AQSh Markaziy Osiyo davlatlari “mustaqilligi”ga o‘z hissasini qo‘shmoqchi

1043
0

AQSh Markaziy Osiyo davlatlari “mustaqilligi”ga o‘z hissasini qo‘shmoqchi

AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votel Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi.

21 fevral kuni Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani boshlandi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari CENTKOM qo‘mondoni ishtirok etmoqda.

“Ushbu yig‘ilish mintaqa tarixidagi eng dolzarb va muhim davrda yuz bermoqda. Mintaqada xavfsizlik masalasi hamon ochiq qolyapti, shu tufayli biz faoliyatimizni yanada yaxshi olib borishimiz va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishimiz lozim. Shu tufayli biz munosabatlarimizni ham individual, ham jamoaviy jihatdan mustahkamlash va rivojlantirish imkoniyatini qidirib, bu joyga yig‘ildik”, – dedi Jozef Votel.

Shuningdek, Votel AQSh Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar mustaqilligiga o‘z hissasini qo‘shishga asos bo‘ladigan choralar izlayotganini ma’lum qildi.

Yig‘ilishda ishtirok etayotgan O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir ham anjuman kirish so‘zida mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashda ichki hamda tashqi tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik, buning oldini olish maqsadida Markaziy va Janubiy Osiyoning barcha davlatlari bilan o‘zaro tushunish, konstruktiv hamkorlik bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganiga urg‘u bergan.

“Biz barcha davlatlar bilan Afg‘onistonda tinchlik, birinchi navbatda, xotirjamlikni ta’minlash uchun strategik aloqalarni har tomonlama rivojlantirishga tayyormiz”, – dedi Bahodir Qurbonov.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.