Ey Falastin ahli! Misr, Iordaniya va Saudiyadan iborat jinoyatchi uchlikdan ehtiyot boʻling

706
0

Ey Falastin ahli! Misr, Iordaniya va Saudiyadan iborat jinoyatchi uchlikdan ehtiyot boʻling

Ey muborak Falastin zaminidagi ahlimiz. Falastinga hukmdorlar eng katta jinoyat, eng yomon xiyonatni koʻzlashmoqda. Bu Oslo shartnomasidagi xiyonatlaridan kam emas. Ularning 67 yildagi xiyonatlaridan ham, 48 yildagi xiyonatlaridan ham kam emas. Aksincha, bu xoinlar Falastinga har qachongidan ham yovuz jinoyatni tadbir qilishyapti. Bu safargi xiyonatlari xoin va jinoyatkorlar uchligi, yaʼni, Misr, Iordaniya va Saudiya hukmdorlari xiyonatidir. Bu jinoyatga Falastindagi shu jinoyatdan manfaatdor va yollangan razil kimsalar sherik boʻlishyapti. Shuning uchun biz ularning oʻyinlari tuzogʻiga tushib qolishdan yoki bu doiralarning birortasiga ishonishdan Falastin ahli va ularning xolis farzandlarini ogohlikka chaqiramiz. Chunki bu Falastin rejimi xoinlik sharobini shu darajada sipqorib ichdiki, uning butun tabiatiga singib ketdi. Musulmon yurtlari hukmdorlari oyoqlar bilan depsaladigan yerdan ham past-razil boʻlib ketishdi. Kufr boshi Amerika va boshqa Islom dushmanlari ularga goʻyo bunday demoqda: Senlar yo mana shunday xorlikka, muqaddas dargohlaring toptalishiga, boyliklaring talanishiga, bizga tiz choʻkishga rozi boʻlasanlar yoki senlarning taqdiring ham qirgʻin qilingan, qochqinga aylantirilgan, uy-joylaru yurtlari vayron boʻlgan xalqlarning taqdiri bilan bir xil boʻladi.

Ey ahlimiz va ahboblarimiz!

Bu Islom dushmanlari dinimiz, farzandlarimiz, nomuslarimiz va muqaddas dargohlarimizni nishonga olishgan boʻlib, oyoq osti qilmagan birorta hurmatimiz qolmadi. Musulmon yurtlaridagi hukmdorlar ularning jinoyatlarini yopib, yordam berib, til biriktirib kelishmoqda.

Bizdagi bu ahvolni daf qilishning yagona yoʻli Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlash, jinoyatkoru xoinlardan voz kechish, Falastin masalasini asl egasi-Ummati Islomga qaytarish hamda Ummat va uning armiyasidan nusrat talab qilib, roshid Xalifalikni barpo etish va Quddusi Sharifni ozod etishdan iboratdir.

Bas, avval Alloh Azza va Jallaga, keyin Ummatingizga tayaning. Chunki bu Ummat Alloh Islom uchun saralagan Ummatdir. Garchi bugun u yengil uyquda boʻlsa-da, oʻzining xolis er kishilari himmati bilan ertagayoq bu uyqudan uygʻonadi va roshidlar tarixini qayta boshlaydi. Chunki bizning qoʻlimizda Allohning vaʼdasi, Rosuli ﷺning bashorati bor. Biz Quddusi Sharifga Xalifalik kelishiga ishonamiz. Alloh Taoloning ushbu kalomini tadabbur qiling:

إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ

“Albatta Biz paygʻambarlarimizga va moʻminlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir boʻlib) turadigan kunda (qiyomatda) ham nusrat-yordam berurmiz”  [Gʻofir 51]

Roya gazetasining 2019 yil 10 aprel chorshanba kungi 229-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.