Xitoy Tojikiston bilan boʻlgan harbiy hamkoriligiga qonuniy tus berdi

539
0

Xitoy  Tojikiston bilan boʻlgan harbiy hamkoriligiga qonuniy tus berdi

Xitoy Mudofaa vazirligi Tojikiston bilan boʻlgan harbiy hamkorliklariga urgʻu berdi va Afgʻonistonning Vaxon mintaqasida Xitoy harbiylarning mavjud boʻlishini inkor qildi.

“Sputnik” saytining xabar berishicha Xitoy mudofaa Vazirligining soʻzchisi Ren  Guogiang, oylik matbuot konfrentsiyasida nutq soʻzlab, Tojikiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikka  ijobiy baho berdi.  Unga koʻra ikki davlat oʻratisdagi harbiy aloqalarga xalqaro qonuniy tus berilishi  shart. The Associated Press axborot agentligi Xitoy soʻzchisining nutqidan shunday iqtibos keltirdi:

“Ikki davlat oʻrtasidagi harbiy hamkorlikdan, ikki xalq askarlari manfaatdordir va bu sheriklik mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni kafolatlaydi. Biroz avval Xitoy askarlarining Afgʻonistonning Vaxon qismida jang olib borayotgani xususida xabarlar tarqagan edi. Biroq Xitoy Mudofaa Vazirligi soʻzchisi bu xabarni rad etib, Xitoyning bunday niyati yoʻqligini bildirdi”.

Ren Guoging Tojikiston bilan hamkorlik juzʼiyotlari bilan oʻrtoqlashmadi, ammo “Vashington post”, xitoylik askarlarning Tojikistonning Badaxshon viloyatining sharqiy qismida mavjudligi va jiddiy harbiy mashgʻulot oʻtayotganligi haqida aytib oʻtgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.