Batken shahridagi maktabda emlash oqibatidan 10 nafar oʻquvchi behush holda shifoxonaga olib ketildi

587
0

Batken shahridagi maktabda emlash oqibatidan 10 nafar oʻquvchi behush holda shifoxonaga olib ketildi

Batken shahrida Kizil topi nomli maktabning 5 sinf oʻquvchilarini emlash jarayoni tugatilgandan soʻng 10 nafar oʻquvchi ogʻir ahvolda shifoxonaga olib ketildi. Bu haqida “Ыntыmak” mahalliy axborot agentligi xabar tarqatdi.

2014 yil Suriyaning Idlib shahrida BMT boshchiligida olib borilgan emlash oqibatida 100 nafar bola halok boʻlgani BMT tomonidan rasman tan olingan edi.

Muammo emlashning sharʼiy hukmida yoki uning oqibatidan kelayotgan manfaat yoki ziyonda emas. Muammo vaktsina tayorlayotgan farmatseptik kompaniyalarining kapitalistik mafkura asosida ish olib borishayotganida! Yaʼni muammo shuki, olamiy farmatseptik kompaniyalar dunyodagi odamlarga moddiy va moliyaviy manfaat koʻzi bilan qarab, hatto xalqaro tashkilotlar taʼsirini oʻz manfaati yoʻliga burishga imkon topishmoqda. Ular xalqaro tashkilotlar bosimi ostida bolalarni emlashni qonunan majburiylashtirishni davlatlardan talab qilishayapti. Bu qonunlar insoniyat hayotini farovonlashtirish asosida emas, balki olamiy sogʻliqni saqlash tarmogʻini monopoliyalashtirish asosida chiqarilayotgani hech kimga sir boʻlmay qoldi. Mamlakatimiz misolida qarasak, deyarli barcha shifokorlar farmatseptik kompaniyalari tomonidan sotib olingan. Ular bemorlarga oʻsha kompaniya dorilarini yozib berishayotgani uchun ularga ochiq yoki yashirin moliyaviy toʻlovlar toʻlanadi. Buni koʻrib turgan odamlar oʻz farzandlarini bularning vaktsinalari bilan emlashdan bosh tortishlari tabiiy!

 Demak muammo (ishonchsizlik) shubhali kompaniyalar haqida hamda oʻsha kompaniyalar oʻzlari ishlab chiqarishayotgan farmatseptik preparat va dori darmonlarga emlash vaktsinalarini moslashtirayotgani haqida yomon gumonlar paydo boʻlib borayotganidan kelib chiqyapti. Ular insoniyatni kasal boʻlishdan manfaatdor boʻla turib, nega emlashni majburlashmoqda?! Yaʼni olamiy kapitalistik farmatseptika trillionlagan dori va preparatlar ishlab chiqishda davom etyapti. Ular hatto hali tarqalmagan yaʼni kutilayotgan yangi kasallar uchun ham hozirdan dori ishlab chiqishadi.  Shuning bilan bir qatorda oʻzi ishlab chiqqan preparatlarga boʻlgan asosiy talabni yoʻqqa chiqarish uchun insoniyatga emlash vaktsinasini taklif qilyapti. Bu hatto mantiqan olganda ham, xalqni shubhaga solishi tabiiy hol.

Bundan tashqari, vaktsina bilan emlangan bolalar bilan emlanmaganlari oʻrtasida inmmunitet miqdori va quvvat jihatiidan ham farq sezilib boryapti. Emlangan bolalarga eʼtibor bersangiz, kasallikka tez chalinishadi. Suriya, Avgʻoniston singari xalqaro tashkilotlar uchun yopiq joylarga eʼtibor bersak, tsivilizatsiyalashgan davlatlarda mavjud kasalliklarni u yerlarda uchratmaysiz. Shularning hammasi bizda bu vaktsinalar bizni va farzandlarimiz salomatchiligini oʻylab olib, borilayotganiga kuchli shubha oʻygʻotadi. Balki aksincha, ular xuddi bizdagi tabiiy toza sabzavod urugʻchiligini yoʻq qilib, oʻzlari ishlab chiqqan gibrid urugʻlariga bizni majburlashganidek, kelajak avlodni oʻz dori darmonlariga moslashtirib borishayotgandek tuyuladi. Gibridlashtirish sistemasi insoniyat uchun qanchalik zararli ekanini hatto ularning oʻzlari ham inkor eta olishmaydi. Shunga qaramay Oʻrta Osiyo poliz ekinlarining deyarli barchasi atayin gibridlashtirib borilyapti. Bolalarni emlash sistemasi ham, xuddi poliz ekin sistemasi singari, Gʻarb kapitalistlari tomonidan olib borilayotgan manfaat asosiga qurilgan mexanizmdir.

Baʼzilar, SSSR vaqtida biz ham emlanganmiz ziyoni boʻlgan emas deyishlari mumkin. Sovetlar ittifoqidagi dunyoqarash boshqacha edi. Unda mamlakat ishchi kuchiga tayanar edi hamda kapitalistik shaxsiy manfaatga chek qoʻyilgan edi. Shuning uchun vaktsinalar insonning sogʻligi, ishchi kuchining quvvatli boʻlishi kerakligi asosidan ishlab chiqilgan edi. Bundan tashqari halol mahsulot bilan tayorlangan vaktsinalar bilan emlanishning hukmi xuddi davolanish hukmi singari muboh amal hisoblanadi.

Demak muammo emlash yoki emlanishda emas, balki muammo emlovchining maqsadidan kelib chiqqan gumonlarga borib taqalyapti!

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.