AQSh Oʻzbekiston IIV xodimlari uchun terrorizmga qarshi treningga homiylik qildi
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining 13 nafar xodimi AQSh Davlat departamenti qoshidagi “Terrorizmga qarshi kurashda yordam dasturi” doirasida terrorizmning oldini olish boʻyicha ikki haftalik treningda ishtirok etdi. Ushbu trening politsiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining terrorchi va terroristik guruhlarni bartaraf etish boʻyicha eng soʻnggi surishtiruv koʻnikmalari va yondashuvlarini rivojlantirishga moʻljallangan.
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Qoʻshma Shtatlarning muvaqqat ishlar vakili Alan Melьtser trening yakuniga bagʻishlangan tadbirda qatnashib, barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etdi.
“Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonning mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va tinchlikni taʼminlashdagi tobora oʻsib borayotgan rolini nihoyatda qadrlaydi. Har ikki mamlakatimizning bexatar va farovon kelajagi yoʻlida biz xavfsizlikka oid dolzarb transmilliy tahdidlarga – jumladan,terrorizmga qarshi kurashda Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilamiz”, – dedi u.
Trening davomida ishtirokchilar axborot manbaini aniqlash, kuzatuv ishlari olib borish, terrorchi va uyushgan jinoiy guruhning moliyaviy usullarini tushunish, terroristik xuruj sodir boʻlganda tergov qilish, gumondor va guvohlarni soʻroqqa tutish, terrorchi va jinoyatchilarni taʼqib etishga koʻmaklashish maqsadida axborotni kuzatib borish va tahlil etish tizimini ishlab chiqish boʻyicha yangi bilimlarga ega boʻldi.
Maʼlum-ki, AQSh Islom va musulmonlarga qarshi kurashiga “terrorizm va ekstremizmni” niqob sifatida qoʻllab keladi.