Xumayniy Eroni va uning inqilobi…

743
0

Xumayniy Eroni va uning inqilobi… “Qarshilik koʻrsatuvchi kuch” nomli niqob kecha yashirin boʻlsa, bugun fosh boʻldi

Ustoz Abdulloh (Abu Hanifa) qalamiga mansub

Amerika, Britaniya va Sovet Ittifoqi kabi mustamlakachilar mintaqa ustida raqobatlashayotgan bir paytda, Eronning strategik pozitsiyasining yangi strategik muvozanatni shakllantirishda katta taʼsiri boʻldi. Zero, Xumayniy va uning diniy inqilobi bu strategik muvozanatni Amerika foydasiga shakllantirdi. Rizo Pahlaviy rejimida gavdalangan Britaniya nufuzi sindi. Britaniya 1941 yil Eronni bosib olgach, Pahlaviyni Eronga shoh qilib tiklagan edi. 1979 yili uni taxtdan qulatishdi. Amerika 1961 yil ikki lager oʻrtasida Venada boʻlib oʻtgan bitimda tinch yashash fikri borasida gʻalaba qilganidan keyin Sovet Ittifoqi va sotsializmning Eronga kirib kelishini oldini oldi. Amerika Afgʻonistonda 1978 yil Xalq demokratik partiyasi (Afgʻoniston kommunistik partiyasi) hokimiyatga kelgach, Sovet Ittifoqi Afgʻonistonni egallab olishidan xavotirga tushdi. Moskva Xalq demokratik partiyasini siyosiy va logistik jihatdan qoʻllab-quvvatladi va 1979 yil oxirida Afgʻoniston Sovetlar tomonidan bosib olindi. Rus ayigʻi ulkan neftь zaxirasiga ega Arab Koʻrfaziga yaqinlashib qoldi.

Kuzatgan kishi uchun kecha yashirin boʻlgan haqiqat qor erib, yaylov koʻringach hamda tartibsizliklar boshlangach, sir boʻlmay qoladi. Eronda mullalar inqilobi boshlangan kuniyoq axborot vositalari Amerika va Xumayniy oʻrtasida qoʻshma hujjat va qarorlar qabul qilingani borasida yozgan edi. Masalan Bi-Bi-Si radiosi Amerika va Eron oʻrtasidagi aloqalarda avval kuzatilmagan tomonlar paydo boʻlganini koʻrsatadigan hujjatlarni fosh qilgan edi. Hujjatlarda Xumayniy zohirda Amerikaga qarshi siyosat olib borgan, hatto unga qarshi hujum qilib, uni katta iblis deb atagan boʻlsa-da, aslida Amerika bilan Eron oʻrtasida aloqa boʻlganligi aytilgan edi. Bu narsa Eronda katta qalqishni paydo qildi, hatto Eron murshidi Ali Xomanaiy ikki taraf oʻrtasida aloqa mavjudligini inkor qilib, hisobotlar toʻqima va asossiz ekanini aytgan edi. 2005 yili yashirin doira tomonidan bir hujjat chiqdi va unda Oyatulloh Xumayniyning Vashingtonga yuborgan maktubiga aloqador ayrim parchalar keltirildi. Lekin uning ayrim qismlari yashirin tarzda qoldi. 2008 yil sobiq prezident Jimmi Karter kutubxonasi Xumayniy maktubiga aloqador parchalar oshkor qilingan raqamli nusxani tarqatdi. Hujjatda Xumayniy oʻz maktubida Amerikaning Erondagi manfaatlariga qarshi boʻlmagani, balki aksincha, Sovet Ittifoqi va Britaniyaga qarshi muvozanat paydo qilish uchun Amerika vujudi zarur deb ishongani aytilgan. Shuningdek, Xumayniy Islom va olamdagi boshqa dinlar, xususan nasroniylik dini oʻrtasida hamkorlik boʻlishi zarurligini aytgan.

Mazkur maktub Vashingtonga 1963 yil 6 noyabrda yetib borgan. Ikkinchi maktub esa, manbaga koʻra, Jimmi Karter idorasiga 1979 yil 19 yanvar, yaʼni Eron inqilobidan bir necha hafta oldin yetib borgan. Xumayniy unda Amerika prezidentiga Eron neftini Gʻarbdan toʻsmaslik, inqilobni mintaqa davlatlariga koʻchirmaslik va Amerika bilan doʻstona aloqalar oʻrnatish haqida vaʼda bergan. Xumayniyning ikkinchi maktubi u Amerikaga dushmanlik qilmasligi borasida Karterni ishontirgan. Xumayniy maktubda shunday degan edi: Yaqinda biz bilan Amerika oʻrtasida adovat yoʻqligi hamda islomiy falsafa va qonunlarga asoslangan islomiy jumhuriyat tinchlik va insoniy hamkorlikka asoslangan insoniy hukumat boʻlishiga guvoh boʻlasizlar… (Arab Koʻrfazi xabarlari, 2016 yil 4 iyun).

Agar lafz va mazmuni ishonchli boʻlgan ushbu hujjat va hisobotlar siyosiy adashtiruv tuzogʻiga ilingan aksariyat kishilarga haqiqatni fosh qilish uchun yetarli boʻlmasa, Eronning koʻrga ham ayon bugungi ishlari oldida har qanday toʻqimachi va mishmish tarqatuvchi kishi ham esankirab qoladi. Chunki qarshilik harakatining ikkinchi qanoti boʻlmish Suriya rejimiga qarshi Shom qoʻzgʻoloni boshlanishi bilan Eron bu rejimni qurol-aslaha, yollanma askar va qoʻshin bilan taʼminlay boshladi. Bundan maqsad azizlik va Xalifalik hidi taralayotgan inqilob uchun chiqqan qoʻgʻolonchilarni oʻldirish hamda Joʻlonni sotgan, qirq yildan koʻproq yahudiylarni himoya qilgan rejimga yordam berish edi. Shuningdek, Shom ahli oyoqlari ostida qolay deb turgan ushbu rejimni saqlab qolish edi. Eron (Rossiya, Eron va Turkiya) jinoyatchilar uchligining bir tomoniga aylandi hamda Shom qoʻzgʻoloniga barham berish uchun ular bilan birga harakat qildi. Shuningdek, jinoyatchi Baas rejimiga hayot bagʻishlash va Shomni Amerikaga tobe holda qoldirish uchun ular bilan birga boʻldi. Nahotki (Isroilga oʻlim) nomli shior unutilgan boʻlsa. Yoki katta iblis Amerika Islomni qabul qilib, Islom uning musulmonlarga nisbatan qilgan jinoyatini unutdimi? Yoki Shom ahli oʻz dinidan voz kechib, murtadlik jazosiga munosib boʻldilarmi?!

Ammo Eronning atom quroliga ega ekani va uranni boyitishi haqidagi siyqasi chiqqan gaplar haqida aytadigan boʻlsak, bu ishdan Amerikaning oʻzi foydalanadi. Faqat har bir Amerika prezidentlarining bu borada oʻzgacha programmasi boʻladi. Bu ishlar baʼzida Eron bilan kelishgan holda va undan qamalni olib tashlash orqali qilinsa, baʼzida uni cheklash va jazo choralari eʼlon qilish orqali qilinadi. Qisqasi, bu ishda Amerikaga eng foydali programmani belgilaydigan narsa shu ishga aloqador vaziyat va holatlar hamda maʼlumotlar tabiatidir. Masalan Obama maʼmuriyati 2015 yil 14 iyulda Eron va olti yirik davlat oʻrtasida yadro ittifoqi tuzish orqali Eron bilan oshkora yaqinlik programmasi asosida aloqa qildi. Obama Eron bilan yadro hamkorligi kuchga kirishi ortidan shunday dedi: Eron bilan diplomatik aloqalarni uzish AQShga manfaat olib kelmadi. U yana qoʻshimcha qilar ekan, “Bir qancha oʻn yilliklardan beri Eron bilan soʻzlashmaslik Amerika manfaatlari rivojiga hissa qoʻshmadi”, dedi. Obama bu gapi orqali Eron bilan yadroviy hamkorlik qilish Amerikaning mintaqadagi urushsiz diplomatiya kuchini isbotlaganiga ishora qildi. Obama yana 2015 yil 14 iyuldagi olti yirik davlat bilan boʻlgan yadro ittifoqi talabiga koʻra, Eron hech qachon yadro quroli ishlab chiqarmasligini aytdi. Shuningdek, Eron bilan tuzilgan ittifoq olamni yanada xavfsiz qilganini taʼkidladi… (Dunyo Vatan, 2016 yil 17 yanvar). Oʻz navbatida Eron ham prezident Hasan Ruhoniy tilida bu ittifoqni olqishladi. Shuningdek, Ruhoniy Amerika va Gʻarb shirkatlarini mamlakatga investitsiya yotqizishga chaqirdi. Amerikani oʻsha paytda ittifoq tuzishga majburlagan narsa Suriyada Bashar rejimi qulashidan qoʻrqishi boʻldi. Suriya rejimi qulashini oldini olish uchun oʻyinchilarni koʻpaytirish lozim boʻlib qoldi. Bu oʻyinda faol rolь oʻynaydigan oʻyinchi Eron edi. Lekin Eron huquqlari cheklangani va unga nisbatan jazo choralari eʼlon qilingani uchun undan bu kishanlarni yechib yuborish kerak edi va shunday ham boʻldi. Bu ittifoqqa koʻra, Rossiya Amerika undovi bilan Suriya ishlariga aralashdi. Bu ishlar yovuz uchlik (Rossiya, Turkiya va Eron) davlatlari hamkorligida boʻldi. Ular Suriyadagi siyosiy va harbiy ishlar borasida gohida oshkora, gohida yashirincha hamkorlik qilishdi. Natijada, Shom qoʻzgʻoloni tayanchi boʻlgan Halab quladi va ortidan rejim mintaqalarni birin ketin yanchib tashladi. Shundan soʻng qonhoʻr rejim oyoqqa turdi va toza havodan nafas ola boshladi.

Ammo bugun Tramp maʼmuriyati davrida siyosiy vaziyat oʻzgardi. Suriyadagi voqealar qonhoʻr Bashar rejimi foydasiga oʻzgardi. Amerika Eron bilan tuzilgan sobiq ittifoq Yevropa iqtisodi qayta tiklanishiga yordam bergani va Yevropa davlatlari Eronga boʻlgan eksport tovarlarini koʻpaytirganini koʻrdi. Bu esa, Trampning iqtisodiy ochkoʻzligini qoʻzgʻadi va u Eronga yana jazo choralarini qoʻllash va cheklab qoʻyish haqida gapira boshladi.

Trampning Eronga qarshi jazo choralari qoʻllash haqida ogohlantirishi hamda Obamaning Eronga yaqinlashib, undan jazo choralarini olib tashlash haqida gapirishiga qaramay, Eron Amerikaning mintaqadagi asosiy tayanchi boʻlib qolaveradi. Bu holat Alloh ushbu Ummatni roshid Xalifalik bilan siylamas ekan, davom etaveradi. Qachon Roshid Xalifalik tiklansa, Xalifalik Amerikani musulmon yurtlardan quvib chiqaradi va uni oʻz uyiga qaytaradi (agar uyi qolgan boʻlsa). Shuningdek, Alloh Taoloning xoinlardan qasos olish haqidagi hukmlarini tatbiq qiladi.

﴿وَسَيَعلَمُ الذينَ ظَلَموا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبون﴾

“Zolim kimsalar esa, yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar”            [Shuaro 227]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.