Poroshenko: Putin bilan “kasha pishirish” niyatim yoʻq

767
0

Poroshenko: Putin bilan “kasha pishirish” niyatim yoʻq

 Ukraina prezidenti Petr Poroshenko ICTV telekanali efirida Vladimir Putin bilan “kasha pishirish” niyati yoʻqligini aytdi. U Putinning Kiyev bilan oʻzaro aloqalari masalasidagi soʻzlariga shu tariqa javob qaytardi. Bu haqda “Sputnik” xabar qilmoqda.

 Qrimga safari davomida Putin Rossiya va Ukraina xalqi oʻrtasida hech qanday kelishmovchilik mavjud emasligini, ammo Ukrainaning hozirgi rahbari bilan Kreml til topisha olmayotganini aytgan edi.

 Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Kiyev hukumati bilan “kasha pishirish va qandaydir ijobiy natijaga erishish amrimohol”.

 Putin shuningdek, Kiyevning hozirgi rahbariyati harakatlari hayratlanarli ekanini, qoʻshimcha qildi.

 Petr Poroshenko Putinning ushbu soʻzlariga javoban dushanba kuni efirdagi chiqishi davomida Rossiya hukumati bilan “kasha pishirish” niyati yoʻqligini aytdi. Poroshenko Moskvaga nisbatan sanktsiyaviy bosimlar kuchaytirilishi uchun harakatlarini davom ettirishini maʼlum qildi.

 “Kimdir kim bilandir “kasha pishirishiga” kelsak, men ayrim prezidentlikka nomzodlarimiz kabi kasha pishirishni ham, uni yeyishni ham, baliq oviga yugurishni ham istamayman”, – deb taʼkidlagan Poroshenko.

 Ukraina prezidentligiga saylovlar 31 mart kuni boʻlib oʻtadi. Bu lavozimga 39 nomzod daʼvogarlik qilmoqda. Ijtimoiy tadqiqotlarga koʻra, sal oldin ushbu prezidentlik poygasida yetakchilikni “Batьkivshchina” partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko egallagan boʻlsa, oxirgi ikki oy davomida birinchi oʻrinda shoumen Vladimir Zelenskiy turibdi.

 Amaldagi prezident Poroshenkoning reytingi 20%ni tashkil etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.