Tokayev: Qozogʻistonning tashqi siyosati oʻzgarmaydi

921
0

Tokayev: Qozogʻistonning tashqi siyosati oʻzgarmaydi

 Koʻpvektorli siyosat oldingidek Qozogʻiston diplomatiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qoladi, dedi Qozogʻiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev “Egemen Kazaxstan” va “Aykыn” nashrlariga bergan intervьyusida.

 “Qozogʻistonning joʻgʻrofiy joylashuvi va mamlakat geoiqtisodiyoti koʻpvektorli siyosat olib borishni taqazo etadi. Bu koʻp yillik strategik yoʻnalishdir. Qozogʻistonning birinchi prezidenti mustaqillikka erishilgan paytdan boshlab shu siyosatga tayanib ish yuritgan”, – degan yangi davlat rahbari.

 Siyosatchi, aynan shu strategiya Qozogʻistonga davlatlararo va regional inqirozlarga roʻbaro kelmaslikda yordam berganini eslatib oʻtdi. Aynan shu strategiya tufayli Qozogʻiston tinchlikparvar faoliyat olib boruvchi, tinch siyosatga ega davlat sifatida qabul qilinib kelmoqda.

 “Qozogʻiston oʻz tashqi siyosatida Rossiya, Xitoy, Yevropa, AQSh, Markaziy Osiyo va islomiy davlatlar bilan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratadi. Qozogʻiston shuningdek, qator integrallashuv uyushmalar tashabbuskoridir. Shu yoʻnalishda izchillik saqlanib qoladi, bizning siyosatimiz oʻzgarmaydi”, – deb qayd etgan Tokayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.