Britaniyadagi islomiy maktabga hujum qilinishi va Qurʼon sahifalarining yirtib tashlanishi
Hijriy 1440 yil 22 rajab, milodiy 2019 yil 29 mart juma kuni Al-Jazira net veb-sayti nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
“Britaniyaning Nьyukasl shahridagi islomiy maktab qariyb ikki oy mobaynida ikkinchi marta irqiy hujumga uchradi. Musulmonlarga nisbatan nafrat tobora kuchayib borishi doirasida sodir etilgan bu hujumda Qurʼon nusxalari yirtib tashlandi…
Olti shaxs maktab madrasasiga bostirib kirib, deraza oynalarini parchalashdi. Soʻng, Qurʼon nusxalarini yirtib tashlashgach, atrofga yonuvchan modda sepib, masjidni yoqib tashlash bilan tahdid qilishdi… Yaxshi hamki, qoʻshnilar politsiyaga xabar qilishdi, deydi maktab mudiri imom Abdulmuhit Onadoʻli axborot agentligiga.
Abdulmuhitning aytishicha, hujum sodir etganlar bir-birlariga bular “musulmon terrorchilar”, deyishgan hamda musulmonlarni haqorat qiluvchi irqiy soʻzlarni aytishgan.
Abdulmuhit maktabga qarshi qilingan ayni hujum ikki oy ichida ikkinchi marta sodir etilayotganiga eʼtiborni qaratar ekan, maktabning mamlakat shimolida yagona islomiy maktab boʻlgani eʼtiboridan, bundan ham kattaroq hujum boʻlishi mumkinligidan xavotir bildirdi”.
Roya gazetasi sharhi:
Masala terror va qatli om qurbonlariga taalluqli boʻlgan paytda, ikkiyuzlamachi ilmoniy siyosatchilar va ommaviy axborot vositalari shu paytga qadar “terrorizmga qarshi kurash”, degan choʻpchakni bizga tiqishtirib kelishdi. Biroq, Iroq, Suriya, Mьyanma, Hindiston va Yangi Zelandiyada bu kurashning misi chiqdi. Zero, hujum qurbonlari musulmonlar boʻlsa, bu hujumni terrorchilik, deb atashmaydi. Aslini olganda, ayni hujumlarga ham ularning mana shu “terrorizmga qarshi kurash”lari javobgar va bu hujumlar shu kurashlari sababli kelib chiqqan. Yolgʻondan terrorizmga qarshi, deyishayotgan bu kurash zimdan shunga dalolat qiladiki, bu kurashda halok boʻlgan musulmonlar terrorizm qurbonlari boʻlishi mumkin emas, aksincha, terrorizm targʻibotchilari boʻlishlari kerak! Ha, bir siqim kapitalist-boylarga oʻzlarining shaxsiy yutuqlari yoʻlida butun dunyo xalqlaridan foydalanish imkoniyatini berib qoʻygan tuzum mana shu ilmoniy kapitalistik sistemadir. Bu imkoniyat oqibatining qanday boʻlishi va oddiy insonlar azob-uqubatda yashashlari ayni sistema uchun qizigʻi yoʻq.
Roya gazetasining 2019 yil 3 aprel chorshanba kungi 228-sonidan