Hizb ut-Tahrir aʼzosi Sudan harbiy kengashi majlisida Xalifalik davlatini tiklashga chaqirdi
Bu voqea Sudanda birinchi marta yuz berdi. Hizb ut-Tahrir Sudan viloyati Markaziy aloqa hayʼatining rahbari doktor Nosir Rizo hozirda Sudan hukumatini qoʻlga olgan harbiy kengash aʼzolarini Roshid Xalifalik davlatini barpo qilishga ochiq daʼvat qildi. Uning daʼvati kengash majlisida shunday yangradi:
– Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Barchangizga maʼlum, bu yigʻilish, peshvolar, ulamolar, daʼvatchilar va oʻlkada boshqaruvni koʻlga olgan kishilar, yaʼni harbiy kengash aʼzolari oʻrtasidagi uchrashuvdir. Avvalo shuni aytib oʻtmoqchimanki, Hokimiyat masʼuliyatdir, agar bugun hukm yuritayotgan boʻlsang, ertaga bunday boʻlmasligi mumkin. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam “U (boshqaruv) omonatdir. U qiyomat kunida sharmandalik va nadomatdir. Magaram boshqaruvning haqqiga rioya qilgan va uning haqqini ado etgan kishi bundan mustasno”. Alloh Taolo sizga xitob qilib aytadi:
(وَمَنْ لَمْ يَحْكُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمْ الْكَافِرُونَ و(……الظَّالِمُونَ) و(……الْفَاسِقُونَ
– Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir. (……..zolimlardir). (………fosiqlardir).
Shuning uchun aytmoqchimanki, Alloh Taolo bizga, yaʼni biz fuqarolarga va siz hokimlarga qarata aytadi:
فَلَا وَرَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ حَتَّى يُحَكِّمُوكَ فِيمَا شَجَرَ بَيْنَهُمْ ثُمَّ لَا يَجِدُوا فِي أَنفُسِهِمْ حَرَجًا مِمَّا قَضَيْتَ وَيُسَلِّمُوا تَسْلِيمًا
– Yoʻq, Parvardigoringizga qasamki, to ular oʻz oʻrtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, toʻla taslim boʻlmagunlaricha-boʻyinsunmagunlaricha zinhor moʻmin boʻla olmaydilar.
Shunday ekan, biz ham, siz ham Allohning hukmlariga taslim boʻlishimiz lozimdir. Bu masʼuliyat boʻlib, har bir musulmon erkak va ayol bunga boʻysunishi vojibdir. Rosululloh sollollohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Sizlardan uzoq yashagan kishi juda koʻp ixtiloflarga guvoh boʻladi. (Ana shu paytda) Mening yoʻlimni va toʻgʻri yoʻldagi roshid xalifalarning yoʻlini mahkam tuting”.
Ey aziz birodarlar! Asosiy masala harbiy majlisda ham, fuqarolik hukumatida ham hukm yuritish masalasi emas, balki Allohga bandalik qilishimiz va insonlarni Allohga bandalik qilishlarini taʼminlash masalasidir. Bu esa, faqat Allohning Shariatini qoim qilish va Allohning hukmlarini ijro qilish hamda Allohning shariatini hokim qilish bilan boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda asosiy masala shudir.
Siz iqtidor egasisiz, siz kuch-quvvat egasisiz, shariat tarafidan sizga yuklangan vazifa Ansoriy sahbalar kabi (Alloh ulardan rozi boʻlsin) botil tuzumni tag-tubi bilan qoʻporib tashlashdir, sizning vazifangiz paygʻambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalik davlatida Allohning dini va shariatini qoim qiladigan Xalifaga Bayʼat qilishdir. Sizning asosiy vazifangiz mana shudir.
Aziz birodarlar! Bu murojaat faqat tuygʻuga qaratilgan xitob emas, bu yerda gap Rosululloh sollollohu alayhi valallamning manhajlari haqida ketmoqda. U zot “mendan keyin paygʻambar boʻlmaydi, balki xalifalar boʻladi va ular koʻp boʻladi”, deya, Oʻzlaridan keyingi ishni Xalifalarga bogʻladi. Bu yerda asosiy masala paygʻambarlik minhoji asosidagi Roshid Xalifalik davlatini tiklashimizdir. Boshqaruvni aslo va aslo dunyoviy-fuqarolik hukumatiga topshirmang. Aksincha, uni Allohning Shariati bilan hukm qilish uchun halifaga bayʼat qiladigan Ummatga topshiring. Boʻyningizdagi vojib ish va uning dalillari mana shudir. InshaAlloh mana shunda har bir oʻldirilgan jon va oqizilgan qon uchun adolat qilingan boʻladi. Ikkinchi masala tortib olingan haq-huquqlarni va talon-taroj qilingan mollarni qaytarishdir. Bu ikkinchi talabimiz. Uchinchi talabimiz shuki, oʻlka aholisining kelajagi boʻlgan Ummat boyliklari “ajnabiy investitsiya”larga sotib yuborildi. Buni darhol toʻxtating.
Sizga ham, oʻzimga ham shuni tavsiya qilamanki, har bir ishni Allohning roziligi uchun qilaylik. Islomiy oʻlkalarning boshiga kelgan balolarning barchasi kofirlarga doʻst boʻlgan kishilarga boshqaruvni topshirish natijasida keldi. Biz hozirda ham Amerikaning buyrugʻiga qattiq amal qilayotganlar borligini koʻrib turibmiz, ushbu hukumat va majlis ahli bilan birinchi uchrashganlar amerikalik va yevropalik elchilar boʻlib. Ogoh boʻling. Alloh Taolo aytadi:
يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا عَدُوِّي وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَاءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِمْ بِالْمَوَدَّةِ
– Ey moʻminlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmanlaringiz (boʻlgan mushriklar)ni doʻst tutmanglar!
Bizning oʻlkamizga kelgan yomonliklar kofirlar sababli keldi, kofirlar bilan doʻst boʻlishdan juda ehtiyot boʻling”.
Jazakumullohu xayron.