Qirgʻiz – tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashdi

688
0

Qirgʻiz – tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashdi

 Xudosiz kommunistlar hukumati azaldan bir Ummat vakillari boʻlgan Turkiston musulmonlariga “millat” degan xatarli tushunchani singdirib, butun bir Ummatni besh respublikaga boʻlib tashladi. Respublikalar oʻrtasida sunʼiy chegaralar tortayotgan vaqtda kommunistlar ular oʻrtasida doimiy kelishmovchilik va ziddiyatlarni paydo qilish va shu orqali oʻz taʼsir doirasida ushlab turish oson boʻlishi uchun chegaralarni xuddi shaxmat taxtasidagi kataklar kabi tortib chiqdi. Kommunistlarning bu makrlari esa shu kunga qadar oʻz “xosilini” berib kelmoqda.

 Keyinchalik bu respublikalar “mustaqil” boʻlgach, ularning birlashishlariga yoʻl qoʻymaslik va tarqoq va zaif holda ushlab turishlik uchun Gʻarb mustamlakachilari ham aynan shu “millatchilik” va “vatanparvarlik” fikrlarini yanada kengroq targʻib qilishga harakat qilishdi. Ularning bu maqsadlarini amalgi oshirishlarida har birlari oʻzicha “mustaqil” boʻlgan davlat rahbarlari juda qoʻl keldi. Bu rahbarlar oʻzlari yetakchilik qilayotgan xalqlarga “millat sharafi”, “vatan mustaqilligi va dahlsizligi” gʻoyalarini singdirishda kimoʻzarga poygaga kirishib ketishdi.  Bu hokimlar oʻz xavfsizliklar nuqtai nazaridan bozori va mozori bir boʻlgan xalqlarni bir-biridan ayrib, oʻrtalariga tikonli sim tortib, handaqlar qazib va hatto minalashtirilgan maydonlar tashkil etishdi. Faqat shu bilan kifoyalanib qolmay, musulmonlar oʻrtasida birlik paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun turli xil fitna va xunrezliklarni uyushtirishdi.

 Hozir ham bosqinchi davlatlar, xususan, Rossiya bu respublikalarni oʻz izmiga solishda shu chegara degan muammodan unumli foydalanib kelmoqda. Maʼlumki, Qirgʻiziston hukumati 2014 yili “Manas” aeroportidan AQSh harbiy bazasini chiqarib yuborgunga qadar yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlishni paysalga sola boshlagan vaqtlarda ham qirgʻiz-oʻzbek, qirgʻiz-tojik chegarasida davomli ziddiyatlar avj olgan edi.

 2014 yilda Qirgʻizistonning qoʻshni davlatlar bilan chegarasida sodir boʻlgan jami nizolar soni 40 taga yetgan, bularning 32 tasi qirgʻiz-tojik, 5 tasi qirgʻiz-oʻzbek, 2 tasi qirgʻiz-qozoq chegarasi, 1 tasi qirgʻiz-xitoy chegarasida sodir boʻlgan. 2013 yil mobaynida qirgʻiz-tojik chegarasida 19 ta nizo yuz bergan boʻlsa, 2014 yilning 10 oyi ichida 32 ta nizo qayd etilgan.

 Joriy oyda rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirgʻizistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Rossiya Markaziy Osiyo respublikalari ustidan oʻz nufuzini saqlab qolishda Afgʻoniston vahimasidan foydalanib imkon qadar bu mintaqada oʻzining harbiy ishtirokini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Putin tashrif arafasida esa Qirgʻiziston janubida yana bir rus harbiy bazasini barpo etish boʻyicha muzokaralar olib borilgani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Ikki-uch yildan beri deyarli tinchib qolgan qirgʻiz-tojik chegarasidagi muammolar Putin tashrifi arafasida yangi kuch bilan avj olishi bejiz emas, balki Qirgʻiziston janubida yana bir rus harbiy bazasini tashkil etishga zamin hozirlashdan iborat boʻlishi mumkin.

 Qolaversa bu muammolar chegaralarni kuchaytirish yoki ikki davlat oʻrtasidagi baxsli hududlarni xal etish bilan yechilib qolmaydi. Balki mustamlakachi davlatlar oʻzlariga malay boʻlgan hokimlar orqali musulmonlar zehniga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik fikrlarni uloqtirib tashlab, yana qayta oʻz dinlari Islomga qaytishlari, Allohning hukmlarini oʻz hayotlariga tatbiq etishlari bilangina xal boʻladi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.