Qirgʻiziston Rossiyaga taklif bilan chiqdi
Qirgʻiziston hukumati Rossiyani “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirishda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda 1 mart kuni Bishkekda, Qirgʻiziston – Rossiya hukumatlararo komissiyasining 21-yigʻilishi yakunida Bosh vazir oʻrinbosari Jenish Razakov maʼlum qildi.
“Biz “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” yoʻli boʻyicha shunday taklif bilan chiqdik, hozir ekspertlar guruhi va Rossiya Transport vazirligi mutaxassislari buni oʻrganmoqda”, – dedi u. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomoni hali qaror qabul qilmaufy, ammo “bunga qiziqmoqda”.
Razakovning taʼkidlashicha, bu band hukumatlararo yigʻilishning yakuniy bayonnomasida aks ettirilgan. Hujjatda qayd etilishicha, “Rossiya temir yoʻllari” kompaniyasi loyihada hamkor sifatida ishtirok etishi mumkin.
Rejalashtirilayotgan temir yoʻlning uzunligi 268 km.ni tashkil etadi. U Qoshgʻar shahridan boshlanadi va Arpa vodiysi orqali Qorasuv shahriga, soʻngra Andijonga olib boradi. Bu yoʻl Sharqiy Osiyo uchun Yevropaga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish yoʻnalishiga aylanadi. Uning qurilishi Qirgʻizistonning Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan avtomagistral qatnovlarini sezilarli darajada ixchamlashtiradi. Xitoyning Tinch okeani qirgʻoqlaridan yuklarni yetkazib berish haftalar emas, balki oylarni talab qiladi. Shunga koʻra, Qirgʻiziston oʻz mahsulotlarini dengiz boʻyicha eksport qilish imkoniga ega boʻladi.
Bunday yirik loyihani amalga oshirish masalasi koʻp yillar davomida Qirgʻiziston, Xitoy va Oʻzbekiston tomonidan muhokama qilinmoqda.