Putinning Qirgʻizistonga tashrifi ortidan Oʻrta Osiyoning giosiyosiy muhiti xalqaro siyosatda oʻzgarishi kutilmoqda

510
0

Putinning Qirgʻizistonga tashrifi ortidan Oʻrta Osiyoning giosiyosiy muhiti xalqaro siyosatda oʻzgarishi kutilmoqda

AQSh Afgʻonistonni tark etish maqsadida Tolibon bilan tinchlik muzokaralarini olib borishga intilyapti. Oʻzbekiston ham, AQShning maqsadini qoʻllash asosida Tolibon vakillari bilan bir necha uchrashuvlar uyushtirdi. Buning evaziga u AQSh, xalqaro bank va Gʻarbdagi yetakchi kuchlar tomonidan investitsiyaviy, moliyaviy va iqtisodiy qoʻllovlarga erishib boryapti.

Oʻzbekiston oʻzining tashqi siyosati va boshqa aloqalarini Rossiyaning ruxsatisiz yoki ishtirokisiz, hatto maslahatisiz oʻz bilganidek oʻzgartirib, keng koʻlamda rivojlantirib borayotgani Rossiyaning unga nisbatan qarashlarini har tomonlama keskinlashib borishiga sabab boʻlyapti.

Rossiya Qirgʻizistonni mintaqada oʻzi uchun strotegik mamlakat qilib shakllantirib boryapti. Toʻgʻri, Qirgʻizistonda Rossiyaning asosan Xitoy, AQSh va Afgʻonistonga qarshi strotegik manfaati yotadi. Lekin u Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Tojikistonga nisbatan munosabatlarida ham, Qirgʻizistonni oʻz manfaatlari yoʻlida yoʻnaltirishga harakat qiladi. Bularning hammasi umumiy siyosiy bir halqa zanjirlaridan iborat boʻlib, asosan AQShning Afgʻonistondan chiqib ketishi ortidan u mintaqaga taʼsir koʻrsatishga intilayotgan Rossiyaning strotegik manfaatiga aloqadordir. 

Qirgʻiziston hukumati Rossiya bilan birga ekanidan zavqlanib, oʻz mamlakati manfaatidan kelib chiqib emas, balki shunchaki Rossiyaning bosimidan qutilish uchun oʻzaro hujjatlarga imzo chekdi. Qirgʻizistonning bu strotegiyasi uning Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan aloqalarini keskinlashishiga olib boradi. Chunki ular Rossiya bilan iqtisodiy va boshqa aloqalari rivojlanmay, bir joyda turib qolgani sababli, xalqaro maydondagi boshqa yirik davlatlar bilan ham aloqa koʻlamini rivojlantirib borishyapti. Rossiya ulardan har qanday holatda ham oʻzi bilan hamkor boʻlib turishni talab qilyapti. Lekin Rossiyaning ichki va tashqi siyosatidagi inqirozi, faqat oʻzining inqirozi boʻlib, boshqa davlatlarga aloqasi boʻlishi toʻgʻri emas.

Afsuski Qirgʻiziston Rossiyaning changalidan qutilishga hech boʻlmasa harakat qilib koʻrish uchun ham, oʻzida quvvat topa olmayapti. Natijada yana Oʻzbekiston va Qozogʻiston bilan endi tiklanib kelayotgan aloqalari buzilib, ular tomondan yana bir qator iqtisodiy bosimlarga uchrashi mumkin. Bundan tashqari Rossiya bilan Gʻarb oʻrtasidagi keskinliklar Oʻrta Osiyo mamlakatlarida toʻqnashib, Qirgʻiziston Rossiyaning manfaati uchun oʻz manfaatlariga zid harakatlar qilib, qoʻshni davlatlar bilan aloqalarini keskinlashtirib boraverishi kutiladi.

Hozirda Qirgʻiziston hukumati organ xodimlaridan, mamlakatda diniy va milliy nizolarga qarshi kurashni jadallashtirishni talab qila boshladi. Vaholangki mintaqada diniy ham, milliy ham, nizo kelib chiqish xavf xatari deyarli yoʻq. Demak Rossiya mintaqadagi harbiy aralashuvini kuchaytirish maqsadida, Qirgʻiz hukumati vositasida qalbaki vahima paydo qilish taktikasini xavfsizlik organlariga yuklamoqchi boʻlyapti. Hali Rossiyaning Oʻrta Osiyoga nisbatan fitnalarga toʻla yoʻl xaritasi toʻliq ishga tushib boʻlgani yoʻq. Afsuski Rossiya oʻzining bu strotegiyasi uchun asosiy harakat nuqtasi qilib Qirgʻizistonni belgiladi. Har qanday provokatsiyalardan ogoh boʻlaylik, birodarlar!

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.