diniy mavzular muhokama qilinadi. Konkursning yakuniy bosqichiga tayryolanish jarayonida katnashuvchilar tong saharda turib, namoz oʻqiydilar, soʻngra oʻzlariga oro berib, konkurs shartlariga hozirlik koʻradilar. Muslima goʻzallar orasida turli kasb egalari – muhandislar, doktorlar, oʻqituvchilar bor”.
Eslatib oʻtamiz, “Jahon muslima goʻzali” (Miss World Muslimah) — konkursi har yili Indoneziya davlatida boʻlib oʻtadi. Qizlar bu konkursda ijtimoiy savolarga javob beradilar, shuningdek diniy masalalar boʻyicha fikr almashtiradilar.
Bu konkurs uchun Musulmon olamidagi mashhur shaxsiyatlar hakamlar hayati ularoq belgilandi.
“Konkursdan maqsad Islom olamidagi xotin-qizlarning nafosat, nazokat va mehru oqibatlarini va muomala, kiyinish odoblarini dunyoga tanishtishdan iboratdir”, deyiladi xabarda.
20 qatnashuvchilar orasidan bir necha darajada gʻolibalar aniqlanadi; konkursning asosiy gʻolibasi, ikkinchi va uchinchi oʻrin sohibasi, eng chiroyli Qurʼon tilovati sohibasi hamda eng mahoratli va isteʼdodli ishtirokchi nominatsiyasi, shuningdek hammadan koʻra gʻayratli va tamoshobinlar olqishiga sazovor boʻlgan raqam sohibasi aniqlanadi.
Eng yuqori sovrin – Makkaga, yaʼni Haj safariga ziyorat deb belgilangan.
Izoh:
Astagʻfirulloh. Naqadar pastkashlik! Kufr olami ustimizdan kulib, masxara qilsa, nomusimizni toptasa-yu biz payqamay, aldanib yashayversak!
“Ayollar quloqlari bilan oshiq boʻladi”, degan choʻpchak nahotki muslima ayolga nisbatan ham qoʻllanilsa?! Muslima ayol shaʼni, sharafini toptalishiga yoʻl qoʻymasligi lozim. Islom muslima ayol darajasini yuqori koʻtardi. Nahotki bu neʼmatga nonkoʻrlik qilsak?!
Bizlarga bunday qalbaki “muruvvat” kerak emas !
Allohga qasamki, ayol kishi oʻzining azizligi, sharafi va ulugʻligiga faqat Islom bilangina erishdi. Balki, hozirgi paytda sharqu-gʻarbdagi ayollar hurriyat va madaniyat daʼvogarlari rivojlantirayotgan narsalarning aksini aytib hayqirmoqdalar. Barchaga maʼlumki, bu kofir diyorlarda ayol kishi yosh va goʻzal chogʻida uning yoshligi va jamolidan foydalanadilar, vujudidan lazzat oladilar, ammo yoshi oʻtgach unga keraksiz buyumdek muomala qilinadi.
Islomda ayol kishi, saqlanishi vojib boʻlgan nomus qatori qaraladi. Hatto sharʼiy taʼlim olish, ilm berish va uni boshqalarga tarqatish ham maʼlum qoidalar asosida tartibga solingan.
Ayni konkurslar Islom qadriyatlariga mutlaqo zid. Chunki nomahramlar orasida husnini, qomatini, farosatini koʻz-koʻz qilish Shariat ahkomlariga toʻgʻri kelmaydi. Bu kabi gʻarbcha usuldagi ayol homiylari, Shariat beliglagan normalarni buzib, muslima ayolni hijoblangan reklama manbaiga aylantirishni istamoqda.
Har qanday yoʻlliqqan narsani yaxshilik qatori qabul qilishlik ulkan xato hisoblanadi, Musulmon oʻygʻoq boʻlishi , hushyor boʻlishi zarur!
Munavvara.