«Insoniy birodarlik» hujjatini imzolash papa bilan Azhar shayxi yetakchiligidagi salibchilik urushidir
«Youm7» gazetasi veb-sayti hijriy 1440 yil 29 jumodul-avval, milodiy 2019 yil 4 fevral dushanba kuni nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Azhar universiteti shayxi imomi akbar Ahmad Toyyib Vatikan papasi Fransisk bilan «Insoniy birodarlik» hujjatini imzoladi. Azhari Sharif bilan Vatikan o‘rtasidagi munosabatlar tarixida eng muhim sanalgan, shuningdek, Islom va nasroniylik o‘rtasidagi munosabatlar tarixi o‘rtasida ham g‘oyat muhim hisoblangan ushbu hujjat imom akbar bilan Vatikan papasi o‘rtasida bir yarim yil davom etgan uzluksiz harakat va muloqot natijasidir. Ushbu hujjat Azhar shayxi bilan Vatikan papasi qarashlarining, ya’ni dinlar vakillari o‘rtasida munosabat bo‘lishi lozim, hozirgi zamonamizda dinlarning o‘ziga xos o‘rni va roli bo‘lishi kerak degan qarashlarining bir ifodasidir».
Roya gazetasi sharhi:
Bu hujjatni eng kamida ilmoniy, deyish mumkin. Uning xalqaro razvedka yo‘laklarida ishlab chiqilganiga ham aslo shubha yo‘q. Bundan Alloh Subhanahu va Taolo O‘zining Nabiyi ﷺga nozil qilgan dindan boshqa bir yangi din yaratish maqsad qilingan. Bugun olamda bo‘layotgan krizis va urushlarning asl sababi kapitalizm tuzumidir. Zotan, Azhar shayxi ayni tuzumdan mamnun bo‘libgina qolmay, hatto uning bir bo‘lagiga hamda ushbu tuzumning Islomga, musulmonlarga va da’vat ahliga qarshi ishlatadigan quroliga aylandi. Papa bilan Azhar shayxi og‘iz ko‘pirtirib gapirayotgan insoniylik Fransiya Jazoir ahliga olib kelgan o‘sha «insoniylik»ning aynan o‘zidir. Bu «insoniylik» Islom va musulmonlarga nisbatan mislsiz gina-adovatga to‘la bo‘lib, unga qarshi kurashgan jazoirlik musulmonlar bosh chanoqlari hanuz Fransiya muzeylarida saqlanmoqda. Bugun Azharda ham shunday qilmishlar sodir etilmoqda va bunga Azhar ulamolarining to‘kilgan qonlari guvoh. Ey musulmonlar, bu hujjatda aytilgan hamma narsa, aqidangizga zid va diningizga qarshidir, bas, uni rad eting. Unutmangki, diningizda dindorlar va xudojo‘ylar, degan narsa yo‘q. Balki diningizda ulamolar, fuqaholar, muhaddislar bor va barchalari xato qilish va to‘g‘ri qilishdan xoli bo‘lmagan insonlardir. Alloh Taoloning taklif, tatbiq va yetkazish bilan bog‘liq xitobi, ya’ni shar’iy hukmlar Ummatning har bir shaxsiga qilingan xitobdir. Siz Islomni tatbiq qilishi uchun o‘zingizdan vakil qiladigan kishi, kaftingizni berib, bay’at qiladiganingiz xalifa bo‘lib, Allohning izni ila, yaqinda barpo etilajak Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida sizni Islom bilan boshqarajakdir.
Roya gazetasining 2019 yil 20 fevral chorshanba kungi 222-sonidan