Salibchi koalitsiya Bogʻuz lagerlarida musulmonlarga qarshi dahshatli qatli omni sodir etmoqda

684
0

Salibchi koalitsiya Bogʻuz lagerlarida musulmonlarga qarshi dahshatli qatli omni sodir etmoqda

“Balad nьyus” sayti hijriy 1440 yil 13 rajab, milodiy 2019 yil 20 mart chorshanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Nors tadqiqotlar markazi xabariga koʻra, xalqaro koalitsiya oʻtgan 24 soat ichida havo zarbalari orqali Bogʻuz lagerlarida qatli om sodir etdi. Kecha amalga oshirilgan zarbalarda halok boʻlganlar soni 3000ga yetgan… Ulardan 300dan ziyodi snayper hujumi orqali halok boʻlgan boʻlsa, yana 300dan ziyodining tani yonib koʻmirdek qorayib ketgan. Ularning aksari ayollar va bolalardir”.

Roya gazetasi sharhi:

Salibchi koalitsiyaning Turkiyadagi ikkita Injirlik bazalaridan va Qatardagi bir nechta bazalardan havoga koʻtarilayotgan samolyotlari Bogʻuz qochqinlar lageridagi qariyalar, ayollar va bolalar boshiga son-sanoqsiz bomba yogʻdirmoqda… Ularning bombardimoni natijasida yonib koʻmirdek qorayib ketgan jasadlari bir tepalikka aylandi… Bu bilan halok boʻlganlar soni xochga choʻqinuvchilar va ularga oʻxshash kapitalistlar qoʻlida qurbon boʻlgan musulmonlar roʻyxatiga qoʻshilmoqda.

Bogʻuzda qirib tashlangan musulmonlarning yigʻlaydigan yaqinlari qolmadi! Ularning oʻlimi ham, Yangi Zelandiya, Birma, Kashmir, Falastin, Yaman, Sharqiy Turkiston, Iroq, Afgʻoniston va yer yuzining turli yerlarida qirgʻin qilinayotgan boshqa musulmonlar oʻlimi kabidir. Razil salibchilarning ularga bunchalik haddan oshishlari sababi faqat bitta. U ham boʻlsa, ortida turib jang qilinadigan va u bilan himoyalaniladigan qalqon xalifaning yoʻqligidir. Bu kofir Gʻarb musulmonlar vaziyatidagi bugungi qalqish-besaranjomlik, albatta sabr kosasining toʻlib toshganiga dalolat qilayotganini, roshid Xalifalik tongi otayotgani har bir aqliraso kishi uchun maʼlum boʻlib qolganini tushunmoqda… Shuning uchun ham Islom va musulmonlarni koʻrgani koʻzi yoʻq kofirlarning gʻazabi, jinoyatlari ortmoqda.

Shunday ekan, ey insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat! Uyqudan koʻzingni och va oʻzingga topshirilgan vazifangni qayta qoʻlga ol. Davlating barpo boʻladigan kunlar keldi, Robbing shariatini tatbiq qiladigan zamon yaqinlashdi, qilichingni oʻynatib, tulporingda javlon ur! Axir, zulmli tunlar uzaygandan uzaydi, dushmaning quturgandan quturdi, butun olam sening vaʼdangga qarab turibdi. Bas, Paygʻambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish bilan, Allohning izni ila, vaʼdangga vafo qil. Ana shunda sendan yeru samo ahli rozi boʻladi va kofirlar doʻzax hovlisi kimlarni kutib turganini bilib olishadi.

Roya gazetasining 2019 yil 27 mart chorshanba kungi 227-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.