Mustabid rejim doktor Ibrohim Tamimiyni hibsga oldi va Ariha qamogʻiga joʻnatdi

655
0

Mustabid rejim doktor Ibrohim Tamimiyni hibsga oldi va Ariha qamogʻiga joʻnatdi

Falastindagi mustabid rejim jinoyatchi toʻdalar va qaroqchilar uslubini qoʻllash, qurolsiz insonlarga zoʻravonlik qilish yoʻlidan borib, Hizb ut-Tahrir – Muborak Falastin zamini aʼzosi doktor Ibrohim Tamimiyni hisbga oldi va Ariha qamoqxonasiga “etap” qildi. Ibrohim Tamimiy xavfsizlik xizmatining jinoyatni oldini olish boʻlimi xodimi tarafidan josuslik maqsadida masjid ichkarisida sodir etilgan ishga namozxonlar bilan birgalikda eʼtiroz bildirgani uchun hibsga olindi. Chunki bu xodim Falastin rejimi gumashtalaridan boʻlmagan haqgoʻy imomning xutbasini videoga tushirish bilan masjid ichkarisida fitna chiqarishga harakat qilgan edi. Keyin esa, xavfsizlik xizmati doktor Ibrohimga “davlat xavfsizlik xizmati xodimiga qarshilik qilish” ayblovini tirkadi, bu bilan ham Allohga, ham Uning solih bandalariga tuhmat qildi!

Rejim masjidda fitna chiqarish va daʼvat yetkazuvchilarga boʻhtonlar qilish bilan Allohga adovat qilyapti. U na bir dinni biladi, na biror qonunni va na axloq-odobni. Oʻzidan oldin undan ham kuchliroq, undan ham zolimloq rejimlar holi nima kechganidan ibratlanmay, zoʻravonligim davom etaveradi, deb oʻylamoqda. Bu oʻyi uning oʻziga ziyon keltiradi. Chunki Ummat oʻz farzandlariga yetkazilgan ozoru zulmlarni aslo unutmaydi… Oxiratdagi hisob esa, barchasidan qattiqroqdir.

Roya gazetasining 2019 yil 3 aprel chorshanba kungi 228-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.