Putinning Qirgʻizistonga tashrifi oldidan koʻrilayotgan tayorgarlik mintaqada xatarli vaziyatni yuzaga keltirmoqda

599
0

Putinning Qirgʻizistonga tashrifi oldidan koʻrilayotgan tayorgarlik mintaqada xatarli vaziyatni yuzaga keltirmoqda

Joriy yil mart oyining oxirida Rossiya prezidenti Viladimr Putinning Qirgʻizistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Oʻtgan fevral oyida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qirgʻizistonga kelib, prezident Sooranbay Jiyanbekov bilan Putinni kutib olish va oʻrtaga qoʻyilishi kutilayotgan masalalar boʻyicha tayorgarlik ishlarini muhokama qilgan edi. Keyinroq Jiyanbekov Sochiga borib, Putin bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazdi va “biz Rossiya bilan doim birgamiz, uning himoyasi ostidamiz” degan maʼnoda bayonot berdi.

Qirgʻiziston hokimiyati ichki va tashqi siyosatda oʻta nochor va xavfli holatga tushib qoldi. Tashqi siyosatda bir tomondan qoʻshni davlatlar (Xitoy, Oʻzbekiston, Qozogʻiston) bosim qilayotgan boʻlsa, boshqa tomondan Rossiya ularga zid pozitsiya bilan kirib kelyapti. Ichki siyosatda esa, sobiq prezident Almazbek Atambayev vaziyatdan foydalanib muxolif kuchlarini prezidentga qarshi har tomondan kuchaytirib boryapti. Bunday paytda Atambayevning bosh koʻtara boshlagani, Rossiya uchun Qirgʻiz yetakchiligini maksimal darajada oʻziga bosh egdirishida juda qoʻl keladi.

Shuning uchun Qirgʻiz yetakchiligi Rossiya xavfsizlik tizimi uchun mamlakatning barcha eshiklarini ochib berdi. Rus provokatorlari Qirgʻizistonda Oʻzbekiston va Tojikiston tomondan qalbaki xavf xatar bordek muhit paydo qilish maqsadida keng koʻlamli harakatlar olib boryapti. Bir necha yillardan buyon toʻxtab turgan Tojikiston bilan chegara muammosi qaytadan keskinlashdi. Diniy va milliy muhit buzuq tus olib, oʻzaro keskinlashib borayapti.

Ey Musulmon birodarlar: biz bilgan yoki bilmagan holatda kufr manfaatlariga xizmat qilib qoʻyishdan Allohdan qoʻrqib, taqvo qilaylik! Kufr aynan bizning islomiy tuygʻularimizni har xil provokatsion yoʻllari bilan oʻz manfaatlari tomon yoʻnaltirmoqchi boʻlyapti. Islomiy yoki milliy tuygʻularimizni aqllarimizdan ajratib, izdan chiqarmoqchi, yaʼni Allohning shariyatiga zid yoʻnaltirib, bizning vositamizda vaziyatlarni oʻz manfaatlari tomon burib olmoqchi boʻlyapti.

Biz kufrning manfaatiga ish qilib qoʻymasligimiz uchun har bir harakatimizni faqat sharʼiy hukmga bogʻlab amalga oshirishimiz vojib. Har qanday holat, vaziyat uchun Allohning hukmi (echimi) mavjud. Har bir shaxs, jamoʼa va davlat bajarishi lozim boʻlgan, shuningdek bajarishi harom boʻlgan amallar aniq-tiniq bayon qilingan. Yaʼni shaxs yoki jamoʼa davlatga xos boʻlgan ishlarni bajarishi sharʼan harom amallar boʻlib, hatto bu ishdan vaqtinchalik islomiy manfaat koʻrinsa ham, odam haddan oshganligi uchun gunohkor boʻladi! Bugungi holatimiz uchun sunnat(tariqat)ga ergashishda Paygʻambarimiz (Sollollohu alayhi vasallam)ning Makkadagi hayotlarini namuna qilib olamiz. Oʻsha vaqtda xuddi shu kungi holatimizdagi kabi musulmonlar kufr hukmlari ostida edilar. Xalqaro siyosat ham yetakchi kufr davlatlari taʼsiri ostida edi, islomiy davlat ham mavjud emas edi!

 Biz har bir siyosiy voqea-hodisalarga faqat sharʼiy hukm chegarasidan turib munosabat bildiraylik! Yaʼni har bir ish-harakat, fikr va munosabatimizni mabdaiy  Islomdan turib (yaʼni har bir sharʼiy hukmni hayotda tatbiq qilayotganda, uni faqat islomiy tariqatga bogʻlash bilan) amalga oshiraylik! Kufr oʻzining tuygʻularimizga tegishli iflos harakatlari bilan bizni noshariy (davlat amalga oshirishi lozim boʻlgan moddiy) harakatlarga undamoqchi boʻlyapti. Kurash kofirlar bilan Musulmon shaxslari oʻrtasida emas, Islom bilan kufr oʻrtasida boryapti! Demak biz musulmonlar hayotitmizni kufr dunyoqarashi asosiga qurib, yuz berayotgan siyosiy jarayonlarga befarq boʻlsak yoki bu jarayonlarga kufr tariqatlari bilan yondoshib boraversak, Islom zaiflashib hayotimizdan uzoqlashib boraveradi! Aksincha, kufrni tark etib, har bir ish-harakatimizni sharʼiy tariqatimizga muvofiqlashtirib, yuz berayotgan siyosiy jarayonlarga islomiy dunyoqarash va mabdaiy manfaatdan kelib chiqib munosabat bildirib borishimiz bilan kufr hayotimizdan yiroqlashib boraveradi.

Demak biz kufrga qarshi kurashayotganda faqat kofirlar bilan emas, oʻzimizning nafsimiz bilan ham, oʻzimizdan chiqqan kufr malaylari, shuningdek musulmonlarni oʻz domiga tortib borayotgan kufr boshqaruv sistemasi bilan ham kurashayotgan boʻlamiz! Mana shu dunyoqarash hayotimizdan uzoqlashgani sabab, kufr birimizning nomidan boshqa birimizni oʻldirib, musulmonlarni oʻz birodarlariga qarshi yoʻnaltirib, oʻzlari esa bir chetda tamosha qilib turishibdi. Baʼzida, musulmonlarni qirgʻinbarot qilib, bizni nasroniy dini vakillariga qarshi qayramoqchi boʻlishadi.

Har birimiz oʻz yurtimizdagi kufr boshqaruv sistemasiga imkon qadar qarshi turishimiz, provokatsiyalardan tuygʻulanmay, bir birimizga hatto kofirlarga ham qarshi moddiy va boshqa nosharʼiy harakatlardan tiyilishimiz va hayotimizni islomiylashtirib borishimiz bilan kufrga qarshi kurashni davom ettirishimiz kerak! Kofirlar hozir Musulmonlardan emas, Islomdan yaʼni mabdaʼiy Islomni hayotimizga asos qilib olishimizdan qoʻrqishadi! Demakki, kufr bizni Paygʻambarimiz Sollollohu alayhi vasallam bayrogʻi ostida u kishining tariqatlariga muvofiq harakatlanib, hayotimizni daʼvat asosiga qurib, yuz berayotgan jarayonlarga mafkuraviy munosabat bildirib borishimizdan qoʻrqadi. Biz tariqatni mahkam tutsak, kufr muhaqqaq magʻlub boʻladi insha Alloh!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.