Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati ayollar qismi forumi
Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati ayollar qismi hijriy 1440 yil 28 rajab, milodiy 2019 yil 4 aprel payshanba kuni ertalab soat oʻnda Hoji Yusuf rayonida katta forum uyushtirdi. “Xalifalik qulatilishining 98 yilligi xotirasida uni Paygʻambarlik minhoji asosida qayta barpo etishga birgalikda harakat qilaylik” nomli ushbu forum Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyatining ushbu muborak rajab oyida Xalifalik davlati qulatilishi xotiralarini joshlantirishga oid olib borayotgan tadbirlari doirasida boʻldi.
Yigʻin uchta maʼruzani oʻz ichiga oldi: Birinchi, Hizb ut-Tahrir aʼzosi singlimiz Ummu Muoz “Xushyor boʻling, qoʻzgʻoloningizni oʻgʻirlashmasin” nomli maʼruza qildi. Ikkinchi, Hizb ut-Tahrir aʼzosi singlimiz Ummu ayman “Paygʻambarlik minhoji asosidagi oʻzgarish” nomli maʼruza qildi. Soʻng singlimiz Ummu Abu Bakr “Roshid Xalifalik musulmonlar tanlovidir” nomli maʼruza qildi. Singillarimiz oʻz maʼruzalarida Islom Ummati muammolarining sharʼiy yechimlari hamda roshid Xalifalikni barpo etishning sharʼiy tariqatini yoritib berdilar. Maʼruzalar forum ishtirokchilari tomonidan juda qizgʻin qarshilandi. Bu bilan yigʻilganlar oʻz ahlini aldamaydigan yetakchi Hizb faoliyatini yana bir bor isbotladilar. Keyin turli islomiy yurtlarimizda boʻlayotgan Islomiy Ummat qoʻzgʻolonlari haqida koʻplab bahs-munozaralar olib borildi. Yigʻin soʻnggida oʻzgarish ishida Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda faoliyat qilishga daʼvat qilindi.
Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan