YeOII davlatlariga dollardan voz kechish tavsiya qilindi
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) davlatlariga oʻzaro hisoblar milliy valyutada amalga oshirish va dollardan voz kechish tavsiya etildi. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.
Bu fikrlarni Qozogʻiston poytaxtida oʻtkazilgan xalqaro konferentsiyada Rossiya TIVning stats-kotibi-oʻrinbosari Grigoriy Karasin bildirdi.
“Biz dollarga bogʻliqlikdan ketishni AQSh iqtisodiy siyosatining bashorat qilish imkoniyati pasayib ketishi va dunyo valyuta emitenti oʻz pozitsiyasini suiisteʼmol qilishga obʼektiv javob sifatida qaraymiz”, – deb taʼkidladi Rossiya TIV vakili.
Karasinning soʻzlariga qaraganda, milliy valyutalarda hisob-kitob amaliyoti kengayishi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi toʻlov tizimlarini tashqi salbiy taʼsirlardan himoya qiladi.
Bundan tashqari, zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda yangi YeOII toʻlov infrastrukturasini shakllantirishga yordam beradi.
Karasin oʻz nutqida, Belarus Butunjahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlib qabul qilinsa YeOII aʼzo davlatlarining manfaatlarini himoya qilishga samarali yordam boʻladi.