Sudan faqat Islom bilan ozod boʻladi
Ustoz Muhammad Jomeʼ (Abu Ayman)Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notigʻi yordamchisi
Umar Bashir 2018 yil 19 dekabrdan beri noroziliklar toʻlqiniga duchor boʻlib keldi. Bu noroziliklar uning hokimiyatga kelganidan 30 yil oʻtib boʻlayotgan eng kuchli va uzoq davom etayotgan noroziliklardir. Noroziliklar avvaliga iqtisodiy tubanlikka qarshi gʻazab shaklida boshlandi. Lekin ular tezda Bashirning oʻzi va rejimini qulatish talabiga aylandi.
Toʻgʻri, namoyishlar ayrim omillarga koʻra pasaydi. Namoyishchilarni birlashtiradigan yagona maqsad yoʻqligi va ayrim ilmoniylarning rejim qulaganidan keyin dinni hayotdan ajratish uchun qilayotgan harakatlari tufayli shiorlar ham noaniq va umumiydir.
Xalq tinmay takrorlayotgan (ozodlik, tinchlik va adolat) kabi umumiy shiorlar haqida muayyan tushuncha mavjud emas. Ozodlik deganda nimani qasd qilishmoqda? U qanday roʻyobga chiqadi? Ular aytayotgan ozodlik haqida Islomning fikri qanday? U qullikka qarshimi? Yoki Gʻarb aytayotgan aqida erkinligi, murtadlik, jazolarni tatbiq qilmaslik, shaxsiy erkinlik, fahsh va jins erkinligimi? Yoki fikr erkinligimi yoki dinni va ilohiy zotni soʻkish erkinligimi? Shuning uchun Islom va uning hukmlarini xohlamaydigan yechimlarga mos umumiy shiorlar oʻrniga haqiqiy va tiniq shiorlar koʻtarilishi lozim. Chunki Islom sharʼiy maʼnoga ega soʻz va istilohlarga boy, u kasal soʻzlarga muhtoj emas. Shuningdek, Islom har bir narsani keng yoritib, tafsilotlarigacha bayon qilgan. Alloh Taolo bu haqda shunday deydi:
وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَاناً لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ
“Sizga — hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun xushxabar boʻlgan Kitobni-Qurʼonni nozil qildik” [Nahl 89]
Shuning uchun yaxshilab anglash va tushunish kerak boʻlgan ish shuki, ayrim kishilar qoʻzgʻolonni oʻz yoʻlidan burishga harakat qilmoqda. Buni dinni hukumat va siyosatdan ajratish kerak degan fikrlar qoʻzgʻalib qolganidan bilsa boʻladi. Kushnьyus sayti 2019 yil 14 fevralda xabar tarqatishicha (Sudan mehnatkashlar yigʻilishi vakili doktor Muhammad Yusuf Mustafo tarixdagi xatolarga chek qoʻyish va dinning davlat bilan boʻlgan aloqasi haqida gapirgan. U aytganki: Albatta din sudanliklarning asosiy merosi, biz din davlatdan ajratilsin va ilmoniylik boʻlsin deb aytmaymiz. Balki dinni davlatdan ozod qilish lozim va din jamiyatda oʻz rolini bajarishi uchun davlat uni ekspluatatsiya qilmasligi lozim deymiz). Bu bayonot shubhasiz qoʻzgʻolonni zaiflashtiradi va oʻz yoʻlidan burib yuboradi. Chunki Bashir hukumati 1989 yildagi inqilobdan beri ilmoniydir. Bu hukumat boshqaruvda qolishga qonuniy tus berish uchun Sudan musulmonlarining tuygʻularini qitiqlaydigan ayrim islomiy shiorlarni koʻtarib keldi. Lekin uning haqiqati odamlarga ayon, chunki u irshod vazirini bozor va ommaviy joylarda Islom haqida gapirishdan man qildi.
Hukumat katta sondagi masjid imomlarini masjidda haqni gapirgani uchun ishdan oldi. Chunki Sudandagi inqoz (qutqaruv) rejimi ilmoniy rejim boʻlib, boshqaruvda demokratik jumhuriyat nizomini tatbiq qilsa, iqtisodda Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki buyruqlarini amalga oshiradi. Parlament tomonidan bir necha marta riboni halol qilinishi va unga ruxsat berilishi haqida gapirmasa ham boʻladi. Ijtimoiy sohada esa, (CEDAW) shartnomasida belgilangan qarorlar umumiy hayotda tatbiq etiladi. Bu narsa koʻngil ochar salonlar va jamoat parklarida ochiq koʻzga tashlanadi. Hukumat aslida Islomdan boʻlmagan jamoat tartibi nomli qonunga ham rioya qilmaydi. Ayrim hukmlar sharʼiy dalillardan olingan sharʼiy hukm sifatida emas, hokimlarning xohish va roziligi bilan qabul qilingan. Shuning uchun Amerika elchiligi ochiq sochiq kiyinish borasidagi moddaga qarshi chiqqan payt, hukumat unga boʻysundi va ushbu moddani oʻzgartirishga kirishdi. Ammo Islomda sharʼiy hukmlarni oʻzgartirib boʻlmaydi. Bu haqda Alloh Taolo shunday deydi:
وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ وَلا مُؤْمِنَةٍ إِذَا قَضَى اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَمْراً أَن يَكُونَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ مِنْ أَمْرِهِمْ وَمَن يَعْصِ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ ضَلَّ ضَلالاً مُّبِيناً
“Alloh va Uning paygʻambari bir ishni hukm qilgan-buyurgan vaqtida biron moʻmin va moʻmina uchun (Allohni hukmini qoʻyib) oʻz ishlaridan ixtiyor qilish joiz emasdir” [Ahzob 36]
Ammo muxolafatdagi ayrim yetakchilarning harakatga xalqaro miqyos berishga urinishlari mustamlakachiga bogʻlangan kuchlarning odatidir. Chunki hukumat (5+1) kelishuvi boʻyicha Amerika bilan soʻzlashuvlar olib borayotgan boʻlsa, muxolafat rejimni agʻdarib tashlashga yordam berishi uchun Yevropani ishga aralashishini xohlayapti. Shuning uchun muxolifat vakili 2019 yil 14 fevralda Britaniyalik qonunshunos, Sudan va Janubiy Sudan boʻyicha parlament ishchi guruhining sobiq raisi lord Elton bilan uchrashdi. Bundan oldinroq “Sudan nidosi” ittifoqidagi tashqi aloqalar boʻyicha masʼul shaxs Britaniyaning Sudan va Janubiy Sudan boʻyicha maxsus vakili Kris Trut bilan uchrashdi. Unda delegatsiya raisi Britaniya va Frantsiyadan 25 fevralda boshlanishi kutilayotgan inson huquqlari kengashining qirqinchi muntazam sessiyasida namoyishchilarni oʻldirish boʻyicha xalqaro tekshiruv kengashi tashkil qilishlarini soʻragan. (Sudan Tribyun gazetasi, 2019 yil 16 fevral).
Ammo odamlarning koʻchaga chiqishiga turtki boʻlgan sabablar hali ham mavjud. Chunki odamlar benzin quyish shahobchalari, banklar, pul almashtiruv punktlari va non doʻkonlari oldida navbat kutishmoqda. Narxlar hamon koʻtarilmoqda, junayhning qadri tushib, bir dollar yetmish junayhga teng boʻlib qolgan. Bank chek qogʻozida esa, bir dollar 83 junayhga koʻtarilgan. Ha, qoʻzgʻolonga turtki boʻlgan sabablar hali mavjud. Lekin qoʻzgʻolonchilarni birlashtiradigan maqsad tiniq boʻlmagani va ayrim ilmoniylar Sudan ahlini asosiy harakatlantiruvchisi boʻlgan dinni qoʻzgʻolondan ajratib yuborishga urinishlarini odamlarga tushuntirish va bayon qilish zarur. Ana shunda qoʻzgʻolon ongli boʻladi va odamlarga uning belgilari koʻrinadi. Shuning uchun bu yerda qoʻzgʻolonchilarni birlashtiradigan va qoʻzgʻolonchilar uni deb oʻzini qurbon qiladigan fikrat boʻlishi lozim.
Sudan ahli musulmon boʻlgani uchun ularni Islom, uning hukmlari va yuksak shariati birlashtiradi. Bashirning hukumati esa, ilmoniy hukumat boʻlib, dinni boshqaruvdan ajratdi. Shuningdek, bozor va maydonlarda Islom haqida gapirishni man qilish orqali Islom koʻrinishiga qarshi kurashdi. Zallarda yigʻilishdan qaytardi. Ularning oxirgisi (Sudan kelajagi ilmoniylik va islomiy shariat oʻrtasida) nomli ulamolar, islomiy yetakchilar va masjid imomlari yigʻiladigan anjuman boʻldi. Bu anjuman aslida shahid Zubayr zalida oʻtkazilishi kerak edi, lekin hukumat uni taqiqladi. Bu esa, hukumatning terrorga qarshi kurash nomi ostidagi Islomga qarshi kurashda Amerika bilan hamkor ekanini tasdiqladi. Natijada, anjuman Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyati ofisi maydoniga koʻchirildi. Anjumanda koʻp sondagi ulamolar, islomiy yetakchilar va odamlar yigʻildi. Unda Xalifalikning farzligi, ahamiyati va unga amal qilish vojibligi haqidagi kuchli gaplar aytildi. Shuning uchun qoʻzgʻolonchilarni birlashtiradigan yorqin fikr boʻlishi muhim va asosiy ishdir. Bu xuddi azon aytilgan paytda musulmonlarni Allohning uyiga jamlaydigan namozga oʻxshaydi. Chunki unda odamlar Allohning uyiga yigʻiladi, ajoyib va tartibli harakat va soʻzlarni ado etishadi hamda bu tartibga barcha amal qiladi. Chunki ular belgilari aniq fikratdir. Qoʻzgʻolon ham shunga oʻxshaydi, unda qoʻzgʻolonchilarni birlashtiradigan tushuncha yorqin boʻlishi lozim. Masalan, demokratik jumhuriyat nizomini qulatib, oʻrniga Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini tiklash orqali Islom nizomini oʻrnatish lozim. Bu ish hukmron rejimni fosh qiladi hamda mustamlakachi va ularning yurtlarimizdagi malaylaridan iborat qoʻzgʻolon oʻgʻrilariga imkoniyat qoldirmaydi. Shuningdek, qoʻzgʻolonchilarni talab va maqsadlarida ongli boʻlishini taʼminlaydi.
Roya gazetasi saytidan olindi