Firavn boʻlishni qumsagan as-Sisiy

895
0

Firavn boʻlishni qumsagan as-Sisiy

 Misrda konstituttsiyani oʻzgartirish boʻyicha referendum boʻlib oʻtmoqda. Saylov bir necha kun davom etadi: mamlakat ichida dushanba kunga qadar, xorijda yashayotgan misrliklar uchun esa yakshanba kunga qadar davom etadi. Shu bilan birga, saylovda qatnashish majburiy boʻlib hisoblanadi, jiddiy sabablarsiz saylovda qatnashmagan odamga katta miqdorda jarima solinishi aytilmoqda.

 Mazkur referendumda konstitutsiyaga bir qator oʻzgartirishlar kirgizish taklif qilingan. “Eng muhim oʻzgarish bu – prezident vakolat muddatini toʻrt yildan olti yilga uzaytirish. Shunday qilib, amaldagi davlat rahbari Abdul Fattoh as-Sisiy 2030-yilga qadar oʻz vazifasida qolishi mumkin boʻladi”. (“euronews”, 2019-yil, 20-aprel).

Bundan avval, 9-aprelda as-Sisiy saylov arafasida Amerikaga borib oʻz xojasi Tramp bilan uchrashib, uning “oq fotihasini” olib kelgan. Oʻsha uchrashuvda Sisiyni 2034-yilga qadar hokimiyat tepasida qolish harakati boʻyicha savolga Tramp shunday javob bergan: “Mening fikrimcha, u yaxshi ishni amalga oshiryapti… u buyuk prezident”. (“trt.net.tr”, 2019-yil, 10-aprel)

 Misrda qatagʻon avj olib, musulmonlar hech bir aybsiz oʻlim jazosiga tortilib yotgan bir vaqtda (buni inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar ham tan olishyapti) AQSh oʻz malayi Sisiyni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.

Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.